Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
V BOB. DETALLARNI TIKLASH USULLARI 
 
5.1. Detallarni ishlash imkoniyatini tiklash usullari 
 
Avtomobillarning ekspluatatsiyasi jarayonida, ularning detallari 
chidamliligiga qarab ish yuzasi vaqt davomida har qil darajada yeyilib 
boradi. Kapital tamirga topshirilgan avtomobillar qismlarga ajratilgach, 
saralash paytida uch guruhga, ya‘niy ishga yaroqli, qayta tiklab bo‗lma-
ydigan (ishga yaroqsiz), ma‘lum miqdorda mehnat va material sarflash 
bilan ishlash qobiliyatini qayta tiklash mumkin bo‗lgan detallarga 
bo‗linadi. 
Detallarning nuqsonini turiga, tavsifiga qarab ularni ishlash 
imkoniyatini tiklash tasnifi 5.1- rasmda ko‗rsatilgan. 
DЕTALLARNING ISHLASH 
IMKONIYATINI TIKLASH 
USULLARI 
Mеxanik 
shikastlangan 
joylarni tiklash 
Yeyilgan 
yuzalarni 
tiklash 
Korxonalardan himoya kilish 
qoplamlarning shikastlangan 
joylarning tiklash 
Bosim ostida tiklash, 
Payvandlash, 
Kavsharlash, To‗ldirib 
tеksilash va yopish-
tirish Plastmassalar 
bilan tiklash mеtallash. 
Mеxanikaviy ishlov bеrish, 
Bosim ostidagi tiklash, 
Suyultirib qoplash mеtallash, 
Galvanik va kimyoviy usulda 
tiklash, Elеktr uchquni 
vositasida tiklash 
Bo‗yash, 
Galvanik 
qoplash 
Kimyoviy 
ishlov 
bеrish 
Mеtallash. 


85 
5.1-rasm

Detallarning ishlash imkoniyatini mexanik ishlov berish 
yo‘li bilan tiklash tasnifi.
Avtomobil detallarini 70% yaqini qayta ishlatishga yaroqli bo‗ladi. 
qayta tiklab bo‗lmaydigan (ishga yaroqsiz) detallar metallomga topshi-
rilib, ular o‗rniga ehtiyot qismlar fondidan yangisi qo‗yiladi. 
Avtomobil ta‘mirlaydigan zavodlarda ishlash imkoniyati tiklana-
digan detallarning soni, avtomobillar rusumiga qarab, 200-300ga yetadi. 
Detallarni yeyilishga qarab ularni ishlash imkoniyatini tiklash uchun ke-
tadigan xarajatlar yangi detalning narxini 3-30% tashkil qiladi. Ta‘mir-
lanadigan detal qancha murakkab va qimmat bo‗lsa, uning ta‘mirlash 
uchun sarflangan mablaq ulushi shuncha kam bo‗ladi. Bunday detallarni 
ishlash imkoniyatini tiklash uchun ketadigan xarajatning past bo‗lishi 
sababi, yangi detalni tayyorlash uchun ishlatiladigan, detalning asosiy 
narxini belgilaydigan, ashyo(zagatovka) bo‗lmaydi. Masalan, yangi 
detalni tayyorlash uchun oldin ruda tashib keltiriladi, qo‗ylish sexlarida 
eritilib so‗ngra qoliblarga qo‗yliladi va so‗ngra mexanik ishlov beriladi 
va h.k. Detallarni qayta tiklashda bunday operatsiyalarga mablaq 
sarflanmaydi, mablaq esa asosan bor detalni tiklashga sarflanadi. 
Avtomobillarni ta‘mirlash ishlarini olib boradigan zavodlarda 
shunday imkoniyatlar borki, bunda detalning ishlash imkoniyati 
tiklanadi yoki yaxshilanadi. Bu o‗z navbatida zavodlarini asbob-
uskunalar bilan jixozlanishiga katta bog‗liqdir. 
Detallarni ishlash imkoniyatini tiklashga sarflanadigan mehnat 
ham avtomobillarni ta‘mirlaydigan zavodning quvvatiga bog‗liq bo‗ladi. 
Avtomobillarni ta‘mirlaydigan zavodning quvvati qancha katta bo‗lsa 
detallarning ishlash imkoniyatini tiklash uchun shuncha kam xarajat 
ketadi. Chunki zavod quvvati uning mexanizatsiyalanganligi darajasini 
aniqlaydi. Detallarning ishlash imkoniyatini patok liniyalarda tiklash, 
ya‘ni bu ishlarni ixtisoslashgan korxonalarda bajarish samaradorlidir. 
Avtomobil detallarida uchraydigan nuqsonlar asosan uch guruhga 
bo‗linadi: 
- tabiiy yeyilish natijasida paydo bo‗lgan nuqsonlar; 
- mexanik shikastlanish oqibatida paydo bo‗lgan nuqsonlar; 
- detal sirtidagi antikorrozion qoplamning shikastlanishi oqibatida 
paydo bo‗lgan nuqsonlar. 
Avtomobil ta‘mirlash zavodlaridagi detallarning ko‗pchiligida 
tabiiy yeyilish natijasida paydo bo‗lgan nuqsonli detallarga kiradi. 


86 
Tabiiy yeyilish natijasida detallarni ish yuzalarini o‗lchamlari hamda 
tutash yuzalarni diametrik o‗lchamlari o‗zgargan bo‗ladi. 
Detallardagi mexanik shikastlanishlar jumlasiga holdik deformat-
siyalar, yoriqlar, siniqlar, uvalanishlar, yulinishlar va o‗yiqlar kirada. 
Antikorrozion qoplamalar detal sirtiga, odatda, galvanik yoki 
kimyoviy usul bilan surtilgan moy va bo‗yoqlardan iborat. 
Antikorrozion qoplamasi shikastlangan detallar jami shikastlangan 
detallarning kamroq qismiini tashkil qiladi.
Detallarning ishlash imkoniyatini tiklash texnologiyasining asosiy 
vazifasi 
tutashgan 
detallarning 
ishlatish 
davrida 
buzilgan 
bog‗lanishlarini 
tiklash, 
ularning 
mustahkamligini, 
yeyilishga 
chidamliligini va korroziyaga bardoshligini, bu bilan detal va 
agregatlarni ta‘mirlararo vaqtdagi xizmat muddatini oshirishdir.
Tutashma detallarni ishlash qobiliyatini ikki xil yo‗l bilan tiklash 
mumkin: 
1. Detallarni yeyilish natijasidagi o‗lchamlarini oldindan belgilab 
qo‗yilgan navbatdagi ta‘mir o‗lchamlariga moslab o‗zgartirish. 
2. Detallarni o‗lchamlarini dastlabki holatga to‗la keltirish. 
Tutashma detallarning ish qobiliyatini birinchi yo‗l bilan tiklashda 
tutashuvchi yuzalarni har birini mexanik ishlov berish yo‗li bilan 
topshiriqda ko‗rsatilgan ta‘mir o‗lchamlarini hosil qilishga imkon 
beradigan usullardan foydalaniladi. Bunda tutashmani eng qimmat va 
murakkab detalining yuzasi ishlov berilib, uning geometrik shakli 
tiklanadi va me‘yordagi ta‘mir o‗lchamlari hosil qilinadi. Tutashmaning 
boshqa detali o‗rniga yangisi qo‗yiladi, yoki eskisining o‗lchamlari 
yangi ta‘mir o‗lchamiga moslanadi. 
Tutashma detallarning ish qobiliyatini ikkinchi yo‗l bilan tiklashda, 
yeyilgan yuzalariga ilgarigi geometrik o‗lchamlarini metall yoki 
plastmassa qoplash bilan tiklashga asoslangan.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin