Mahalliy davlat hokimiyati organlarining respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi oʻrni va roli quyidagilar bilan belgilanadi.
ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida boʻlgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini roʻyxatga oladilar oʻz hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi;
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish–ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat vatahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi.
Tashkilotchi, oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan eng yaxshi oʻqituvchi tuman xalq ta’limi boʻlimi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta’limi (Toshkent shahrida – shahar xalq ta’limi) boʻlimi tomonidan direktor etib tayinlanadi. Viloyat xalq ta’limi boʻlimi bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi XTV ga ma’lum qiladi.
Maktab direktorining vazifalari Ta’lim muassasasi manfaatlarini ifodalash; oʻquv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish; oʻquv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qoʻyish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda boʻshatish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qoʻllashlari uchun shart-sharoitlar yaratish; ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf – harajat hisobini yuritish; ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining toʻg‘ri yuritilishini ta’minlash; ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida oʻz faoliyati toʻg‘risida hisob berib turish.
Maktab direktori oʻqituvchi va yordamchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, xodimlar, oʻqituvchilarni rag‘batlantiradi, shuningdek, zarurat boʻlganda ularni jazolaydi, alohida oʻrnak koʻrsatgan oʻqituvchi va xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etadi.