axloq-odobga oid hadislarida: "Uchrashganda
qaysi biringiz
birinchi bo‘lib salom bersangiz, o ‘sha odam Tangriga ham
itoatliroqdir", deb uqtirgan edilar.
Demak, salom-alik munosabatlari insonning buyuk burchi
bo‘lib, uni o ‘rinli bajarish shaxslararo munosabatda katta o‘rin
egallaydi.
0 ‘zaro munosabatlar
jarayonida salomlashish, bir-biriga
taqdim qilish yoki qo‘l berishish, quchoq ochish jarayoni turli
vaziyatlarda yuz berishi mumkin. Bu o‘ziga xoslik asosan ko£rsatib
o‘tilgan mazkur holatlarda kim birinchi bo‘lib
harakat qilishi
lozimligi yoki shunday huquqqa ega ekanligida ifodalanadi.
Xizmat vaziyati ishbilarmon kishining tashqi qiyofasiga
muayyan talablar qo‘yadi.
Modalar olamida uzoq davrlardan buyon "ishchanlik
kostyumi" degan muayyan tushuncha vujudga kelgan. U,
albatta, kiyimni modellashtirishdagi eng so‘nggi yangiliklarni
hisobga oladi, lekin ma’lum darajada qat’iy va eskilik tarafdori
bo‘lib qoladi.
So‘zning tom m a’nosida
kostyum tanlashni amalga
oshirishda ishbilarmon kishi quyidagi umumiy qoidalarga amal
qilishi lozim:
— uslub birligi;
— uslubning muayyan vaziyatga muvofiqligi;
— ranglar gammasining oqilona kamayib borishi (uch
xil rang qoidasi);
— ranglar gammasida
ranglami qiyoslay bilish;
— kiyimning turli tarkibiy qismlarida rasm xarakterini
qiyoslay olish.
Ishga doir suhbat o‘tkazish malakalari kasb faoliyati jara
yonida ham, maishiy sharoitda ham ishlab boriladi. Suhbat
o'tkazish zarurligi bilan bog‘liq har qanday
vaziyatni muloqot
olib borish qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha trening imko
niyati sifatida qarash kerak bo‘ladi.
Bu qoidalaming sxematik tarzda muayyan izchillikda va
o ‘zaro bog‘liqIikda o ‘tkazilishini zarur bo‘lgan asosiy ha-
rakatlar sifatida tasawur qilish mumkin (8.13- sxema).
Dostları ilə paylaş: