271
o‗qlar va
vtulkalar
Detallarni ishlash qobiliyatini qayta tiklashda texnologik jarayonla-
rini loyihalashda, detallarni texnologik zaminlarni tanlash asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Chunki detallarga ishlov berishda yeyilgan
zamin yuzalarga.duch.kelinadi, ba‘zida esa bu yuzalar to‗liq yeyilgan
holatda bo‗ladi. Shu sababli zamin yuzalarni tanlash bu detallarni turi
yeyilgan yuzalarga yeyilish darajasiga qayta tiklash usuliga bog‗liq
bo‗lgan murakkab muqandislik vazifa hisoblanadi.
Bu borada qaror qabul qilishda quyidagilarni e‘tiborga olish
zarur:
- detallarni zaminlash jarayonida ularning tayanch nuqtalaridan
iborat n ta bog‗liqlikni belgilash lozim. Oltitadan ortiq bog‗liqliklar
qayta tiklash jarayonini murakkablashtiradi;
- dastgoqga o‗rnatish jarayonida zamin gazlar sifatida maksimal
mustahkamlikni ta‘minlovchi gazlar qabul qilinishi lozim. Bunda
zaminlarni doimiyligini saqlash maqsadga muvofiq bo‗ladi;
- zamin yuzalar sifatida umuman ishlov berilmaydigan yoki juda
kam aniqlik bilan ishlov beriladigan yuzalar tanlanishi kerak. Bunda
bu yuzalarda tozalangan gazlarga nisbatan kam siljish yuz beradi. Shu
bilan birga zamin yuzalarda nishabliklar va g‗adir-budurliklar imkon
darajasida kam bo‗lishi kerak;
- zamin yuzalar sifatida, detallarni uzel yoki agregatlardagi o‗rnidagi
zamin yuzalari tanlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: