"Tasdiqlayman " O'ibd o'rinbosari


Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə8/21
tarix08.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#131248
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
dars texnologiyasi DAN

Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish. Toza alyumi­niy oksidini alyuminiy rudalaridan korxona sharoitida olishda, rudanmg tarkibidagi giltuproqqa, temir, titan oksidlarning miqdoriga qarab ishqoriy usuldan yoki elektr-termik usuldan foydalaniladi.
1. Ishqoriy usul. Bu usuldan yuqori kremniyli va temirli boksitlardan giltuproq (A12O3) olishda foydalaniladi.
2. Elektr-termik usul. Bu usul prof. Kuznetsov A.N. va Jukovskiy tomonidan yaratilgan hamda Dnepropetrovsk alyuminiy kombinatida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Bu usuldan tarkibida 20 % gacha SiO2 bo'lgan boksitlardan A12O3 ni ajratib olishda foydalaniladi.
Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish. Hozirgi vaqtda kriolit (3NaF-AlF3) da erigan giltuproqni elektroliz qilish yo'li bilan alyuminiy olinadi. Alyuminiyni giltuproqdan ajratib olishda ishlatiladigan moslama metal vannadan iborat bo'lib, uning ich tomoniga grafit yoki press-langan ko'mir plitalar terilgan. Elektroliz vaqtida ana shu grafit yoki ko'mir plitalar katod vazifasini bajaradi.

Anod vazifasini anod shinasiga o'rnatilgan bir nechta ko'mir elek-trod bajaradi. Jarayonni boshlashdan avval vanna tubiga maydalangan koks yupqa qatlam qilib to'shaladi, so'ngra elektrod bu qatlamga tekkuncha tushirilib, tok beriladi. Vanna devori qizib, cho'g'langach, vannaga asta-sekin kriolit solinadi.
Erigan kriolit qatlami 200-300 mm ga yetgach, vannaga giltuproq solinadi. Jarayon 950-1000 °C haroratda boradi, ajralgan alyuminiy vanna tubida yig'iladi va vaqt-vaqti bilan vannadan olib turiladi. Elektroliz vaqtida alyuminiyning qaytarilishi quyidagi reaksiya bo'yicha boradi:
A1,O_, + 3C = 2A1 + 3CO
Anodda hosil bo'luvchi CO vanna sirtida yonadi. Vannadagi kuchlanish 5-10 V, tok kuchi 40000 A gacha bo'ladi. Elektroliz usulida 1 t alyuminiy olish uchun 2 t Al^O,, 0,6 t ko'mir elektrod, 0,1 t kriolit, 18000 kV/coat elektr energiyasi sarflanadi.
Bu usulda olingan alyuminiy kriolit zarrachalaridan va unda erigan gazlardan tozalanadi. Tozalangan alyuminiyda 0,3-1 % qo'shimchalar bo'ladi.
Quyida DS 3549-55 bo'yicha alyuminiy markalari va ular ishlatiladigan sohalar keltirilgan.
AB1 - elektrotexnika kondensatorlarini tayyorlashda;
AB2 - kimyoviy apparatlar tayyorlashda;
A00, А0- o'tkazgichlar tayyorlashda;
Al, A12- kabel va ovqat pishiruvchi idishlar tayyorlashda;
A3 - qotishmalar olishda.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin