Xarajatlar inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi xomashyo va
energetik resurslarga boigan xarajatlarning o'sishi tufayli ishlab chiqa-
riladigan tovarlar va xizmatlar narx-navosining o'sishi natijasida yuzaga
keladi. Xomashyo va energetik resurslarga bo‘lgan dunyo narxlarining
ko‘tarilishi hamda xorijiy valutaga nisbatan milliy valuta kursining
pasayishi xarajatlar inflatsiyasini yuzaga kelishining asosiy sabablari
hisoblanadi. Xarajatlar inflatsiyasida m a’lum bir mahsulot narxining
o'sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narxining ham o ‘sishiga
olib keladi. Masalan, neft mahsulotlariga bo'lgan dunyo bahosinig
o ‘sishi natijasida unga bevosita bog'liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar
va k o ‘rsatiladigan xizm atlar narx-navosi o ‘sib ketadi. Xarajatlar
inflatsiyasi taklif inflatsiyasiga o'xshash, lekin bu inflatsiyada ba’zi
xarajatlarning o‘sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita
bog‘liq bo‘lmagan holatlarda yuzaga chiqishi mumkin.
Kredit inflatsiyasi. Ushbu inflatsiya turi ba’zi mamlakatlarda banklar
tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga keladi.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun yuqori darajadagi
qayta moliyalashtirish stavkasining o'rnatilishi natijasida xo‘jalik
subyektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo'jalik subyektlari
olingan kredit va u bo'yicha foizlarni o‘zlari ishlab cliiqaradigan mahsulot
tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Import bilan bog‘Iiq inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan
mamlakatda tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda
import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan narx-navoning oshib ketishi
natijasida ba’zi mahsulotlarga bo‘lgan narx-navolar zanjir tarzida
ko‘tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan
olib borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun
inflatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va bu tartibga solib turiladi.