Korrozion mexanik yeyilish . Detallar yuzalarda mikro notekislik-
lar mavjud. Bu detallarning ishqalanib ishlaydigan yuzalarida
maqalliy
kontaktlar paydo bo‗ladi. Bu kontaktlarda esa solishtirma bosim juda
oshib ketadi. Shu tufayli yuzadagi moy pardalarida uzilishi sodir bo‗ladi
va ishqalanib ishlaydigan detallarning yuzalaridagi notekisliklar bir-
biriga tegib katta bosim hamda ishqalanish natijasidagi yuqori harorat
ta‘sirida payvandlanib qoladi. harakat davomida payvandlangan joylar
sinadi, ya‘ni detalning yeyilishi yuzaga keladi.
Mexanik yeyilish – mexanik ta‘sirlar natijasidagi yeyilish bo‗lib, u
abraziv, gidroabraziv (gazoabraziD), erozion, gidroerozion (gazoero-
zion), kavitatsion, fretting, toliqish va qadalishdagi yeyilishga ajratiladi.
Abraziv yeyilish – mashinalarda mikroplastik deformatsiyalarning
sodir bo‗lishi va metallni ishqalanish sirtlari orasidagi qattiq abraziv
zarrachalar kesishi oqibatida vujudga keladi. Atrof-muhitdan tushgan
yoki boshqa turdagi yeyilish mahsulotlaridan hosil bo‗lgan abraziv
zarrachalar ko‗pincha o‗zining qattiqligi jihatidan ishqalanuvchi detallar
qattiq1igidan yuqori bo‗ladi va kesuvchi asbob sifatida ta‘sir ko‗rsatadi.
Shu
boisdan abraziv yeyilish o‗zining tabiati va kechish mexanizmi
jihatidan metallarni kesishda kechadigan hodisaga juda o‗xshab ketadi.
Abraziv muhitda ishlaydigan mashina detallari (gusenitsali traktorlar va
yo‗l qurilish mashinalarining yurish qismlari, qishloq; xo‗jalik
mashinalarining ish organlari va hokazo) abraziv yeyilishning ana shu
turiga moyildir.
Gidroabraziv (gazobrazid) yeyilishni – suyuqlik (gaz) oqimi
siljitadigan abraziv (qattiq)- zarrachalar keltirib chiqaradi. Abraziv
zarrachalar
pala-partish
zapravka
qilish,
suyuqlikning
yaxshi
filtrlanmaganligi va tozalanmaganligi oqibatida ifloslanish hisobiga
suyuqlik (gaz) oqimiga tushadi. Bu turdagi yeyilish suv, moy va yonilg‗i
nasoslari, gidrokuchaytirgichlar, tormoz va boshqa sistemalarning
detallari, silindr-porshen gruppasi detallari va hokazolar uchun
xarakterlidir.
Ishqalanuvchi sirtlar qattiqligini oshirish va ularga ishlov berish
sifatini yaxshilash, barcha turdagi remont paytida barcha zichlash
qurilmalarini yaxshilab germetiklash, shuningdek yonilg‗i va moylash
materiallarini
mexanik
aralashmalardan
tozalash
hamda
ishlatilayotganda barcha zichlash (qistirmalar, g‗iloflar va hokazo) va
tozalash (yonilg‗i va moy filtrlari, havo tozalagich) qurilmalarini toza
22
holatda tutish abraziv yeyilishga qarshi kurashning eng samarali
usullaridir.