Sidqiy xondayliqiy nasriy asarlari badiiyati



Yüklə 258 Kb.
səhifə15/17
tarix02.02.2022
ölçüsü258 Kb.
#114085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Birinchi, 19- asr oxiri- 20-asr boshlarida ko`p ijodkorlarning asarlari mazmunan bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi. Jadid shoirlar ijodida maktab va maorif masalasi alohida o`rin tutadi. 20- asr avvalida millat ziyolilari diqqat markazida bo`lgan maktab masalasi xususida bu davrning ilg`or ma’rifatparvar adiblar ijodida ko`plab asarlar yaratilgan. Xususan, maktab, maorif, ilm olishga da’vat etish masalalariga yakdillik bilan yondashdilar.

Sidqiyning shu davr ijodkori ekanligiga inobatga oladigan bo`lsak, uning ijodida ijtimoiy mavzudagi she’rlar, diniy va didaktik mavzudagi asarlarlar alohida o`rin egallaydi. Ijtimoiy mavzudagi she’rlari orqali jamiyatdagi mavjud illatlarni qoralaydi. Diniy asarlarida esa o`zigacha bo`lgan ijodkorlarning asarlaridan foydalangan holda, o`z davrida mazmunan nisbatan mukammal asarlarni yaratgan.



Ikkinchi, Birinchi jahon urushi, mardikorlikka olish va Qo`qon muxtoriyatining qonga botirilishi munosabati bilan yozilgan asarlarida Sidqiyning millat va Vatan taqdiri uchun xavotiri sezilib turadi.

Uchinchi, Sidqiy Xondayliqiy g`azaliyotida nazirachilik sodda va xalqona uslubda yozish an’anasi yetakchilik qiladi. Shoirning lirik she’rlarida mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari eng yaxshi an’analar davom ettiriladi.


Yüklə 258 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin