171
33-§. Tarixiy-ma’naviy qadriyatlarning hozirgi
sharoitlardagi ahamiyati to‘g‘risida
davlat istiqloli qo‘lga kiritilishi shunchaki
mustamlakachilikdan qutulishgina emas,
balki ko‘pgina
muhim masalarlarni hal
etishni ham zarur etib qo‘ygan edi:
Birinchidan, bu istiqlol o‘zbek xal-
qining uch ming yillik tarixida mavjud bo‘lib kelgan davlatchilikni
tiklash edi. shunga ko‘ra bu tiklangan istiqlolning tarixiy zaminlari
bo‘lganligini ko‘rsatish juda muhim bo‘ldi.
Ikkinchidan, mustamlakachilik davrida zo‘ravonlik bilan qabul
qildirilgan, xalq tabiati va turmush tarziga to‘g‘ri kelmagan, binobarin,
mohiyatan aksilqadriyatlar bo‘lgan tartibotlar istiqlol uchun ma’naviy-
siyosiy zamin bo‘la olmas edi.
Uchinchidan, o‘zbek xalqining tarixi o‘zgalar qo‘li bilan yozilib
bir tomonlama yoritilgan va hatto soxtalashtirilgani uchun, albatta,
tuzatilishi, milliy tarixning butun rang-barang va murakkabligini
obyektiv-ilmiy qarab chiqish, uni vorislariga qaytarish lozimligi o‘z-
o‘zidan ravshandir.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning konkret sharoitlaridan kelib chiqib,
o‘tish davrini boshidan kechirayotganligini
hisobga olgan holda
o‘tmishda o‘zini oqlagan va hozir ham ahamiyat kasb etishi mumkin
bo‘lgan ko‘pgina qadriyatlarni tiklash obyektiv zarur edi.
Beshinchidan, mustaqil O‘zbekiston kelajakka intilayotgan
ekan, taraqqiy etgan mamlakatlarda
amal qilayotgan umuminsoniy
qadriyatlarni ham o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etdi.
mustaqillik – yangi jamiyat barpo etishning bosh shartidir.
bu jamiyatda
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini
ta’minlashga erishishi kutiladi. uni yaratilishida o‘tmish qadriyatlariga
munosabatni to‘g‘ri belgilab olishi bilan yangi jamiyatni qaysi
tamoyillarda qurish yo‘llarini aniqlash muhim bo‘lgan edi.
tarixan
eskirgan, salohiyati bunyodkorlik talablariga javob ber -
maydiganlardan voz kechib, yangi davr ruhiga mos hayotiyligini ko‘p
marta ko‘rsatgan qadriyatlar o‘zlashtirilmog‘i lozim edi.
mezonlar
sifatida milliylik va umuminsoniylikning omuxtaligini ifodalagan
insonparvarlik
va yurtparvarlik, hayotbaxshlik va taraqqiyparvarlik
Dostları ilə paylaş: