107
muhimligiga ko‘ra hozirgi vaqtda falsafiy bilish tizimida qadriyatlarni
o‘rganadigan maxsus tarmoq – aksiologiya (axios – qadriyat va
logos – ta’limot) maydonga keldi.
insoniyat hayoti va o‘tmishga sivili-
zatsiyaviy
yondashish haqida gap bor-
ganda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar
to‘g‘risidagi marksistik qarashlarga ham
munosabat bildirishga to‘g‘ri keladi. bu qarashlar tarixiy jarayonni
qat’iy sxematik sabab-oqibat, izchil ketma-ketlik tarzida kechadi, de-
gan da’vosi bilan kishilik dunyosi butun murakkabliklarini qamray
olmagani holda, yana chiziqli tafakkur usuli bo‘lib qolgan edi.
ma’lumki, uyg‘onish davri, xv–xvii asrlar mutafakkirlari yev-
ropa tarixini uch bosqichga –
porloq –
antik davrga,
qora –
o‘rta asr-
larga va kirib kelayotgan
nurafshon –
yangi zamonga bo‘lgan edilar.
Sen-Simon (Fransiya) esa antik davrga quldorchilik, o‘rta asrchilikka
feodalizm va yangi davrga yollanma mehnatga asoslangan sanoat ti-
zimi tarzida qaragan. Nemis faylasuflari
K. Marks va
A. Engels bu
uchlikka
Luis Morgandan o‘zlashtirilgan ibtidoiy jamoa davrini va
xix asrda «sharpasi kezib yurgan», hozir esa utopiya ekanligi ham-
maga aniq bo‘lib qolgan kommunizmni o‘zlaridan qo‘shgan edilar.
natijada insoniyat tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorchilik, feoda-
lizm, kapitalistik va kommunistik formatsiyalardan (bu atama esa ge-
ologiya ilmidan olingan) iborat bo‘lib qolgan edi.
k. marks va F. engelsda, ularning
davomchisi bolshevik
v. i. leninda 10 martacha
«osiyocha ishlab chiqarish usuli» tushun-
chasi uchraydi. buning boshqacha nomi osiyocha formatsiyadir. gap
shundaki,
Osiyo-Sharq, shuningdek, Shimoliy Afrika mamlakatlari-
ga tatbiqan ketma-ketlikda olingan quldorlik, feodalizm va kapita-
lizm mezonlari ishlamaydi. holbuki xix asrning ikkinchi yarmida –
XX asrning boshlarida va keyinroq ijtimoiy fikrda M. Veber asos-
lagan
ideal tip, M. Sheler – falsafiy antropologiya, kantichilardagi
qadriyatlar,
E. Gusserl – fenomenologiya,
M. Xaydegger, K. Yaspers,
J. P. Sartr – ekzistensializm,
G. Gadamer – germanevtika va boshqa
ta’limotlarida iqtisodiyotdan tashqari sohalarning o‘rni va ahamiya-
tining chuqur tahlili insoniyat bilimlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
marksizm-leninizm
esa ijtimoiy-ruhiy borliqni, an’anaviy mentali-
tetni, diniy e’tiqodni, kishilar etnoruhiy xususiyatlarini ilmiy xoslikda
o‘rganishga noqobil ta’limot bo‘lib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: