91
kishilik jamiyati turli bosqichlarida
tarixni tushunish
tegishli tarzda amalda
bo‘lgan. dinamizmi kuchli bo‘lgan,
taraqqiy topgan jamiyatlar sharoitida
tarixni kechishi o‘tmishdan hozirgacha, undan esa kelajakka o‘tish
tarzida qaraladi. Odatda, tarix sivilizatsiyaviy
jamiyatlarga xos
hisoblanadi va taxminan miloddan 4000 yil avval boshlangan deb
olinadi.
an’anaviy, qoloq jamiyatlarda o‘tmish hozirgi davrning oldi
tarzida tasavvur qilinadi. namuna,
ideal sifatida unga intilish,
tobora yaqinlashib kelish maqsad etib qo‘yiladi. bunday jamiyat-
larda
mif ustunlik qiladi. shunga ko‘ra, bular ma’lum ma’noda
tarixga qadar bosqichda qolgan, tarixiy tajribasi yo‘q
jamiyatlar
deyiladi.
tarixning «ayyorligi» shundaki, uning yuz berishi kishilarga
bildirilmaganday kechadi. shunga ko‘ra, uning harakati va kishilarning
shaxs shakllaridagi ravnaqini bevosita yaqindan turib kuzatish juda
mushkuldir. Odatda, tarixni kuzatishning
ikki imkoniyati haqida
gapirish mumkin. ulardan biri bola shaxsining shakllanishi bilan
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi sotsium jarayonlari bosqichlarini tashkil
etishni o‘ziga xos shakllari qaror topishini izchillikda qayd etishdan
iboratdir. boshqacha aytganda, tarixning insoniyat va shaxs tarixlari
tarzida yuzaga kelishi ijtimoiy shakllar
va shaxslar tadriji tarzida
bo‘ladi.
ayni vaqtda, oldingi boblarda ham ko‘rsatib o‘tilganidek, insoniyat
tarixi bilan uning ajdodlarining inson bo‘lishga qadar kechgan tarixi
chegarasini aniqlash masalasi muhim hisoblanadi. bunga hozircha
yetarli aniqlikda va dalillar bilan hech kim javob berolgani yo‘q.
Chunki beriladigan javob muallif pozitsiyasiga,
tafakkur kuchiga,
ilmiy-nazariy model va hatto bevosita olingan ma’lumotlarga ham
bog‘liq.
sotsium tabiati shundayki, uning mav-
judligi har doim o‘zgaruvchan xarakterga
ega. moddiy-ijtimoiy
va amaliy-ruhiy
mavjudot bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi o‘zaro funksional xilma-xil
munosabatlarni ifodalaydigan voqelikning bundayligi tushunarli
holdir.
Dostları ilə paylaş: