Fan bo’yicha talabaning bilimi, ko’nikmasi va malakasiga qo’yilgan talablar Mazkur fanni o’rganish davomida talaba:
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishning nazariy asoslari; ijtimoiy ta’lim ijtimoiy hodisa va shaxsning ijtimoiy rivojlanish omili ekanligi, shaxsning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiylashuvi, muloqot, o'yin, o'qish, ijtimoiy foydali faoliyatda ijtimoiy munosabatlar tajribasi to'planishi to’g’risida bilishi va ulardan foydalana olishi;
maktabgacha yoshdagi bolaning turli yosh davrlarida ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishining ko'rsatkichlari, maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishiga ijtimoiy muhitning ta'sirini hisobga olish, maktabgacha yosh davrida shaxsni ijtimoiylashtirishning qiyinchiliklari va xavfliligi (kasallik va jismoniy shikastlanish, ota-onalarning axloqsizligi, to'liq bo'lmagan oila, oilaviy qashshoqlik, tengdoshlarning rad etishi, ijtimoiy bo'lmagan mikro jamiyat)ni diagnostika qilish, korrektsiyalash va prognozlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
ijtimoiy ta'lim kontseptsiyasi va dasturini samarali qo’llay olish, ijtimoiy ta'limning vazifalari va tarbiyachining bolalar bilan ishlash usullari, maktabgacha yoshdagi bolani atrof-muhit bilan o'zaro aloqasida ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy moslashish bolaning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuvi sharti va natijasi, bolalarda muloqotmandlikni rivojlantirish malakasiga ega bo’lishi taminlanadi.