"Tasdiqlayman " O'ibd o'rinbosari


Fe-Fe3C sistemasi holat diagrammasining yuqorigi chap burchagi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə20/21
tarix08.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#131248
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
dars texnologiyasi DAN

Fe-Fe3C sistemasi holat diagrammasining yuqorigi chap burchagi.
I qotishma sovitilganda uning o’zgarishini ko’rib chiqaylik. Suyuq qotishmaning kristallanishi 1 nuqtada boshlanadi, bu nuqtada suyuq qotishmadan ferrit (δ-qattiq eritma) kristallari ajralib chiqa boshlaydi.
Kristallanish jarayonida suyuq fazaning konsentratsiyasi AV chiziq bo’ylab, qattiq fazaning konsentratsiyasi esa AN chizigi buylab o’zgaradi. 2 nuqtada suyuq faza batamom qotadi, ya’ni bir jinsli qattiq qotishma-uglerodning δ-temirdagi qattiq eritmasi (ferrit) hosil bo’ladi. Bu 3 nuqtagacha o’zgarmaydi, ammo 3-4 nuqtalar orasida δ-qattiq eritma austenitga aylana boradi. β –qattiq eritmaning konsentratsiyasi NH chizigi bo’ylab, austenitning konsentratsiyasi esa JN chizigi bo’ylab o’zgaradi. 3 va 4 orasida turgan biror nuqtadagi ferrit bilan austenitning konsentrasiyalari va bu fazalarning miqdorlari yuqorida aytilgan prinsip asosida topiladi.
Fe- Fe3C sistemasi holat diagrammasining pastki chap burchagi.
Тarkibida 0,01% dan kam (x%) uglerod bo’lgan I qotishma 950oS chamasi temperaturada austenitdan iborat bo’ladi. Normal temperaturada temir Feα tarzida bo’ladi, binobarin, I qotishma sovitilganda 1 nuqtadan 2 nuqtagacha bo’lgan temperaturalar oralig’ida austenit ferritga aylana boradi. Sovish egri chizigida bu o’zgarish 1-2 kesma bilan ifodalangan.
Demak, 3’ nuqtadan pastda qotishma ferrit bilan uchlamchi semintitdan iborat bo’ladi, chunki ferritdan ajralib chiqadigan sementit uchlamchi sementit deb ataladi.
Qotishma sovitilaversa, bu jarayon davom etib,ferrit tarkibidagi uglerod miqdori 0,01% ga tushib qoladi. Suyuq qotishmadan ajralib chiqadigan sementit birlamchi sementit deb, austenitdan ajralib chiqadigani esa ikkilamchi sementit deb ataladi.
Endi, tarkibida 0,02% uglerod bo’lgan III qotishmani ko’rib chiqamiz.
III qotishma sovitilganda 1II nuqtada austenit ferritga aylana boshlaydi va bu jarayon 2II nuqtagacha davom etadi. 2II nuqtada esa austenitdan ferrit bilan ikkilamchi semintit aralashmasi (perlit) hosil bo’la boshlaydi, ya’ni evtektoidaviy jarayon boshlanib, bu jarayon o’zgarmas (7270S) temperaturada 21 II nuqtagacha davom etadi. 21 II nuqtada austenit perlitga batamom aylanadi. Binobarin, 21 II nuqtadan pastda qotishma ferrit bilan perlit (ferrit+ikkilamchi semintit) dan iborat bo’ladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin