Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


moylash materiallari turiga,  shuningdek, boshqa ko‗p omillarga bog‗liq. GOST 23.002-78 ga binoan  mashinalar uchun uch turdagi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
moylash materiallari turiga
shuningdek, boshqa ko‗p omillarga bog‗liq. GOST 23.002-78 ga binoan 
mashinalar uchun uch turdagi
 
yeyilish: mexanik, korrozion mexanik va 
elektr toki ta‘sirida yeyilish belgilangan. Har bir yeyilish gruppasi 1.6-
rasmda keltirilgan bir necha turga bo‗linadi. 
Yuzalaming toliqishdan yeyilish nazariyasiga muvofiq, yeyilishni 
friksion bog‗lanishning buzilishi deb qarash lozim. Friksion bog‗lani-


17 
shning buzilish xarakteri bir necha omillarga borliq. Ularning asosiylari 
quyidagilardan iborat: birgina notekislik botish chuqurligi 
(h) 
ning uning 
radiusiga nisbati 
(h/r) 
hamda molekulyar bog‗lanish tangensial mustah-
kamligining asosiy materialning oquvchanlik chegarasi o ga nisbati 
(r/tr,). 
(h/r) 
ning miqdori geometrik xarakteristika bo‗lib, tutashuvning 
elastik, plastik yoki mikrokesilishga moyilligini ko‗rsatib beradi. 
(t/g,) 
ning miqdori esa detal materialining fizik-mexanik xususiyatlarini 
ko‗rsatadi. 
1.6 - rasm. Yeyilish turlari tasnifi 
 
Tashqi ishqalanishda friksion bog‗lanishning buzilishi ikki 
jismning tutashish yuzasida yoki bu jismlarni qoplab turgan yupqa 
pardalar orasida sodir bo‗ladi. Agar friksion bog‗lanishning buzilishi 
tutashish yuzalarida emas, balki asosiy material yuzasidan chuqurroqda 
sodir bo‗lsa, tashqi ishqalanish ichki ishqalanishga o‗tadi. 
V. Kragelskiy tomonidan taklif qilingan tasnifda bardaror haro-
ratda moysizlik va chegaraviy moylanish sharoitida friksion bog‗la-
nishning besh turi ko‗rsatiladi. 
1.
Kontrjism bo‗rtiqlari bilan materiallarni elastik siqib chiqarish 
tutashuv yuzasidagi kuchlanish oquvchanlik chegarasidan oshib ketma-
Yeyilish 
Korrozion - 
mexanik 
Molekulyar-mexanik 
Mexanik 
Abr
az
iv
S
ha
kl o‗z
ga
rishi natij
asid

Mo‗r
t yemiril
ish nati
jasida
C
ha
rc
ha
sh na
ti
jasida
Atoml
ar ta
nlab 
o‗
ti
shi 
shar
oit
ida
Adge
zion
Oksidl
anish n
ati
jasida
Er
osion
Ka
vit
atsi
on
F
re
tt
ing
-korr
oz
iya 
jar
ayonida


18 
gan holda sodir bo‗ladi. Bu holda materialning yeyilishi uning toliqishi 
natijasida yuzaga keladi. 
2.
Materialning plastik siqib chiqariiishi kontakt kuchlanishi oquv-
chanlik chegarasiga yetganda va siqib chiqarilgan material botirilgan 
bo‗rtiq atrofidan aylanib o‗tganda sodir bo‗ladi. Bu holda yeyilish kam 
skill plastik qayta deformatsiyafanish (kam siklli friksion toliqish) 
natijasida sodir bo‗ladi. 
3.
Mikrokesilish kontakt kuchlanishlar yoki plastik deformatsiyalar 
miqdori chegaraviy qiymatdan ortib ketganda sodir bo‗ladi. Yeyilish bir 
tutashuvli o‗zaro ta‘sir natijasida sodir bo‗ladi. 
4.
Adgeziya natijasida friksion bog‗lanishning buzilishi (yopi-
shishga qarshi yupqa pardalarning yirtilishi) to‗g‗ridan-to‗g‗ri buzilishga 
olib kelmaydi, ammo u kontakt kuchlanish va deformatsiya miqdoriga 
ta‘sir qilib, toliqish jarayoniga ta‘sir ko‗rsatadi. Adgezion buzilish 
pardaning mustahkamligi asosiy materialning mustahkamligidan kam 
bo‗lmaganda ya‘ni gradient musbat (
dT/dk>0) 
bo‗lganda sodir bo‗ladi. 
5.
Kogezion o‗yilish, friksion bog‗lanish mustahkamligi (pardaning 
mustahkamligi) 
asosiy 
materialning 
mustahkamligidan 
yuqori 
bo‗lganda, ya‘ni mexanik xossalar gradient manfiy (
d/dh<0) 
bo‗lganda 
sodir bo‗ladi. Bu holda yeyilish birgina ta‘sir tufayli chuqur o‗yilish 
natijasida sodir bo‗ladi. 
Mikrokesilishda va kogezion o‗yilishda yeyilish maksimal, elastik 
tutashuvda va minimal qiymatga ega bo‗ladi. 
Yeyilish jarayonini boshqacha tasniflashni ham ko‗rib o‗tamiz. 
Birinchi tasnif 1921-yili Brinel tomonidan taklif qilingan. Bunda u 
kinematik belgilariga va ishqalanuvchi sirtlar orasidagi moyga bog‗liq 
holda ishqalanishni quyidagi turlarga ajratadi: 
1.
moyli dumalab ishqalanish
2.
moysiz dumalab ishqalanish; 
3.
moyli sirpanib ishqalanish; 
4.
moysiz sirpanib ishqalanish; 
5.
ikki qattiq jism orasidagi ishqalanish; 
6.
qattiq jismlar orasida oraliq silliqlovchi kukun borligidagi 
ishqalanish. 
B.I.Kostetskiy mashina detallarining yeyilishini ishqalanish juftlik-
lari metallarining yuza qatlamlarida kechadigan asosiy jarayonlar bo‗-
yicha quyidagi turlarga bo‗ladi: plastik deformatsiyalanish; mustahkam-


19 
lanish; metall bog‗lanishlar hosil bo‗lishi va ularning buzilishi
adsorbsiyalanish; diffuziyalanish va kimyoviy bog‗lanishlar hosil qilish; 
qizish va issiqlik hodisalari natijasida metall xossalarining o‗zgarishi; 
kesilish va toliqish hodisalari. 
B. I. Kostetskiy barcha buzilish jarayonlarini normal (nazariy jihat-
dan muqarrar va amaliy jihatdan joiz) va patologik shikastlanish 
(mashinaning ishi jarayonida ruxsat etilmagan) hodisalariga ajratadi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin