94
qo‘yadi. xviii asrga kelib dunyoviy maqomdagi taraqqiyot nazariyasi
maydonga chiqdi.
xix asrdayoq, ayniqsa, xx asrda
tarixiy taraqqiyotning umid-
baxshligi shubhaga olina boshlandi. Chunki bir yo‘nalishdagi
taraqqiyot ikkinchi yo‘nalishda orqaga ketishni keltirib chiqarib, inson
va uning jamiyat rivojlanishiga xavf tug‘dirgan edi. bularga qara may,
kishilik jamiyatining erishgan taraqqiyotidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
xususan, uning quyidagi ko‘rsatkichlarini keltirish mumkin:
1. davrdan davrga o‘tgan sari mehnat vositalarini takomillashtirish
va mehnatning o‘zini yanada oqilona tashkil etish hisobiga mahsulot
ishlab chiqarish sur’ati beqiyos darajada o‘sdi.
2. ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bog‘liq holda ilm-fan
rivojlanishiga keng yo‘l ochildi, fan bevosita ishlab chiqaruvchi
kuchga aylana boshlandi.
3. ishlab chiqarish yuksak texnologiyalar bilan qurollangani tufayli
ijtimoiy ehtiyojlar tobora to‘laroq qondira boshlandi, turmush tarzi
takomillashtirilib borildi.
4. tabiat stixiyasidan qutulish imkoniyatlari tobora ko‘proq
yaratila borildi.
shuningdek, ijtimoiy kuchlarning stixiyasi xarak-
terlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish mumkin bo‘la bordi.
5. sayyora miqyosida imkoniyatning o‘zaro yaqinlashuvi,
umuminsoniy qadriyatlarning tobora
kengroq va chuqurroq tarzda
tarqalishi sharoiti yaratila bordi.
6. insonning erkinlik darajasi jiddiy ravishda kengaydiki, bu
muayyan darajada huquqiy-siyosiy institutlar faoliyatida o‘z aksini
topib bordi.
ayni vaqtda, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning hozirgi tarzda amalga
oshishida insoniyat hayotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf soladigan quyidagi
jihatlarni ham maydonga keltirdi:
birinchidan, tabiiy muhitni kimyoviy-radioaktiv va boshqa xavfli
moddalar
bilan zararlanishi, ekologik inqiroz;
ikkinchidan, fandan yalpi harbiy – vayronagarchilik (ommaviy
qirg‘in qurollari) keltirish maqsadlarida foydalanish;
uchinchidan, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik,
fohishabozlik, ko‘pgina kishilarda axloqiy
buzilish hollarining
ko‘payishi;
to‘rtinchidan, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, ayrim ki-
Dostları ilə paylaş: