DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Fаоliyat bоsqichlаri
|
Fаоliyatning mаzmuni
|
O`qituvchi
|
Tаlаbаlаr
|
I O’quv mashg’ulotiga kirish bоsqichi
(5 dаqiqа)
|
Tashkiliy qism
1. Salomlashadi, yo’qlama qiladi, o’quvchilarning darsga tayyorligini ko’zdan kechiradi
|
Tinglaydilar, javob beradilar.
|
II. Аsоsiy bоsqich.
(65 dаqiqа)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi
Maqsad va vazifani belgilanishi
3. Ma'shg'ulotning nomi va rejasini e'lon qiladi, o'quv mashg'ulotining maqsadi va o'quv faoliyat natijalarini tushuntiradi.
4 . Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi
5. Mashg'ulot o'tkazish shakli va baholsh mezonlarini e'lon qiladi.
Ta`lim oluvchilar bilimini faollashtirish
6. Tezkor so’rov orqali bilimlarni
faollashtiradi. (1-ilova)
Javoblar muhokama qilinmaydi.
Yangi o’quv materiali bayoni
7. Mashg'ulot rejasi bo’yicha ma'ruzani mantiqiy tuzilma asosida olib boradi.
8.Slaydlarni (2-ilova) namoyish qilish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha nazariy holatlarni bayon qiladi.
Yangi o`quv materialini mustahkamlash
9. Mustahkamlash uchun savollar beradi.
Rejadagi har bir qism o’rtasida o’zaro aloqani o’rnatadi.
10. Yangi o’quv materialini o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun tezkor –so’rov (3-ilova) o’tkazadi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar
Yozib oladilar
Javob beradilar
Tiinglaydilar, savollar beradilar, yozadilar
Javob beradilar
Javob beradilar
|
III. Yakuniy bоsqich.
(10 dаqiqа)
|
Mashg’ulot yakuni
1. Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qiladi.
2. O'quvchilar bilimini baholaydi
Uyga vazifa berish
3. Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish uchun yo`riqnoma beradi (4-ilova)
|
Diqqat qiladilar
Toipshiriqni yozib oladilar
|
O’qituvchi: ___________ Sayfutdinov Muhitdin
1 -илова
2-илова
Tarqatma materiallar
3- илова
Tezkor so’rov savollari:
Ferrit nima?
Sementitga ta’rif bering?
Grafit nima
4- илова
Uyga vazifa:
Mikrostrukturalar tasvirini tayyorlab kelish
Эслтама: Aylanalarni kesib ularga rangli tasvirlarni tushirib qotishmalar strukturasi nomini yozish kerak bo’ladi.
Dars matni
Mavzu: Qotishmalar nazariyasi haqida ma`lumot
Reja:
1. Fe-C qotishmalari, tarkibi va xossalari to’grisida tushuncha
2 Fe-C holat diagrammasi
3. Fe-C qotishmalari strukturalari va xossalari
Barcha metallarning rangdor va qora metallarga bo’linadi. Qora metallarga, asosan, temir va uning qotishmalari kiradi. Temir qotishmalaridan eng muximlarini hozirgi zamon mashinasozligining asosi bo’lgan po’lat bilan cho’yan tashkil etadi. Po’lat bilan cho’yan esa temir – uglerod qotishmalari deb ataladi.
Po’lat bilan cho’yan esa o’z tarkibi jixatidan murakkab, ya’ni ko’p komponentli qotishmalardir. Ammo ularning tarkibiga esa ikkita asosiy komponent-temir (Fe) va uglerod (C) kiradi, shuning uchun ham bu qotishmalarni temir-uglerod qotishmalari deb qarash mumkin.
5.1. Тemir va uning xossalari. Odatda, temir xech qachon mutlaqo toza holatda bo’lmaydi, unga hamma vaqt boshqa elementlar aralashgan bo’ladi. Hozirgi vaqtda ilmiy tekshirish ishlari uchun tarkibida 0,01% va xatto, undan ham kam qo’shimchalar bo’ladigan temir hosil qilish usuli topilgan. Ko’pchilik xollarda
texnika temiri deb ataladigan temir tekshiriladi, bunday temir esa hozir marten pechlarida ko’p miqdorda hosil qilinadi. Quyida keltirilgan ma’lumotlar huddi shu texnika temiriga oiddir.
1. Temir-yumshoq, plastik, kulrangroq tusda tovlanadigan oq metall bo’lib, 1539
0S da suyuqlanadi. Qattiq holatda temirning ikkita modifikatsiyasi bo’ladi, bular
a -temir(Fe
a ) va
g -temir (Fe
g ) dir.
a -temir temperaturalarining ikki oralig’ida: 911
oS dan past temperaturada va 1392 dan 1539
oS gacha temperaturalarda mavjud bo’la oladi. Buning sababi shuki, temirning erkin energiyasi (F) miqdori temperaturaga qarab ma’lum darajada o’zgaradi: 911oS dan past temperaturalarda
a -temirning erkin energiyasi
g -temirnikidan kam, 1392oS dan yuqori temperaturalarda esa ortiq bo’ladi. 911oS bilan 1392oS temperaturalar oralig’ida temir atomlarining yoqlari markazlashgan kub tarzida joylashuvi sababli erkin energiyasi kamroq bo’ladi, shuning uchun temir qizdirilganda 911oS temperaturada
a -temir
g -temirga, 1392oS temperaturada esa
g -temir
a -temirga aylanadi. 1392oS va undan yuqori temperaturadagi α-temir, ba’zan, δ-temir deyiladi. Ammo temirning bu modifikatsiyasi yangi bir shakl o’zgarish emas.
δ-temir 768oS va undan past temperaturadagi α-temirdan faqat kristall panjara parametrlari jixatidangina farq qiladi. Ba’zi metallarda, shu jumladan temirda ham, yaxshi magnitlanish xosasi bo’ladi. Temirning bu xossasi
ferromagnitlik xossasi deyiladi. Ammo temir qizdirilgan sari uning ferromagnitlik xossasi sekin-asta pasayib, ma’lum temperaturada butunlay yo’qoladi. Metallning ferromagnitlik xossasi butunlay yo’qoladigan temperatura
Kyuri nuqtasi deb ataladi. Demak, 768oS temperatura temir uchun kyuri nuqtasidir.
Temirning ferromagnitlik xossasi Kyuri nuqtasiga yaqinlashgan sari sekin-asta pasayib boradi va bu nuqtada temirning xossalari to’satdan o’zgarmaydi.
Ferromagnitlik xossasining o’zgarishida temperatura gisterezisi (p’ta sovish, o’ta qizish) bo’lmaydi va metallning mexanik va ba’zi fizikaviy xossalari o’zgarmay, balki ko’pgina elektr, magnit va issiqlik xossalari o’zgaradi. Metallning ferromagnitlik xossasi o’zgarganda metall qayta kristallanmaydi, ya’ni kristall panjara o’zgarmaydi, ammo kristall panjaraning parametrlari bir oz o’zgaradi.
Binobarin, ferromagnitlik xossasining o’zgarishi allotropik shakl o’zgarishdan butunlay farq qiladi. 768 bilan 911oS temperaturalar orasidagi α-temir magnitlanmaydi, shuning uchun u β-temir deb ataladi.
Temir ba’zi metallar bilan o’rin olish qattiq eritmalari hosil qiladi, metalloidlar, masalan, azot, uglerod hamda vodorod bilan esa singish qattiq eritmalar hosil qila oladi.
Dostları ilə paylaş: