Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari



Yüklə 44,38 Kb.
səhifə9/15
tarix24.09.2023
ölçüsü44,38 Kb.
#129347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari-hozir.org

4. Takroriy sifatlar 
Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo’lib , ko’plik , umumlashtirish , jamlash ma’nolarini ifodalovchi sifatlar takroriy 
sifatlar deyiladi .Bu vaqtda sifat bog’langan so’z(sifatlanmish) ko’plik qo’shimchasi(-lar)ni oladi .
Kichik-kichik do’konchalar oldidan o’tib borayotib , …bir to’da ustalarni ko’raman . 
Yuksak-yuksaklarga tikka uchushni , Har kun bolasiga o’rgatar burgut .
yaxshi-yaxshi , katta-katta , shirin-shirin , burda-burda , yo’l-yo’l(otdan ko’chgan) , oppoq-oppoq 
Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo’lgan sifat takroriy sifat sanaladi . Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab , kuchaytirib
ifodalaydi . takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi . Masalan , katta-katta , yangi-yangi , qop-qora , uzun-uzun , 
barra-barra , mayda-mayda , qiziq-qiziq , lo’ppi-lo’ppi , lo’nda-lo’nda , oppoq-oppoq , shirin-shirin , achchiq-achciq , yirik-
yirik , sho’x-sho’x 

Sifatlarning yasalishi

Sifatlar ot kabi yasalish xususiyatiga ega . Sifat affiksatsiya , kompozitsiya , konversiya , leksik-semantik va fonetik usullar 


yordamida yasaladi .

1. Morfologik usul(Affiksatsiya) 
Asosga sifat yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan hosil qilingan sodda yasama sifatlar morfologik usul bilan yasalgan bo’ladi .
asos+++sifat yasovchi qo’shimcha===sodda yasama sifat , asos+++sifat yasovchi qo’shimcha===morfologik usul , sodda
yasma sifat===morfologik usul 
Morfologik usul bilan sodda yasama sifatlar hosil qilinadi . Sodda yasama sifatlar morfologik usul bilan hosil qilinadi . Masalan ,
aql+li , dard+kash , no+to’g’ri , gayri+tabiiy , ikki+chi , besh+chi , sen+siz , siz+siz , boya+gi , ertalab+gi , tarqa+q , erin+choq , 
no+qonun+iy , g’ayri+inson+iy
2. Sintaktik usul(Kompozitsiya) 
Asosga asosni qo’shish bilan hosil qilingan qo’shma sifatlar sintaktik usulda yasalgan bo’ladi . asos+++asos===qo’shma sifat ,
asos+++asos===sintaktik usul , qo’shma sifat===sintaktik usul
Sintaktik usul bilan qo’shma sifatlar hosil qilinadi . Qo’shma sifatlar sintaktik usul bilan yasalgan bo’ladi . Masalan , 
tosh+++bag’ir===toshbag’ir , mehmon+++do’st===mehmondo’st , baland+++parvoz===balandparvoz ,
sher+++yurak===sheryurak , bodom+++qovoq===bodomqovoq 


3. Konversiya 
Boshqa turkumga mansub so’zlarni juftlab , takrorlab yoki o’zak holida sifat turkumiga ko’chirish konversiya asosida sifat 
yasalishi sanaladi .
mosh-guruch(soqol) , yo’l-yo’l(ko’ylak) , rang-barang(chiroqlar) , xilma-xil(gazlama) , oldi-qochdi(gap) , kirdi-chiqdi(chol) , 
kuydi-pishdi(ayol) , tug’di-bitdi(farzand) , manman(bola) , birdan-bir(istak) , daydi(it) , qari(bo’ri) , och(jigarrang) ,
chalkash(yo’l) , yanglish(qaror) , tutash(qosh) , aralash(meva)







Yüklə 44,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin