Ajratish tartibi
|
Kabel konstruktsiyasining
elementlari
|
Elementlarning xarakteristika-si va ularning o’lchamlari
|
Corning cable systems
|
Fujikura
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Kabel diametri, mm
|
|
|
2
|
Namgarchilikdan muhofazalaydigan qobig’: konstruktsiyasi,
materiali,
qalinligi, mm
|
|
|
3
|
Zirx qatlamlari:
konstruktsiyasi,
materiali,
qalinligi, mm
governing balandligi, mm
|
|
|
4
|
Zirx osti yostig’i:
konstruktsiyasi,
materiali
|
|
|
5
|
Ichki namgarchilikdan muhofazalaydigan qobig’:
konstruktsiyasi,
materiali,
diametric, mm
qalinligi, mm
|
|
|
7
|
Qattiqlovchi elementlar:
konstruktsiyasi,
materiali
|
|
|
8
|
Belbog’li izolyatsiya:
konstruktsiyasi,
materiali
|
|
|
|
O’zak tuzilishi
|
|
|
9
|
Tolalar joylashgan optik modul:
soni,
konstruktsiyasi,
materiali,
qiametri, mm
|
|
|
10
|
Modulda,
kabelda joylashgan optik tolalar soni
|
|
|
11
|
To’ldirgich kordellari:
soni,
konstruktsiyasi,
materiali,
diametri, mm
|
|
|
12
|
Markaziy qattiqlovchi element:
konstruktsiyasi,
materiali,
diametri, mm
|
|
|
13
|
Kabel rusumi
|
|
|
1.2 – jadval
№
|
Texnik tavsiflari (xususiyatlari)
|
Parametr
|
Corning cable systems
|
Fujikura
|
1
|
Ishchi to’lqin uzunligi, mkm
|
|
|
2
|
Bir juft optik tola bo’yicha tashkil etiladigan kanallar soni.
SDH asosida qo’llanuvchi raqamli uzatish tizimi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi.
|
|
|
3
|
Ko’rib chiqilgan kabel bo’yicha tashkil etiladigan umumiy kanallar soni.
|
|
|
4
|
Ko’rib chiqilgan kabelni qo’llaniladigan aloqa tarmog’i.
|
|
|
6. Optik aloqa kabellarini texnik tavsiflari
6.1. "CORNING CABLE SYSTEMS" (AKSH - Germaniya) firmasi optik kabellarining rusumlanishi
Germaniya kabel ishlab chiqarish sanoatida qo’llanuvchi kabellar rusumlarining standartlari Germaniya Elektrmuxandislar Assotsiatsiyasi VDE (Verband Deutshher Electrotechniker-Association of german Electrical Engineers) tomonidan ishlab chiqarilgan.
Optik tolali aloqa kabellarini rusumlanishida xarfli va sonli belgilanishlar qo’llanilgan, bunday belgilanishlar va ularning ingliz tili hamda o’zbek tilida o’qilishi 1.3 - jadvalda keltirilgan.
Bu kabellar quyidagilar.
liniya kabellari;
stantsiya kabellari;
osma kabellar;
suv osti kabellar;
optik mikrokabelli sistema;
6.2. Liniya kabellari
Telefon stantsiyalarini tashqarisida shaxarlarni bir-biri bilan bog’lash uchun va shaharlarda qo’llanuvchi kabellar liniya kabellari deb yuritiladi. Yotqizilish sharoitiga qarab, ular asosan yer tagida, telefon kanalizatsiyasida, metro kollektorlarida joylashtiriladi.
Shaharlararo optik tolali liniyalarida qo’llanuvchi kabellarni to’g’ridan-to’g’ri yerga va telefon kanalizatsiyasiga yotqizish mumkin. Bunday kabellar quyidagi belgilanishga ega A-DF(ZN) 2 Y (SR) 2Y.
1.1-rasmda A-DF(ZN) 2Y (SR) 2Y 3x6 E 9/125 0.36 F 3.5 +0.22 H 18LG rusumdagi optik kabelning konstruktiv tuzilishi ko’rsatilgan [1,2].
Kabelning o’zagida joylashgan 1 qattiqlovchi element stekloplastikdan iborat bo’lib, uning atrofida Ye 9/125 turidagi 2 bir modali tolalar termochidamli ftoroplastli 3 naychada joylashgan. Bunday optik tolalar joylashgan naycha modul deb ataladi. Markaziy qattiqlovchi element atrofida uchta moduldan tashqari ikkita polietilen to’ldirgichli kordel 4 o’ramlari o’ralgan. Modul va kordel o’ramlari kabelning o’zagini tashkil etadi. Bu o’zak ustiga ikki qavvat nam o’tkazmaydigan qattiq qog’oz 5 va uning ustidan shoyi ip to’qimalari 6 o’ralgan. Kabelning ichki qobig’i 7 polietilendan iborat.
1.1 – rasm A-DF(ZN) 2Y (SR) 2Y 3x6 E 9/125 0.36 F 3.5 +0.22 H 18LG rusumdagi optik kabel
Optik kabellarni mexanik ta’sirlardan muhofazalash uchun ichki polietilendan iborat bo’lgan qobig’ ustidan yostiq vazifasini bajaruvchi 8 kabel qog’ozi va uning ustidan po’latdan qilingan to’lqinsimon qobig’ 9 qoplanadi. Po’lat qobig’ polietilenli shlang tashqi qobig’ 10 bilan qoplangan. Kabelning o’zagi gidrofob to’ldirgich 11 bilan germetizatsiya qilingan.
A-DF(ZN) 2 Y (SR) 2Y 3x6 E 9/125 0.36 F 3.5 +0.22 H 18LG
rusumidagi optik kabel belgilanishidagi xarfli va sonli belgilar quydagilarni bildiradi:
A – liniya kabeli;
D - ko’p tolali modul, to’ldirgichli;
F - kabelning o’zagi gidrofob to’ldirgich bilan to’ldirilgan;
(ZN) 2 Y - tashqi qobig’i polietilenli;
(SR) - to’lqinsimon po’lat qobig’;
2Y - ichki qobig’i polietilenli;
3 - modullar soni;
6 - moduldagi tolalar soni;
E – shisha/shishadan iborat bo’lgan bir modali tola;
9 - o’zak diametri; mkm;
125 - tola qobig’ diametri, mkm;
0,36 - so’nish koeffitsienti, dB/km;
F –to’lqin uzunligi, 1.3 mkm;
3,5 - impulsning kengayishi (dispersiya hisobiga), ps/(nm x km);
0,22 - so’nish koeffitsienti, dB/km;
H –to’lqin uzunligi,1.55 mkm;
18 - impulsining kengayishi (dispersiya hisobiga ps/nm x km);
LG - kabel o’zagi qatlamli o’ramdan iborat.
Mahalliy tarmoqlarda ba’zi bir holarda aloqa kabellari metropoliten kollektorlarida yotqizilishi mumkin. Bunday joylarda yotqizilgan aloqa kabellari odatda polivinilxlorid qobig’da bo’lib, ular yong’inga chidamli bo’lishlari kerak. Bu joylarda yotqiziladigan kabellarning konstruktiv o’zgarishni e’tiborga olingan holda A-DF(ZN) Y (SR) 2Y 3x6 E 9/125 0.36 F 3.5 +0.22 H 18LG rusumdagi optik kabel ishlatiladi.
kabelning tashqi qobig’i polietilendan bo’lib, uning qalinligi 1,5 mm, gofrlangan po’lat qobig’ini qalinligi 0.155 mm va gofr balandligi 0.4 mm bo’lib polimer 0.05 mm qalinlikdagi qatlamdan iborat. Kabel o’zagidagi modul yoki kordel to’ldirgich diametri 2 mm va markaziy qattiqlovchi element diametri 2 mm. Bunday kabelning qurilish uzunligi 2000 m. Kabelni yotqizish jarayonida atrof muhit harorati -50 S dan +500 S, kabelning ishlatilish harorati -200 S dan + 600 S gacha.
Telefon kanalizatsiyalarida A - D(ZM) · (SR) 2Y turidagi kabellar yotqiziladi. Bu kabellar po’latli to’lqinsimon (gofrli) qobig’larga ega. tashqi polietilen qobig’i ikkita po’lat simlar bilan qattiqlangan. bunday muxofazalangan kabellar telefon kanalizatsiyasida tortilayotgan paytda kuch, asosan tashqi qobig’ ichidagi ikkita simga tushadi. kabellar o’zagi bir modul tuzilishida bo’lib, hamma tolalar ftorplastli naycha ichida joylashadi.
Qo’llanish joyiga qarab, ular universal kabellar bo’lib, bunday kabellarni shaharlararo aloqa tarmoqlarida va shahar telefon tarmoqlaridagi ATSlarni bir - bir bilan bog’lovchi liniyalarda qo’llash mumkin.
Adabiyotlar
"Fujikura" firmasi tomonidan tayyorlangan “Optik kabellar” prospektlari.
2. Vasilev V.N. Opticheskie kabeli. Spravochnыe posobie, ch.1. Tashkent TUIT. 2003 g.
Dostları ilə paylaş: |