dagilar bilan to‘qnashuvga olib keladi. Bu nizolar odatda ha-
sadgo‘ylik, dushmanlik, yoqtirmaslik his-tuyg‘ulari asosida
paydo bo£ladi va tezda shaxsning manfaatlari poymol bo‘l-
ganligiga javob tariqasida namoyon bo‘ladi. Bunday to ‘s-
qinliklar shaxsning maqsadga erishuviga xalaqit beradi. Misol:
navbatda
turish vaqtidagi, uy-ro‘zg‘or sharoitidagi to ‘qna-
shuvlar tashqi tomondan hamisha asosli bo‘lmasa ham, lekin
muayyan ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Vertikal va gorizontal nizolarning
o ‘ziga xos xususiyati
o ‘zaro nizoli harakatlar boshlangan
paytda muxoliflar ega
bo‘lgan hokimiyat hajmidir.
Vertikal
nizolar yuqoridan pastga qarab hokimiyatning
taqsimlanishini nazarda tutadi, bu esa nizo qatnashchilarida
turli boshlangich shartlarini: boshliq — xodim ,
yuqori
tashkilot-korxona, kichik korxona-ta’sischi shartlarini belgilab
beradi.
Gorizontal
nizolar hajm jihatidan bir xil bo‘lgan
hokimiyatning yoki ierarxik darajasi bo‘yicha subyektlaming
o‘zaro harakatini nazarda tutadi: bir xil darajadagi rahbarlar,
o ‘zaro mutaxassislar, m ahsulot yetkazib beruvchilar —
iste’molchilar.
Oshkora nizolar
muxoliflarning yaqqol ifodalangan to‘q-
nashuvini: janjallar, tortishuvlar, harbiy to ‘qnashuvlarni
bildiradi. 0 ‘zaro harakatlar vaziyatga va nizo qatnashchi-
larining darajasiga
mos keluvchi normalar, ya’ni xalqaro
(davlatlararo) to'qnashuvlarda huquqiy, ijtimoiy, axloqiy
me’yorlar bilan tartibga solib turiladi.
Yashirin nizoda qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida
tashqi
agressiv xatti-harakatlar ko‘zga tashlanmaydi, lekin bunda ta’sir
ko‘rsatishning bevosita usullaridan foydalaniladi. Bu hoi shunday
sharoitda ro‘y beradi: o‘zaro nizoli harakat qatnashchilaridan
biri boshqasidan xavfsiraydi yoki uning oshkora kurashish uchun
yetarli hokimiyati va kuchi yo‘q bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: