Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi XVI asr. Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur bo’lgan Imom Abu
Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiyning qadimgi kichkina
maqbarasi o’rnida barpo etilgan. Hijriy 291-366 yillarda yashab o’tgan bu
zot o’z davrining buyuk allomasi - fiqhshunos, muhaddis, tilshunos, mufassir
va shoir bo’lgan. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarda
ham ko’p asarlar yozgan. Mashhur asarlari "Al-jadal al-Hasan", "Javomi’ al-
kalim", "Adab al-qoziy", "Ilm al-jadal", "Mahosin ash-shari’a" va
boshqalardir. Dastlab eski Modarxon mahallasidagi Hastimom qabristoni
majmuasi bo’lgan. Maqbaraning o’rtadagi katta xonasi ikki qavatli gumbaz
bilan yopilgan. To’rdagi xonada sag’ana bor. Maqbara eshigi tepasidagi
bitikda binoning qurilgan yili (1541-1542 y.), me’mori (G’ulom Husayn) va
xattotning (Qudrat) ismlari yozilgan. Maqbara 1960 yilda ta’mir qilingan.
60
Yunusxon maqbarasi XVI asr. Yunusxon Zahiriddin Muhammad Boburning onasi Qutlug’
Nigorxonimning otasi bo’lib, o’sha davrda Toshkent shahriga hokimlik
qilgan. "Boburnoma "da aytilishicha, Yunusxon Chig’atoy naslidandir.
Maqbara Yunusxon vafotidan so’ng Shayxontoxur qabristonida Yunusxon
o’g’li Ahmadxon Olachaxon tomonidan qurdirilgan.
61
Baroqxon madrasasi XVI asr. Baroqxon (asli ismi - Navro’z Ahmadxon), tug’ilgan yili
noma’lum. Shayboniy Abulxayrxonning nevarasi, Suyunchxo’jaxonning
kenja o’g’li, Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon 1551-1556 yillarda
Movarounnahrni Baroqxon nomi bilan idora qilgan. Toshkentda madrasa
qurdirib, o’z nomidan pul zarb ettirgan. Movarounnahrning ko’p
shaharlarida uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. U Darg’om soyiga yaqin
Raboti Xoja degan joyda 1556 yili to’satdan vafot etgan. Aslida Baroqxon
madrasasining bir qismi noma’lum bir shaxsning maqbarasi sifatida
qurilgan. So’ngra (1530 y.) shayboniylar sulolasining Toshkentdagi hokimi
Suyunchxo’jaxon (vafoti 1525 y.) maqbarasi qo’shilgan. Majmuaning
uchinchi bosqichini XVI asr o’rtalarida Baroqxon qurdirgan.
62