87
tashkilotlar, muassasalar hamda kishilar
xatti-harakati barqaror shakllarini bel-
gilaydigan me’yorlarning yig‘indisi va
bu me’yorlarga muvofiq keladigan fe’l-atvor tizimi ijtimoiy institutlar
tarkibini tashkil etadi. bular yordamida kishilarning turli o‘rinlarda va
darajalarda ijtimoiy almashuvi sodir etiladi.
har bir institutning o‘z maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi aniq
vazifalari va alohida maqomi bo‘ladi. ijtimoiy institut bajarishi lozim
bo‘lgan vazifalar xilma-xildir. ulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. ijtimoiy munosabatlarni takror
hosil etish va mustahkamlab
qo‘yish vazifasi.
2. institutsiyaviy jarayonlar natijasida yuz beradigan o‘zaro
bog‘liqlik, o‘zaro mas’uliyat va jipslashuvga erishish – birlashtirish
vazifasi.
3. tarbiyaviy vazifa – ijtimoiy tajribani yoyish orqali institut
chegarasini
kengaytirish, uning a’zolarini ko‘paytirishga erishish
maqsad etib qo‘yiladi.
4. kishilarga turli axborotlarni yetkazish orqali jamiyat ravnaqiga
xizmat qilishga qaratilgan – kommunikativ vazifa.
ijtimoiy institutlar tizimida nisbiy musta-
qil holda tashkilotlar farqlanadi.
Odatda
tashkilot deganda muayyan me’yorlar va
qoidalar asosida manfaatlarni, maqsadlarni va dasturlarni hamkorlikda
amalga oshiradigan kishilar uyushmasi tushuniladi. butun boshqa
jihatlardan ham uning ma’nolari, xususan, ijtimoiy tuzilmaning unsuri,
u yoki bu guruh faoliyatining ko‘rinishi,
muayyan tizimning ichki
unsurlari tartiboti va hokazolar farqlanadi.
kishilik jamiyatidagi tuzilmalar uzoq vaqt davomida urf-odatlar
ta’sirida rivojlanib kelgan. kishilarning ko‘pgina ehtiyojlari tegishli
tarzda oziq-ovqat tayyorlash,
bolalar tarbiyasi, ish vaqti va bo‘sh
vaqtda oilada hamda qarindoshlar, qo‘shnilar davrasida qondirilgan.
hozirgi jamiyatlarda kishilar ilgariga qaraganda ko‘p jihatlardan
o‘zaro bog‘lanib ketishgan. ularning juda ko‘p
va xilma-xil
ehtiyojlari bevosita amalga oshiriladigan aloqalar orqali qondiriladi.
tomonlarning shaxsan bir-birini bilishi talab etilmaydi. ba’zan bunga
masofaning uzoqligi sabab bo‘lsa-da, lekin mehnat taqsimoti asosiy
omildir. bunday sharoitlarda tashkiliy ishlar va alohida tashkilotlarga
bo‘lgan zaruriyat o‘z-o‘zidan tushunarlidir.
Dostları ilə paylaş: