Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə27/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Turopereyting

Chjan Syan (miloddan oldingi 103 yil). “Buyuk ipak yo‘li”ning ochili shida miloddan avvalgi 2-asrda yashagan xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syanning xizmatlari katta. Aynan, shu xitoy diplomati birinchi bo‘lib Tyan-Shan tog‘lari osha Xitoydan O‘rta-Osiyoga sayohat qilgan. Chjan Syanning bosib o‘tgan yo‘lidan Yevropa va Xitoy o‘rtasida qatnaydigan savdo karvonlari keng foydalana boshlagan. Ma’lumki, Xitoy qadim zamonlarda chetga ko‘plab miqdorda ipak chiqargan va shuning uchun ham keyinchalik bu yo‘l “Buyuk ipak yo‘li” nomini olgan.
Chjan Syan miloddan avvalgi 138 yilda Xitoy imperatori U Dinning topshirig‘iga binoan, muhim diplomatik missiyani amalga oshirish maqsadi da Pekindan O’rta Osiyoga sayohat qilgan. Ushbu sayohat natijasida sayyoh birinchi bo‘lib O’rta Osiyo, Pomir va Tyan-Shan tog‘lari, Amudaryo va Sirdaryo, Lobnor ko‘liga quyiluvchi Torim daryolari haqidagi ma’lumotlarni Xitoyga olib kelgan. Tarixchilar beda, uzum, anor, bodring, yong‘oq va boshqa ko‘plab madaniy o‘simliklarning Xitoy hududlariga kirib kelishini ham Chjan Syan nomi bilan bog‘laydilar.Miloddan avvalgi 118-115 yillar o‘rtasida Chjan Syan Tyan-SHan tog‘lari orqali O’rta Osiyoga ikkinchi sayohatni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda xitoylik tarixchi Sima Syan “ushbu sayohat natijasida Xitoy o‘zidan shimoli-g‘arbda joylashgan mamlakatlar bilan aloqa yo‘llarini ochdi”, deb yozgan edi.
Erik Raude (Malla) (950-1003). Yangi Dunyoni ochgan Kolumbdan qariyb 500 yil ilgari shimoliy Yevropalik vikinglar Shimoliy Amerikani kashf etishgan, va hatto, u erda birmuncha vaqt yashashgan ham. Ammo 10-asr sharoitida vikinglarning bu kashfiyoti uzoq Grenlandiya muzliklarida noma’lumligicha qolib ketgan. Keyingi vaqtlarda esa bu tarixiy haqiqat birmuncha tiklanib, Shimoliy Amerikaga birinchi bo‘lib borgan Yevropaliklar qatorida Skandina viyalik vikinglar, jumladan, Erik Raude (malla)ning nomi ham tilga olinmoq da.
Mahmud Qoshg‘ariy (1029-1101). Mahmud Qoshg‘ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug‘ilgan. Manbalarga ko‘ra, u Janubiy-G‘arbiy Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan, Bag‘dodda ham yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olim ko‘p yillar davomida” Rumdan Mochingacha”-O’rta er va Qora dengizlari bo‘ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan erlar, shahar va qishloqlarni kezgan. Uning “Devoni lug‘otit turk” (Turkiy so‘lar lug‘ati)-“Devon” dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun ham sharqshunos N. Baskakov Maxmud Qoshg‘ariyni-“turkiy tillarni qiyoslash borasida yo‘lchi yulduz”-deb atagan bo‘lsa, yana bir taniqli sharqshunos olimni “11 asrning Radlovi”-deya tarif lagan edi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin