Birinchisi
— barcha odamlarga xos boim agan elementar
xususiy qobiliyatlar — shaxsning ancha murakkabroq fazi-
latlarida ko‘rinadi: ko‘z bilan chamalash, tafakkuming tan-
qidiyligi, saxiy qalblik, qat’iylik, sabotlilik, mazmuni asosida
esda saqlab qoldirish va boshqalar.
Ikkinchisi
— murakkab umumiy qobiliyatlar — u yoki bu
darajada barcha odamlarga xosdir. Bular umuminsoniy faoliyat
turlari: mehnat, bir-biri bilan munosabatda bo iish , estetik
va axloqiy faoliyatlara tegishla qobiliyatlardir. Bu guruhga
kiruvchi har bir qobliyat shaxs xususiyatlarining murakkab
tuzilish hisoblanadi.
Uchinchisi
— faqat turli darajadagina emas, balki umu-
man, barcha odamlarga ham xos b o im a g a n , murakkab
xususiy qobiliyatlar insoniyat tarixida aw al hunarga, so‘ngra
kasblarga tomon rivojlangan qobiliyatlardir. Ular professional,
o ‘ziga xos, maxsus, alohida qobiliyatlar sanaladi.
Rahbarlar ko‘p e ’tibor berishi zarur b o ig an qobiliyatlar
xuddi mana shulardir.
Ko‘pincha rahbar xodimlaming qobiliyatlari haqida faqat
ular favqulodda iste’dod tarzida ko‘ringanda yoki talant
sifatida namoyon b o ig a n d a m aqtab gapiriladi, ko‘klarga
ko‘tariladi.
Shuningdek, rahbar psixoligiyasini o ‘rganishda talant so‘zi
ham ko‘p ishlatiladi. Talant — bu ijod tarzida namoyon
184
bo‘luvchi, m a’lum faoliyatlarga taalluqli qobiliyatdir. Talantli
rahbar o‘z ish faoliyatida yangilik qaratadi. Endi rahbaming
professional qobiliyati haqida qisqacha to ‘xtalib o‘tamiz.
Rahbaming professional qobiliyatlarini bilmasdan turib,
ularga juda katta mas’uliyatli rahbarlik vazifalarni toptirish
ham ijtimoiy, ham siyosiy, ham iqtisodiy xatoga yo‘l qo‘yish
demakdir. Har bir rahbarlik vazifasi rahbardan psixologik
imkoniyatlarga ega bo‘lgan qobiliyatni talab etadi.
Professional qobiliyat — bu inson shaxsning anchagina
qat’iy, garchi, tabiiyki, tajriba ta’sirida o ‘zgaradigan individual
psixologik sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, u shaxsning bir sifa-
tining ikkinchisi bilan almashtirilishi natijasida m a’lum mehnat
faoliyatiga o‘rgatish, uni bajarish va unda takomillashishning
samarali bo‘lishini belgilaydi.
Professional qobiliyatlar faqat professional faoliyatda va
kasb uchun zarur bo‘lgan shaxsiy sifatlarini shakllantirishga
mo‘ljallangan maxsus mashqlar jarayonida o ‘sadi.
Professional qobiliyatlar maxsus yangi sifatlar bo‘lmay,
balki rahbar egallayotgan vazifa uchun qulay bo‘lgan ruhiy
xususiyatlar va jarayonlaming umumiy yig‘indisidir. Demak,
u yoki bu qobiliyatni bilish uchun rahbar shaxsining turli
xususiyatlarini o‘rganib chiqish lozim.
Shaxsning tartiblilik, tirishqoqlik, mehnatsevarlik, o ‘z
ishiga muhabbat va qiziqish kabi xususiyatlari har qanday
rahbar uchun zaruriy sifatlardir.
Professional qobiliyat rahbar uchun eng muhim fazilatdir.
U o ‘z kasbining m ohir ustasi, bilim doni b o ‘lgandagina
jamoaning haqiqiy boshchisi, sardori sanaladi. Professional
mahorat rahbar uchun bosh fazilat. M a’lum professional
mahoratga ega bo‘lmagan rahbar jamoa dilidan uzoq bo‘ladi,
u m um iy k o ‘rsatm alar, havoyi b u y ru q lar berish bilan
cheklanadi, jamoa ich-ichidan tan olmaydi. Natijada obro‘siz
yoki faol bo‘lmagan rahbarga aylanadi. Bunday rahbarlar
jam oagagina emas, jam iyat taraqqiyotiga zarar keltiradi,
ijtimoiy to ‘siqqa aylanib qolishi tabiiy.
185
Qobiliyat — insoniyatning necha ming yillik tadrijiy
rivojlanish davrida alohida kishilaming ilm-fanda, rahbarlik
salohiyatida, iqtisodiy yoki siyosiy taraqqiyotda san’at va
adabiyotda erishgan oliy ne’matdir. Bugungi kunda insoniyat
yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar esa ana shu
insoniyat qobiliyatining buyuk ko‘rinishlaridan biridir. Shu
m a’noda qobiliyatlilikni, boshqacharoq qilib ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonida rivojlanadigan va jamiyatning madaniy,
m a’naviy va moddiy, texnikaviy bazasini yaratuvchi alohida
shaxslarning (rahbar, ilm-fan, san’at va adabiyot kishilari)
tafakkuri mahsuli ham deyish mumkin. Alohida qobiliyatli
(professional) shaxslar tabiat-jam iyat qonunlarini kashf
etadilar, butun bashariyat ahli esa ulardan bahram and
boiadilar. Bu ijtimoiy kashfiyotlar ayni paytda iqtidorli,
professional qobiliyatli shaxslarning yanada ko‘plab voyaga
etishiga qulay shart-sharoit hozirlaydi va jamiyat taraqqiyoti
uchun ulug‘vor zamin yaratadi.
Buyuk rahbar xodimlar, daholar hayot va faoliyatini tahlil
qilish ularning xarakterida maqsad sari qat’iy intilish kabi
ajoyib rahbarlik, tashkilotchilik, ishbilarmonlik kabi insoniy
fazilatlar muhim rol o‘ynaganligidan dalolat beradi.
Ammo keyingi uch asr shunday professional rahbar va
olimlami ko‘plab voyaga yetkazib bergani va ular taraqqiyot
mahsuliga bogiiq holda o ‘zgarish va yangiliklarga nihoyatda
boy boiganligi bilan boshqa asrlardan tubdan farq qiladi. Ana
shu uch asmi o ‘zaro qiyoslaydigan boisak, yigirmanchi asrda
ulkan ijodkorlik va jadal inqilobiy o ‘zgarishlar yuz berganligini
ko‘ramiz.
Zero, shu asrda jahon xalqlarining aksariyati savodxon
b o id i, shu asrda radio, televidenie ixtiro etildi, insonlar
kosmosga uchirildi, elektron hisoblash mashinalari (kom-
pyuterlar), axborot kommunikasiya texnologiyalari va bosh
qalar yaratildi. Bunday yutuqlarni sanab sanog‘iga etib
b o im ay d i. Bularning hammasiga insonning favqulodda
qobiliyati sababchidir. Insoniyat butun tarixiy taraqqiyot
davomida o ‘zi ham tabiatining bir boiagi boigani holda tabiat
186
kuchlarini zabt etish, uning sirlarini o ‘rganib, mehnat jara
yonlarini engillashtirish, moddiy turmushni yaxshilash va
madaniy turmush darajasini yuksaltirish uchun intilib va
kurashib kelmoqda.
Hamma zamonlarda ham tafakkur ehtiroslari va inson
qobiliyatining kuchi, serqirraligi, qam rovi kengligi va
bilimdonligi jihatdan zabardast iqtidorli rahbarlarga muhtoj
bo'lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishi
muqarrar. Bu o‘zgarishlar insoniyat uchun iqtisodiy, ijtimoiy
va siyosiy sohalarda yangi maqsad va boshqaruv vazifalarini
qo‘ymoqda. Xullas, globallashuv inson yashayotgan muhitni
va uning rahbarlik uslubini keskin tarzda o ‘zgartirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |