92
insoniyat tarixining dinamik kechishi uzoq vaqtdan beri o‘rganish
obyekti hisoblanadi. buni qadimgi yunonlarning
kishilik dunyosi
voqealari va hodisalarini bilishga urinishlaridan, shu jumladan, «oltin
davr» haqidagi xayolot va yangilanishlardan ham ko‘rish mumkin.
Ovchilik va terib termaklash davridagi sodda tenglikni antik davrdagi
qullar va quldorlarga bo‘linganlik bilan solishtirish xalq og‘zaki
ijodida tarqalgan
«oltin davr» afsonasini yuzaga keltirgan edi. bu
afsonaga ko‘ra,
tarix bekik doira bo‘ylab harakatlanadi. buning
sabablari haqida
«Xudo shunday hal etgan» yoki
«Tabiatning hukmi
shunday bo‘lgan» kabi javoblar berilgan. ayni vaqtlarda, bu javoblarda
tarixning ma’nosi to‘g‘risidagi masala ham o‘ziga
xos ravishda
qamrab olingan. lekin insoniyat o‘tmishining butun qamrovini
yevropa tafakkurida birinchi marta nasroniy dini pozitsiyasidan turib
Avreliy Avgustin (354–430) ifodalab bergan edi. injilda yozilganlarga
tayanib insoniyat tarixini olti davrga bo‘ladi. Oltinchisi iso payg‘ambar
faoliyat ko‘rsatgan davrni o‘z ichiga oladi.
nasroniylik dinining tushuntirishicha, tarix,
birinchidan, chiziqli
kechib, unda muayyan yo‘nalish,
binobarin, ichki mantiq, alohida
pirovard maqsadga tegishli muqaddas ma’no mavjud.
Ikkinchidan, bu
nuqtayi nazarga ko‘ra insoniyat tarixi ilgarilama, progressiv kechadi.
bunda xudo tomonidan boshqariladigan insoniyat ulg‘ayib boradi.
Uchinchidan, tarix qaytarilmasdir. ya’ni,
inson xudo tomonidan
yaratilgan bo‘lsa-da, keyinroq yo‘l qo‘ygan gunohi uchun yaratgan
rahnamoligida o‘zini takomillashtirishi lozim.
Chiziqlik ko‘rinishidagi tarixning kechishi
doirasida xviii asr mutafakkirlari ilgari
surgan g‘oyalarda ilohiylik o‘rniga
tarixning tabiiy qonunlari tushunchalari
va taraqqiyot tushunchasi qo‘yiladi hamda barcha xalqlarning tarixiy
rivojlanashi yagona qonunga bo‘ysunadi deyiladi.
keyinroq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot g‘oyasi
yevropa xalqlari
tafakkurida mustahkam o‘rin oldi. italyan
J.Viko, fransuzlar
s
h.Monteskye, J.A.Kondorse, nemislar
I.Kant, I.Gerder, G.V.F.Gegel
va boshqalar qarashlariga ko‘ra
taraqqiyot fan, san’at, din, falsafa,
huquq rivojlanishida ifodalanadi.
k.marksning qarashlariga ko‘ra taraqqiyot ishlab chiqaruvchi
kuchlar rivojlanishiga tayanadi. lekin taraqqiyotni bunday tushu -
Dostları ilə paylaş: