Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

To‘rtinchi bosqich 
— muzokaralaming tugashi va boshi 
berk ko‘chadan chiqish. Bu bosqichga doir ancha-muncha 
turli takliflar va variantlar mavjuddir, lekin ular bo‘yicha 
hali bir fikrga kelingan emas.
Vaqt siqib kela boshlaydi, jiddiylik ortadi, qandaydir qaror 
qabul qilish talab etiladi. Har ikki tomondan qilinadigan 
birmuncha oxirgi yon bosishlar axvolni tuzatishi mumkin.
15 - 30
225


Lekin bu o‘rinda janjallashuvchi tomonlar uchun qanday yon 
bosishlar ulaming asosiy maqsadga erishuviga olib kelishi, 
qandaylari esa butun aw algi ishlarni yo‘qqa chiqarishi 
mumkinligini aniq esda tutish kerak.
Raislik qiluvchi o ‘ziga berib qo'yilgan hokimiyatdan 
foydalanib, so‘nggi kelishmovchiliklarni tartibga soladi va 
tomonlarni murosaga olib keladi.
Nizoli vaziyatni hal qilishga doir 
umumiy tavsiyalar
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Nizo mavjudligini e’tirof qilish, ya’ni qarama-qarshi 
maqsadlar mavjudligini, muxoliflar usullarining borligini 
e ’tirof qilish, bu qatnashchilaming o ‘zini belgilab chiqish. 
Amaliy jihatdan olganda, bu masalalami hal qilish oson ish 
emas. Biror xodimning qandaydir masalada nizoli holatda 
ekanligini anglab etish va buni aytish ancha murakkabdir. 
Ba’zan nizo ancha vaqgdan beri mavjud bo‘ladi, odamlar 
bundan azoblanib yuradilar, uni ochiq e’tirof qilishmaydi, 
har kim o ‘zi istagan xulq-atvor shaklini tanlaydi, biri ikkin- 
chisiga ta’sir etish yo‘llarini izlaydi, ammo birgalikda muho- 
kama qilish va yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘li sodir 
bo‘lmaydi.
2. Muzokaralar olib borish mumkinligini aniqlash. Nizo 
borligi va uni "yo‘l-yo‘lakay" hal qilish mumkin emashgi e’tirof 
etilgach, muzokaralar olib borish mumkinligini va aynan 
qanday muzokaralar bo‘lishi mumkinligini kelishib olish: 
ulami vositachi bilanmi yoki usiz ham o ‘tkazish, vositachi 
kim bo‘lishi, u har ikki tomonni qanoatlantirishi kerakligi 
kelishib olinadi.
3. Muzokaralar qanday o ‘tishini kelishib olish. Muzo­
karalar qaerda, qachon va qanday boshlanishini aniqlab olish, 
ya’ni muddatini, joyini, uni olib borish tadbirlarini, birgalik- 
dagi faoliyatning boshlanish vaqtini gaplashib olish lozim 
bo‘ladi.
4. Nizo mavzusini tashkil etuvchi masalalar doirasini 
aniqlash. Asosiy muammo birgalikda olib boriladigan faoliyatda
226


nizoning mavzusi nimadan iborat ekanligini aniqlab olishdir. 
Mana shu bosqichning o ‘zida muammoga qanday yondashish 
kerakligi ishlab chiqiladi, tom onlam ing nuqtayi nazarlari 
aniqlanadi, kelishmovchilikning eng yuqori nuqgalari va 
tomonlarni yaqinlashtirishning mumkin bo‘lgan nuqgalari 
belgilab olinadi.
5. Qarorlar variantlarini ishlab chiqish. Tomonlar birga- 
likda ish olib borganda hal qilishning bir necha variantlarini 
taklif qiladilar, ularga ketadigan chiqimlarni hisob-kitob 
qiladilar, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o‘ylab 
oladilar.
6. Kelishilgan qaror qabul qilish. Tomonlar birgalikda 
muhokama vaqtida va bir fikrga kelishlari mumkinligi sharti 
bilan bir qator variantlami qarab chiqqandan keyin bu umu­
miy qarorni yozma ravishda: axborot, rezolyutsiya, ham ­
korlik haqidagi shartnoma va hokazolar tarzida taqdim etishlari 
maqsadga muvofiqdir.
Alohida murakkab yoki mas’uliyatli sharoitlarda yozma 
xujjatlar muzokaralaming har bir bosqichidan keyin to ‘zib 
chiqiladi.
7. Qabul qilingan qarorni amalda ro‘yobga chiqarish. Agar 
birgalikdagi harakatlar faqat ishlab chiqilgan va kelishib 
olingan qarorni qabul qilish bilan tugasa-yu, keyin hech narsa 
sodir bo‘lmasa va o ‘zgarmasa, bunday ahvol yanada kuchliroq 
va davom etadigan nizolaming sababchisi bo‘lishi mumkin. 
Bunda birinchi nizoni keltirib chiqargan sabablar yo‘qol- 
magan, balki bajarib bo‘lmaydigan va’dalar bilan yanada 
kuchaytirilgan bo‘ladi. Takroriy muzokaralar o‘tkazish ancha 
qiyinroq bo‘ladi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin