Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Tanqid qilish va tanqidni qabul qilish qoidalari



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

8.5. Tanqid qilish va tanqidni qabul qilish qoidalari
Mehnat faoliyati jarayonida ko‘pgina xodimlar o‘z xizmat- 
doshlari sha’niga, ishga doir suhbat qatnashchilariga, muzokara 
bo‘yicha sheriklari nomiga tanqidiy mulohazalar bildirish 
zaruratini, ayrim hollarda esa unga nisbatan o‘z istagini bildirishni 
xohlab qoladilar. Biron-bir boiinm a rahbarining vazifasi o‘ziga 
buysunadigan xodimlar faoliyatiga, hatti-harakatlariga, xulq- 
atvoriga tanqidiy baho berish bilan albatta bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pgina mutaxassislar, hatto rasman rahbarlik lavozimida 
boim aganlar ham bir qator tashkiliy, nazorat qilish funk- 
siyalarini bajarish bilan bogiiq boiadilar, bu esa xodimlaming 
bajaradigan vazifalarini tanqidiy baholashni nazarda tutadi. 
Shuningdek, birgalikda ishlash jarayonida kengashlar, m u­
zokaralar vaqtida tomonlardan birida boshqa tomonga, tashqi 
muhitga nisbatan tanqidiy fikrlar paydo boiadi.
Kimningdir nomiga tanqidiy mulohaza bildirishdan iborat 
obyektiv yoki subyektiv zaruratga duch kelinganda o ‘ta 
xushmuomalalik va ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak boiadi.
Kishilaming bir-birlari bilan muomala qilishlari tajribasi 
asosida tanqid qilish qoidalari ishlab chiqilganki, ularga rioya 
qilmaslik vaziyatni tanqidiy tahlil qilishga qaratilgan kuch- 
g‘ayratni yo‘qqa chiqarishi ham mumkin.
0 ‘zbek xalqining milliy xususiyatlaridan biri tanqid qilish 
qoidalarini yetarli darajada bilmaslik yoki uni inkor etish 
ko‘pincha shunga olib keladiki, tanqid qilinadigan tomonda 
"himoya to ‘sig'i", arazlash, xafa boiish, qadr-qimmatning 
yerga urilishi kabi tuyg‘ular seziladi. Natijada hatto foydali, 
xolisona tanqid ham ijobiy qabul qilinmaydi.
Amalda har bir kishi butun hayoti mobaynida o‘z sha’niga 
bir necha marta tanqidiy mulohazalar eshitishiga to‘g‘ri keladi. 
Hatto, tanqid qiluvchi kishi tegishli odob qoidalarini bilsa va
179


unga amal qilsa ham, tanqid baribir m a’lum m a’noda og‘rinib 
qabul qilinadi. Bu hoi inson psixologiyasining obyektiv 
xususiyatlari bilan oldindan belgilab berilgan. Shuning uchun 
ham tanqidni qabul qilishning ayrim qoidalarini tavsiya qilish 
(ulami o ‘z ongidan o ‘tkazib, qarab chiqilayotgan muam- 
moning keskinligini birmuncha pasaytirish) mumkin. Ha- 
misha quyidagilami esda tutish lozim:
■ foydasiz tanqid bo‘lmaydi, u vujudga keladigan va- 
ziyatlami hal qilishda yordam ko‘rsatish shakli hisoblanadi;
■ kim tanqid qilishdan va qanday shaklda tanqid qilishidan 
qat’iy nazar tanqidni amaliy jihatdan qabul qilish zarur;
■ tanqidni idrok etishning markaziy tamoyili — "Qilgan 
narsalarimning hammasini ham boshqa vaziyatda bundan ham 
yaxshiroq qilishim mumkin edi" mazmunida bo‘lishi lozim;
■ eng qimmatli tanqid normal hisoblangan narsaning 
hali mukammal emasligiga qaratilgan boMadi;
■ tanqidning yo£qligi — bu uni normal qabul qilish 
qobiliyatini m ensim aslik yoki unga ishonm aslik k o ‘r- 
satkichidir;
■ tanqid — tanqid qiluvchining boshqa tomonga muno- 
sabatini aniqlab olish imkonini beradi;
■ agar tanqid qiluvchi xato qilganda ham uning ishni 
batafsil qarab chiqishga intilishini qo‘llab-quwatlash kerak.
Shu bilan bir qatorda, tanqid o ‘z doirasidan chiqib ha- 
qorat darajasiga ko‘tarilmasligi lozim. Haqorat — bu kishining 
nafsiga, iffatiga tegadigan so‘zlar bilan qadr va e ’tiborni 
tushirish niyatida yomon muomala qilishdir. Hadislarga asos­
langan holda shuni aytish kerakki, haqorat — bu axloqsizlik 
bo‘lib, tahqir qilingan kishining diliga o ‘mashib, shunday 
yomon jarohatlar ochadiki, fursatni g‘animat topib o ‘ch va 
intiqom olmaguncha tuzalmaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad 
Mustafo janoblari: "Ikki odam bir-birini so‘ksa, gunohkor 
boshlovchi bo‘lur. Magar qarshi bo‘Igan kishi ortiq ketsa, 
har ikkalasi ham gunohda o ‘rtoq bo‘lurlar" deb uqtirganlar. 
Vaholanki, shunday ekan, har qanday tanqid o‘z chegarasida 
faktlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Aks holda, har qanday 
tanqid o ‘z doirasidan chiqib haqoratga aylanishi mumkin.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin