Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

yeyilishini o‘lchash sxemasi 
Sharikli va rolikli radial podshipniklarning yengil aylanishi ichki 
xalqasini ushlab turib tashqi xalqasini aylantirib ko‗rib tekshiriladi. 
Tekshirish oldidan podshipnik dizel yonilg‗isining benzindagi 10% li 
eritmasiga botiriladi. Yaroqli podshipnik sezilarsiz tormozlanishsiz va 
qadalmay bo‗g‗iq shipillagan tovush chiqarib oson aylanadi. 
Xalqalarning notekis yeyilgan dumalash yo‗llari va zazorlar KI-
1223 pribori yoki 70.8019.1501. asbobi yordamida o‗lchanadi (4.11-
rasm). Podshipnik 2 asbobga Mahkamlanib, indikator 3 ning o‗lchash 
sterjeni tashqi xalqaga vertikal diametrlar bo‗yicha o‗rnatiladi. 
Xalqalarning maksimal tepishi, ya‘ni dumalash yo‗lining notekis yeyil-
ganligi ichki va tashqi xalqani galma-galdan aylantirib, strelkaning umu-
miy og‗ishi bo‗ylab aniqlanadi. So‗ngra indikator yordamida podshipnik 
xalqasi vertikal yo‗nalishda maksimal tepish holatiga o‗rnatiladi va 
radial zazor tashqi xalqani surib o‗lchanadi. 


78 
 
 
 
4.11-rasm. Dumalash podshipniklaridagi xalqalari g‘ildirash 
yo‘llarining notekis yeyilishini va radial zazorni aniqlash 
Aksari traktor hamida avtomobillar bir qatorli sharikli va rolikli 
podshipniklari uchun dumalash yo‗lining yo‗l qo‗yiladigan notekisligi 
qiymati 0,06…0,08 mm, radial zazorniki 0,08…0,10 mm atrofida 
bo‗ladi. 
4.5. Detallarni yaroqlilik guruhlari va ishlash imkoniyatini tiklash 
yo‘nalishlari bo‘yicha saralash texnologiyasi 
 
Texnologik sharoitlardan foydalanib saralash asosida detallar 
guruhlarga (yaroqli, yaroqsiz, ishlash imkoniyatini tiklash mumkin 
bo‗lgan va yeyilmaydigan detallarga) ajratiladi. 
So‗ngra ajratilgan detallar guruhlarga saralangan detallarga oid 
bo‗yoqlar bilan bo‗yab chiqiladi. Avtomobil ta‘mirlash korxonalarida 
yaroqsiz detallarga qizil, tiklanishi mumkin bo‗lgan detallarga sariq, 
yaroqlilariga esa yashil rangdagi bo‗yoqlar bilan belgilanadi. 
Detallarni saralash natijalari nuqsonlar vedomostiga (1 va 2 
formalar) yozib chiqadi. 2 vedomostda to‗rt bo‗lak to‗ldirilgach har bir 
bo‗lagi alohida ajratiladi. Demak, vedomost 4 ta bo‗lakdan iborat bo‗lib, 
detallar yaroqliligiga qarab bu bo‗laklarga kiritiladi.
bu yerda: 


79 
P
Ya
, P
T
, P
YaS
– tegishli ishlash imkoniyati tiklanadigan yaroqsiz
detallar soni. 
N – ma‘lum vaqt ichida ta‘mirga olinadigan avtomobillarning bir 
nomli detallarning umumiy soni. 
Shunday qilib, detallarni tiklash koeffitsiyenti Kt ni har qaysi 
detal bo‗yicha yo‗nalish koeffitsiyentlari K
1
,
K
2
, K
3
va boshqa koeffitsi-
yentlarga ajratish mumkin. 
K
T

K
1

K
2

K





K

Yuqorida aytilgandek, tekshirish va saralash bo‗limida har qaysi 
detalning texnik shartlar asosida qaysi guruhga (yaroqli, yaroqsiz yoki 
ta‘mirlanishi kerak bo‗lgan detallarga) mansubligi aniqlanadi. Bu 
ishning natijalari nuqsonlar ko‗rsatiladigan vedomostlarga yozib 
qo‗yiladi. Ana shu vedomostlarni tahlil qilish natijalari asosida 
yaroqlilik 
K
yt
,
, tiklanuvchanlik 
K, 
va yaroqsizlik K
vas 
koeffitsiyentlari 
aniqlanadi. Bu koeffitsiyentlarga ko‗ra, ta‘mirlash korxonasining ishlab 
chiqarish faoliyati rejalashtiriladi. 
Koeffitsiyentlarning 
qiymati 
nuqsonlar 
yoziladigan 
vedomostlardan 
matematik 
statistika 
usullari 
bilan 
ishlab 
chiqilgandagina 
amaliy 
ahamiyatga 
ega 
bo‗lishi 
mumkin. 
Ta‘mirlanadigan 
detallar 
haqida 
shunday 
yo‗l 
bilan 
olingan 
ma‘lumotlargina aniq bo‗ladi. Biroq masalani hal qilishning bunday 
usuli detallarning ishlash imkoniyatini ayrim nuqsonlar majmui 
qanchalik tez takrorlanishini hisobga olmay, balki nomlar bo‗yicha 
tiklash koeffitsiyentlari to‗g‗risidagina tasavvur beradi. 
Ma‘lumki detallardagi ish yo‗llalarining yeyilishga chidamliligi 
turlicha bo‗ladi, binobarin ular har xil usullar bilan (lurli sexlarda) 
tiklanadi. Shunga ko‗ra. nuqsonlar ko‗rsatiladigan vedomostlar bo‗yicha 
aniqlangan koeffitsiyentlar sexlarni ish bilan to‗la band qilish, shuning-
dek, yangi korxonalarni loyihalash va ishlab turganlarini qayta qurishda 
mazkur sexlarning ish rejalarini aniqlash uchun yetarli bo‗lmaydi. Hisob 
yuritish va mazkur koeffitsiyentlami aniqlash ishini nuqsonlar ko‗rsati-
ladigan vedomostlar asosida emas, balki detallar holati marshrutlari 
bo‗yicha tuzib boriladigan vedomostlar asosida olib borish to‗g‗riroq 
bo‗ladi. Chunki shunday qilinganda tegishli ish hajmini ishlarning 


80 
xilidan hisoblab chiqarish mumkin bo‗ladi. Bu esa sexlarni ish bilan 
to‗la band qilishda muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin