Sidqiy xondayliqiy nasriy asarlari badiiyati


“Mezoni shariat”- diniy asar namunasi



Yüklə 258 Kb.
səhifə14/17
tarix02.02.2022
ölçüsü258 Kb.
#114085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2.5. “Mezoni shariat”- diniy asar namunasi

Sidqiy diniy- axloqiy mavzuda “Tazkirayi Imomi A’zam” asaridan tashqari “Mezoni shariat” asarini ham yozgan. Asarning muqaddima qismida Mahmud Hasaniy quyidagi ma’lumotlarni keltirib o`tgan: Sidqiy “Mezoni shariat” ning yozilgan yili haqida quyidagi ta’rixni aytgan:

Sen ayla, Sidqiy, munga emdi ta’rix o`zbekcha,

Ki o`zbek ahlig`a bo`lsin muning yili ravshan.

Muning aytilg`onida yil edi mingu uch yuz,

Yana ziyoda edi to`rt adad bir o`ttuzdan ( 39 ,58 ).

Demak, kitob 1334- hijriy(1916 milodiy) yili yozilib, bir yildan so`ng, ya’ni 1917-yili andijonlik kitob savdogari Mulla Mirzo Ahmad ibn Mirzo Karimning sa’y- harakati bilan chop etilgan.

Mazkur kitobning bir nusxasi toshkentlik kitob ixlosmandi Shotursun ota Shorahim o`g`lining shaxsiy kutubxonalarida saqlanmoqda. .

“Mezoni shariat” kitobiga kirish qism sifatida “Sababi ta’lif” (Yozilish sababi) keltirilgan. Undan so`ng Islomda musulmonlarning beshta farzi bo`lgani kabi ushbu kitob ham besh bobdan iborat. Ular “Kitob ul- iymon”, “Bobi hayz”, “Kitob us- salot”, “Kitob uz- zakot” va “Kitob ul- haj”.

“Sababi ta’lif” qismi Ollohga va payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga hamd-u sano bilan boshlangan. Bir hikoyat ham keltirilgan. Dovud alayhis-salom Olloh taolloga murojaat qilib “Parvardigoro, manga siringni oshkor qilg`il, toki bilayin va qo`rqayin” . Ey, Dovud o`lganingdan keyin bu sirni aytaman, degan nido keladi.

Sidqiy ushbu asarni yozish uchun “Xalabiyi sag`ir”, “Tuhfat ush shohon”, “Jungi muxtasar”, “Molobudda minhi” kabi diniy kitoblaridan foydalanganligini ta’kidlaydi.

Sidqiy tarjima qilgan va o`zi yozgan asarlarning ham nomini keltiradi. Va so`ng diniy mavzudagi ushbu risolani yozganligini sababini quyidagicha ifodalaydi:

“… Bularda axloq tuzatmoqdin o`zga foyda ko`rmadim va hech biridin najot umidin tutquluq bo`lmadim, magar bu kitobdinki, ikki jahonda najot umidin munga amal qilmoq ila Tangridin ko`z tutulsa ajabmas, der edim” (32,98).

Shuningdek, hammaga tushunarli bo`lsin deb ancha oson iboralardan foydalandim, deydi. Va so`nggida birinchi bob iymon to`g`risida ekanligiga izoh berib, shunday deydi:

“… Har kimarsa iymon ahkomini durust bilmasa, har na qilg`on ibodatlari durust bo`lmag`ay erdi. Binobarin, avval iymon ahkomini bayon qilduk” (27,58).

“Mezoni shariat” kitobining birinchi bobi “Kitob ul- iymon” deb nomlanadi. U savol- javob va diniy ma’lumotlardan iborat.Masalan:

Savol: iymonning necha turi bor? Javob: besh xil. 1-farishtalar iymoni 2- payg`ambarlar iymoni 3- mo`minlar iymoni 4- ahli bid’at iymoni 5- munofiqlar iymoni

Savol: iymon nima? Iymon til bilan iqror bo`lmoq, dil bilan ishonmoq.

Savol: iymonning nechta rukni bor? Javob: yettita. 1- Olloh taolloga iymon keltirish 2- Alloh taolloning farishtalariga iymon keltirish 3- Alloh taolloning kitoblariga 4- payg`ambarlarga 5-qiyomat kuniga 6- yaxshilik ham, yomonlik ham Ollohdan ekanligiga7-qiyomat kunida qayta tirilishga. Sidqiy shu ruknni kengroq izohlagan.

Shuningdek, ushbu bobda chin musulmonning 5 farzi keltirib o`tilga. So`ng din asoslarining bayoni keltirilgan. Sidqiyning ta’kidlashicha, ular 8 ta. Ularni dastlab she’riy tarzda bayon qilgan. So`ng nasriy izoh bergan. Ular quyidagilar: 1- tavhid ya’ni Olloh taolloning yagonaligiga guvohlik bermoq 2- adl- banda o`z amalida rost bo`lmoq 3-imomat- oxirat ishini dunyo ishidan ustun bilmoq 4- nubuvvat- Muhammad (s.a.v) ni payg`ambar bilmoq 5- amru ma’ruf- Olloh taollo buyurgan barcha ishni bajarmoq 6- nahiy munkar- Olloh taollo man qilgan narsalardan yiroq bo`lmoq 7- Ollohning do`stlarini do`st bilmoq 8- tabarro- Ollohning dushmanlarini dushman bilmoq.

So`ng Sidqiy mo`min- musulmonlarning qirq farzi haqida ma’lumot beradi. Ushbu bobning so`ngida “Namozga ehtimom qilmoq bayoni” keltirilgan.

Kitobning 2- bobi “Kitob ut- tahorat” deb nomlanadi. Bu bobda tahorat uchun zarur bo`lgan masalalar yoritilgan. Sidqiy tahorat uchun to`rt farz mavjudligini ta’kidlaydi. Shuningdek, tahorat vaqtida aytish zarur bo`lgan duoni keltirgan. Undan keyin “Mash tortmoq bayoni” keltirilgan. keyin tahoratni buzuvchi narsalar haqida aytib o`tgan. Unda aytilishicha, devonalik, mastlik, behushlik holatlari tahoratni buzadi. Namoz vaqtida biror kishining qah-qaha otib kulishi tahoratni buzadi. Lekin namoz o`qiyotganda kimdir uxlab qolib, tushida qah-qaha otsa tahorati buzilmaydi. So`ng “g`usl bayonida” bo`limi keltirilgan. G`uslning mohiyati og`iz, burun va butun badanni yuvishdan iborat. Sidqiy g`usl vaqtida aytilishi zarur bo`lgan duoni keltirgan. Keyingi bo`lim “Tahorat olish mumkin bo`lgan suv bayonida”. Tahorat toza suv bilan olinur, xox osmondan tushsin, xox yerdan chiqsin. Daryo suvi, buloq suvi, quduq suvi kabilar. Daraxt suvi, uzum suvi, meva suvi va tarvuz suvida tahorat olmoq mumkin emasdur.

Navbatdagi bo`lim “Quduq bayonida” deb nomlanadi. Undan so`ng “Tayammum bayonida” bo`limi keltirilgan. Aytilishicha, kishi tahorat uchun suv topolmasa, tuproq bilan ham tahorat olishi mumkin. Unda tuproqning har qanday turi bo`laveradi. Tosh-u qum, qorami, qizilmi yo marmar, yoki tog` tuzi. G`ubori bo`lmasligi kerak.

Sidqiyning ushbu asari mazmunan Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin” asariga o`xshaydi. Bu ikki asarning o`xshash va farqli jihatlari mavjud. Masalan, ikkala asar ham besh qismdan iborat. “Mubayyin” asarining birinchi bobi “E’tiqodiya”, ikkinchi bobi “Kitob us- salot”, uchinchi bobi “Kitob uz- zakot”, “Kitob us- savm” va so`nggi bobi “Kitob ul- haj” lardan iborat. Ikkala asar ham musulmonlar uchun mukammal diniy ma’lumot beruvchi asar hisoblanadi. Har ikkalasida diniy masalalar chuqur bilimdonlik bilan o`z ifodasini topgan. Ikki asarning farqli jihatiga to`xtaladigan bo`lsak, Boburning “Mubayyin” asari to`laligicha she’riy tarzda bayon qilingan. Sidqiyning asari esa asosan nasriy bayon qilingan. Ayrim o`rinlarda she’riy bayon qilgan.

Xullas, Sidqiy islom qoidalari asosida insonni axloqiy poklanishga undaydi. E’tiqodda sobit odam hech qachon o`z yo`lidan adashmaydi.

XULOSA

Ko`p asrlik o`zbek mumtoz adabiyoti tarixida xamsachilik, devon tartib berish, tazkira tuzish, nazira bitish, bayozchilik singari ko`plab adabiy an’analar shakllangan. 19-asr oxiri 20- asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan milliy uyg`onish davri adabiyotida ham bu an’analarning aksariyati faol qo`llaniladi. Bunda shu davrda yashab ijod etgan ko`plab ijodkorlarning o`ziga xos o`rni bor.

Ushbu malakaviy bitiruv ishimizning mavzusi “Sidqiy Xondayliqiy nasriy asarlari badiiyati ” deb nomlandi. Biz mazkur kichik tadqiqotimizda jadid adabiyotining zabardast vakili Sidqiy Xondayliqiy ijodiga diqqatimizni qaratdik. Tadqiqot obyekti bo‘lgan Sidqiy Xondayliqiy ijodi shu bugunga qadar adabiy jamoatchilik tomonidan o‘z bahosini olib kelgan. Adibning lirik asarlari, nasriy asarlari, tarjimalari va ibratlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan va shu bugunga qadar yozuvchining turli janrlarda bitilgan asarlari o‘z o‘quvchilarini topib kelmoqda. Malakaviy bitiruv ishimizda e’tiborni Sidqiy Xondayliqiyning bir qancha nasriy asarlari “Sad irshod yoxud Sad qonuni”, “Zarbulmasali Sidqiy”, “Holoti Sidqiy” “Tazkirayi Imomi A’zam”, “Mezoni sha’riat” va “Rusiya inqilobi”, “Rabotchilar ishi” dostonlariga e’tiborni qaratdik.Sidqiy Xondayliqiy ijodiga mansub asarlarni tahlil qilar ekanmiz, quyidagicha xulosaga keldik:


Yüklə 258 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin