Turopereyting


Abu Rayhon Beruniy (973-1048)



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə26/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
Turopereyting

Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Abu Rayhon Beruniyning umri doimo sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko‘chib yurib, tadqiqotlar o‘tkazish bilan o‘tgan. Bag‘dodda oy tutilishini isbotlab bergan. Agar Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsak, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g‘arbda Kaspiy dengizi sohili va Bag‘dod oralig‘ida sayohat qilgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037). Ibn Sino hayoti davomida tez-tez sayohat qilgan va ko‘p yurtlarni kezgan. Buxorodan keyin Xorazmda, Turkmanistonda, Eron shaharlarida va Kaspiy dengizi sohillariga sayohat qilgan.
Nosir Xisrav (1004-1072). Nosir Xisrav Balx shaxri yaqinidagi Qobodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1045 yilning kuzida Murg‘ob daryosi bo‘ylab janubga yurdi va daryoning boshlanishigacha etib borishda ko‘rganlarini o‘zining esdaliklariga tushirdi. Ikkinchi sayohatda u 1046 yil Arabistonga qarab boshladi. Manbalarda keltirilishicha uning bu safari 11-asrda amalga oshirilgan eng uzoq muddatli, qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘lgan sayohatlardan biri hisoblanadi. Mazkur sayohat Marvdan boshlanib, Eronning shimoliy qismi, Armaniston,Turkiya janubi, Arabistonning Makka va Madina shaharlari, Livan va hozirgi Isroil erlaridan o‘tib Misrgacha davom etgan. Shundan keyin, olim Hindistonning shimoliy viloyatlariga sayohat qildi. Uning “Safarnoma” asari jahon geografiyasidagi eng nodir asarlardan biri sifatida qabul qilingan.


5.2. Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari
Chet ellik sayohatchilar marshrutlari ham nisbiy deb olindi. Chunki, chet ellik sayohatchilarning barcha sayohatlarini keltirishning ham iloji yo‘q. Shuning uchun ham chet ellik sayohatchilarning eng mashhurlari, ularningyangi dunyoni kashf qilishidagi jasurlik bilan amalga oshirilgan sayohatlari marshrutlari jahon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sirlar ko‘rsatganlliklari e’tiborga olindi. Masalan, dunyo qit’alarini, bu qit’alarda yashovchi xalqlarni eramizdan oldigi 1-asrlarda birlashtirgan “Buyuk ipak yo‘li”ning ochilishi va asrlar davomida faoliyat ko‘rsatishini bir kishi-Xitoylik mashhur razvedkachi, olim, jasur sayyoh va ko‘plab davlatlarda elchi nomini olgan Chjan Syan nomi bilan bog‘liq.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin