Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə154/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tushunish- dars jarayonida oʻrganilgan nazariy tushunchalarni mazmun va mohiyatini ongli ravishda anglash, ularga nisbatan oʻz munosabatini shakllantirishdir. SHuningdek, oʻquvchi tomonidan egallangan nazariy bilimlarni og‘zaki yoki yozma ravishda tushuntirib berish, bayon etish, voqea va hodisalarning borishi, natijasi, oqibatini oldindan tasavvur etish, shunga qarab oʻz-oʻzininig faoliyatini algoritmlashtirishdan iboratdir.
Qoʻllash- oʻrganilgan materiallarni zarur vaziyat boʻlgan vaqtda qoʻllashdan iboratdir. Bunga g‘oyalar, tushunchalar, qonun-qoidalar, atamalar, metodlar, qonuniyatlar, tamoyillar, xulosa va tavsiyalarni amalda qoʻllash nazarda tutiladi. Bu oʻquv maqsadlari taksanomiyasining materialni bilish, tushunishga nisbatan materialni yuqori darajada egallanganligini amalda namoyon etuvchi ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
Tahlil- Bu materialni yaxlit yoki qismlarga boʻlib bilishni anglatadi. Bu jarayon mantiqiy tafakkurni talab etadi. Oʻquvchining bilim darajasi, materialni mazmun va mohiyatan chuqur anglab etishi, tushunishi, amaliyotda qoʻllay olishi tahlilni asosli va ishonchli boʻlishi uchun zamindir. Tahlillar asosida xulosa va tavsiyalar ishlanadi, oʻquv maqsadlarining fan yoki alohida boʻlimi, mavzulari boʻyicha kelgusi faoliyat uchun maqsadlar belgilab olinadi.
Sintez- ushbu toifa oʻquv materialini alohida qismlarga ajratilgan tahlillari asosida yaxlit maqsadli natijani ifodalaydi.
Baholash- Oʻquvchi tomonidan u yoki bu material (badiiy asar, qonuniyat va qonunlar, ilmiy izlanish natijalari, egallangan bilim darajalari) ni oʻzlashtirish natijalarining indeks va indikatorlariga qarab aniq maqsad nuqtai nazaridan baho berishdan, munosabat bildirishdan, oʻlchashdan iboratdir.
Baholash jarayoni bilish natijalarini baholash mezonlariga asoslanilanishidan iboratdir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Pedagogik texnologiya tushunchasiga ta'rif bering?
2.Pedagogik texnologiyaning rivojlanish davrlarini sanang?
3. Pedagogik texnologiyalarning prinsiplarini tushuntiring?
4. B.Blum taksanomiyasini mohiyatini izohlang?
5.Pedagogik texnologiya qonuniyatlarini tushuntirib bering
.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin