Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Tillaqori 
madrasasi
XVII asr. Samarqand Registonida eng keyingi qurilgan nihoyatda 
xushbichim va o’ziga xos madrasadir. Ulug’bek davrida qurilgan Mirzoyi 
karvonsaroyi o’rniga 1646-1647 yillari Samarqand hokimi Yalangto’sh 
Bahodir farmoyishiga ko’ra, madrasaga va jome masjidga mo’ljallab 
qurilgan. Registon majmuidagi Ulug’bek va Sherdor madrasalariga 
uyg’unlashib ketgan. Tillaqori madrasasining masjidi ichiga boshqa bir katta 
obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham 
madrasa «Tillaqori «, ya’ni «tilladan ishlov berilgan», deb ataladi. 
Podshohlikdan ko’ra binokorlik ishlarini afzal ko’rgan Yalangto’sh Bahodir 
1656 yili vafot qildi. Vasiyatiga ko’ra, uni Dahbeddagi Maxdumi A’zam 
ziyoratgohiga 107tro etishadi.
28
Hazrati Xizr 
masjidi
XVIII – XIX asrlar. Bu masjid Samarqanddagi Shohizinda majmuasi 
qarshisidagi tepalikda joylashgan bo’lib, Muhammad ibn Vase’ Ohanin 
darvozasi yaqinida, so’g’diylar ibodatxonasi o’rniga qurilgan. Rivoyatlarda 
Hazrati Xizr suv va o’tloqlarning homiysi sifatida ta’riflanadi.
29
Imom al-Buxoriy 
yodgorlik 
majmuasi
Samarqand viloyati Xartang qishlog’idagi Imom Buxoriy ziyoratgohiga 
70-yillar boshida O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari idorasi 
tomonidan qabr toshi qo’yilgan bo’lib, 70-yillar o’rtalarida qabr ustiga 
gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yilda Imom Buxoriy tavalludining hijriy-
qamariy hisobda 1225 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muhtasham yodgorlik 
majmua bunyod etildi. «Hadis ilmida Amirul al-mo’miniyn», degan sharafli 
nomga sazovor bo’lgan alloma hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni 
(milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan. 10 yoshidan 
boshlab Movarounnahrdagi turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlay 
boshlagan, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning 
hadis to’plamlarini mutolaa qilib yod olgan. 825 yili Imom Buxoriy volidai 
muhtaramasi va inisi Ahmad bilan Makkai Mukarramaga safar qilib, u yerda 
6 yil yashagan. Hayotining ko’p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirlikda 
o’tkazib, ko’plab olimlardan ta’lim olgan. Xorijdan qaytgach, Buxoroda 
ko’plab shogirdlarga hadis ilmidan saboq bergan. Imom Buxoriy avlodlarga 
20 dan ortiq meros qoldirgan. Ulardan «Al-Jome’ as-sahih», «Al-Adab al-
mufrad», «At-Tarix as-sag’ir» kabilar mashhurdir.
30

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin