86
Tabiiy yeyilish natijasida detallarni ish yuzalarini o‗lchamlari hamda
tutash yuzalarni diametrik o‗lchamlari o‗zgargan bo‗ladi.
Detallardagi mexanik shikastlanishlar jumlasiga holdik deformat-
siyalar, yoriqlar, siniqlar, uvalanishlar, yulinishlar va o‗yiqlar kirada.
Antikorrozion qoplamalar detal sirtiga, odatda, galvanik yoki
kimyoviy usul bilan surtilgan moy va bo‗yoqlardan iborat.
Antikorrozion qoplamasi shikastlangan detallar jami shikastlangan
detallarning kamroq qismiini tashkil qiladi.
Detallarning ishlash imkoniyatini tiklash texnologiyasining asosiy
vazifasi
tutashgan
detallarning
ishlatish
davrida
buzilgan
bog‗lanishlarini
tiklash,
ularning
mustahkamligini,
yeyilishga
chidamliligini va korroziyaga bardoshligini, bu bilan detal va
agregatlarni ta‘mirlararo vaqtdagi xizmat muddatini oshirishdir.
Tutashma detallarni ishlash qobiliyatini ikki xil yo‗l bilan tiklash
mumkin:
1. Detallarni yeyilish natijasidagi o‗lchamlarini oldindan belgilab
qo‗yilgan navbatdagi ta‘mir o‗lchamlariga moslab o‗zgartirish.
2. Detallarni o‗lchamlarini dastlabki holatga to‗la keltirish.
Tutashma detallarning ish qobiliyatini birinchi yo‗l bilan tiklashda
tutashuvchi yuzalarni har birini mexanik ishlov berish yo‗li bilan
topshiriqda ko‗rsatilgan ta‘mir o‗lchamlarini hosil qilishga imkon
beradigan usullardan foydalaniladi. Bunda tutashmani eng qimmat va
murakkab detalining yuzasi ishlov berilib, uning geometrik shakli
tiklanadi va me‘yordagi ta‘mir o‗lchamlari hosil qilinadi. Tutashmaning
boshqa detali o‗rniga yangisi qo‗yiladi, yoki eskisining o‗lchamlari
yangi ta‘mir o‗lchamiga moslanadi.
Tutashma detallarning ish qobiliyatini ikkinchi yo‗l bilan tiklashda,
yeyilgan yuzalariga ilgarigi geometrik o‗lchamlarini metall yoki
plastmassa qoplash bilan tiklashga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: