Umumiy pedagogika


Mavzuning qisqacha mazmuni



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə156/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Mavzuning qisqacha mazmuni: innovatsion pedagogika va uning mazmuni, ta’lim innovatsiyalarining turlari, novatsiya va innovatsiya tushunchalarining oʻziga xos xususiyatlari, oʻqituvchining innovatsion faoliyati, ta’lim innovatsiyalarning umumiy xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi.
Tayanch tushunchalar: novatsiya, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsiyalarning turlari, innovatsion oʻzgarishlarning yoʻnalishlari


Innovatsion pedagogika va ta’lim innovatsiyalari.
Ta’lim innovatsiyalarining turlari
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga oʻrgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. “Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega”60. Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yoʻnalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellektual va axloqiy rivojlanishidir.
XXI asr axborotlashtirish asri boʻlib, bunda uzluksiz ta’lim olish orqaligina zamon bilan hamnafas boʻlish mumkin.
“Innovatsiya –maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar boʻlib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka-muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi va nisbatan barqaror boʻlgan elementlarni, umumiy holda xalqning ma’naviy – madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq boʻlgan yangiliklarni kiritishdir”61.
Innovatsiya ... ta’limda “miqdor”ning “sifat”ga oʻzgarishi ya’ni kuchli darajadagi sifat bu-sinfda oʻzaro interfaol harakatlar, fikrni ifodalash uchun imkoniyatlar yaratish, hayotiy tajribalarni oʻrganish kabi yangi va samarali yondoshuv va strategiyalar orqali ifodalanadigan atamalarning jamlanmasidir”62 .
Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy oʻzgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qoʻllaniladi. Bu turdagi innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda amalga oshadi. Ular quyidagilar:

  • 1-bosqich. YAngi g‘oyaning tug‘ilishi, (kashfiyot bosqichi)

  • 2-bosqich. YAngi g‘oyaga tayangan holda yangilikni asoslanishi

  • 3-bosqich. Asoslangan yangilikning amaliyotda qoʻllanilishi

  • 4-bosqich. YAngilikning yoyilishi va keng koʻlamda amaliyotga tatbiq etilishi

  • 5-bosqich. YAngilikning tegishli sohada hukmronlik qilishi

  • 6-bosqich. Muqobillik


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin