Ishdan ketish xarajatlari bo‘shayotgan
xodimga bevosita
to‘lovlar va uning o ‘miga boshqa xodimni topish uchun ketgan
vaqti, xodimni ishdan bo‘shatish qarori qabul qilingan vaqtdan
e’tiboran uning va hamkasblarining mehnat unumdorligining
pasayishi bilan bog‘liq bilvosita xarajatlarni o‘z ichiga olishi
mumkin. Obyektga qarab qayta tiklash xarajatlari ikki turga
ajratilishi mumkin.
Agar rahbarlar bo‘shatilgan
xodimni xuddi shu kabi
professional fazilatlarga ega, ya’ni o ‘sha ish joyidagi xodim
bilan almashtirish ishtiyoqida bo‘lishsa, xarajatlar xodimning
shaxsiyatiga emas,
balki ish joyiga, tashkilotdagi mavqega
(pozitsiyaga) taalluqli bo‘ladi va ular pozision deb ataladi.
Ammo muayyan shaxsiy va kasbiy fazilatlarga ega sobiq xodim
kompaniya uchun boshqa mavqelarda ham naf keltirishi
mumkin edi.
Shuning uchun agar inson konkret bir joyda qilgan ishni
alm ashtirishga em as, balki
uning b arch a m avqelarda
keltiradigan nafini hisobga olgan holda shaxsiy fazilatlarini
o ‘zgartirishga intilsa, bunday almashtirish uchun xarajatlar
ish joyiga emas, balki shaxsga taalluqli bo‘ladi va shaxsiy deb
ataladi. Ulami aniqlash o ‘ta murakkab jarayon hisoblanadi.
Shuning uchun odatda almashtirishning pozision xarajatlari
qo‘llaniladi.
14.4. Xodimlaming individual qiymatini
o‘lchash modellari
Aslida insoniy resurslarning birlamchi va qayta tiklash
xarajatlaridan foydalanish qaysidir darajada ulaming tashkilot
uchun qiymatini aniqlash imkonini bersa-da,
bunday baho
ancha shartli va yaqinlashtirilgan hisoblanadi. Masalan,
o‘zlashtirish va tayyorlash uchun bir xil xarajatlar sarflangan
ikki nafar xodim keyinchalik tubdan farq etuvchi unumdorlikka
ega bo‘lishi mumkin, demakki, tashkilot uchun qiymati ham
farqli bo‘ladi.
284
Qiymatning iqtisodiy nazariyasi
shunday asosga taya-
nadiki, nimadir, agar u qandaydir foyda yoki daromad kelti-
rish qobiliyatiga ega bo‘lsa, qandaydir qiymatga ega bo‘ladi.
Insoniy resurslar qiymati konsepsiyasi xuddi shu asosga taya-
nadi. Insoniy resurslar, agar ular ishchi kuchini bergani holda
kelajakda daromad keltirsa qiymatga ega bo‘lishadi. Yoki
aytish
mumkin: personal qiymati, xuddi boshqa har qanday resurs-
niki kabi, undan kelajakda kutilayotgan foyda va daromad-
laming bugungi qiymatidan iborat.
Insonning tashkilot uchun
qiymati ham tashkilotga o‘z xizmatlarini beradigan va daromad
keltiradigan muddatga, ya’ni shu tashkilotda ishlash mud-
datiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: