Marten usuli bilan 85% gacha po'latlar ishlab chiqariladi.Bu usul bilan bir qatorda konvertor usullari xam qo’llaniladi.Bessimer va Tomas konvertorlari yuqori ishlab chiqarish quvvatiga egaligi bilan bir qatorda yonilgi sarflamasdan po'lat olish mumkinligi kabi yutuqlarga ega.
Konvertor usulida po'lat ishlab chiqarish. Konvertor usulining ixtirochisi ingliz olimi G. Bessemer xisoblanadi. U 1854-1856 yillarda yonilgisiz kislorod puflash bilan po'lat olish usulini tatbiq etdi. Zamonaviy konvertorlar sigimi 250-400 tonnani tashkil etadi. Bessemer konvertorining yutuklari uning suyuq cho'yanni yuklash osonligi, ya'ni kiyalatib maxsulotni yuklash va chikindi shlaklarni olib tashlash kabi imkoniyatlarga ega.Po'lat idish noksimon shaklda bulib bulib aylanadi. Konverter orkali xavo puflanadi. Bunda qo'shimchalar yonadi (oksidlanadi).15-16 minutdan keyin konvertordan metal ustida yigilgan shlak olinadi va metall namunasi tekshiriladi. Bu 7-8 minut vaktni oladi. Keyin konverter tik xolatga keltirilib ikkinchi bor kislorod bilan kerakli markadagi po'lat xosil bulgunga kadar puflanadi.Shu tariqa butun texnologik jarayon 50-60 min, kislorod bilan puflash esa 18-30 min davom etadi.Ushbu usulning kamchiliklaridan biri metalldan Oltingurgut va Fosforni chiqarish imkoni yo'qligidir.
Tomas usuli fosforga boy temir rudalaridan cho'yan suyuqlantirib olishda kullaniladi. Bu usulning Bessemer usulidan farki shundaki, konverterning ichki koplamasi dolomit massadan tayyorlanadi, konverterga esa fosforning yonishi natijasida xosil buladigan fosfor(V) oksidni boglash uchun oxak kushiladi.Bunda olinadigan shlak Tomas shlaki deyiladi va tarkibida 20% ga yakin Fe2O3 buladi. Po'lat olishning barcha usullarining kimyosi bir xil.
Elektr pechlarida po'lat olish.
Yuqori legirlangan po'latlarni suyultirib olishda elektr pechlarining axamiyati katta.Bunda uch fazali grafitlashgan elektrodli elektr pechlaridan foydalaniladi.Ushbu pechlarning sigimi 400 tonnaga etadi.' Elektr pechlari metallni kuyib olish va shlaklarni tukish uchun kiyalatish mexanizmi bilan ta'minlangan.Pech yonida elektrodlarni kutaruvchi mexanizm va energiya bilan ta'minlovchi transformator joylashgan.Transformatorlarning kuvvati pechning ulchami va sigimiga boglik buladi. Masalan, 10 tonnalik pechlar 3,5 MV*A , 250 tonnalik pechlar 65 MV *A quvvatli transformatorlar bilan ta'minlangan.
Elektrodlarni metall hixtaga tushirishdan oldin massaga nisbatan 2-3% oxak solinadi. Oxak yoyning tekis yonishiga va shlakning tezda xosil bulishiga yordam beradi.Pech yuklangandan 10-15 minut keyin 60-70% shlak tukib olinadi.Keyin yana (1-1,5%massaga nisbatan) oxak kushiladi va qo'shimchalardan tozalanadi. Elektr pechlarida jaraen po'lat markasiga karab 3-6 soat davom etadi. 1 tonna uglerodli po'lat olish uchun 500-700 kVt*s ,lt. legirlangan po'lat olish uchun esa 1000kVt*s gacha elektr energiyasi sarflanadi.
Elektr pechlarining yutuqlaridan biri temperaturani bir maromda saqlab turish imkoniyati borligi va pechga xizmat kursatishning osonligidir.Uning kamchiliklari elektr energiyasi sarfmmg yukoriligi, ya'ni maxsulot tarmarxining kimmatligidir.