Umumiy pedagogika


Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə33/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

1.Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi
1. Tarbiyachi oʻz faoliyatida davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. Davlat xizmatidagi shaxs sifatida u tarbiya jarayonida davlat buyurtmasini bajaradi. Ammo u bola shaxsiga monopolist sifatida emas, xalqning vakolatli vakili sifatida munosabatda boʻlishi kerak. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib shuni ta’kidlash kerakki, bugun Oʻzbekistonda yosh avlod tarbiyasida ijtimoiy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda “Yoshlar ittifoqi”ning tuzilganligi, yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va hissasini oshirish choralari koʻrilayotganligi fikrimiz isbotidir. Oliy ta’lim muassasalarida “Miliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kursi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” fanining oʻquv jarayoniga kiritilishi ham aynan shu maqsadga – yoshlar tarbiyasini ijtimoiy yoʻnaltirish, ularni davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglaydigan shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan.

2. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi.
2. Bolani real hayotdan, mehnat faoliyatidan ajralgan holda tarbiyalash mumkin emasligini qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilganlar. Tarbiyalanuvchini yoshlikdan ijtimoiy faol hayotga jalb qilish uning jamiyatda tezda oʻz oʻrnini topishiga, tezroq oddiy mehnat koʻnikmalarini egallab borishiga zamin hozirlaydi. Mehnat faoliyatiga jalb etish kechikkani sayin, bolaning umumiy rivojlanishi ham kechika boradi.
Zero, mehnat faoliyati davomida bola kattalar bilan muloqot qiladi, ularning topshiriq va koʻrsatmalarini bajaradi, xulq-atvor asoslarini egallaydi. Shu boisdan, bolani oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, umumiy oʻrta ta’lim maktabida mehnat faoliyatiga jalb etib borish yaxshi samara beradi. Oilada boʻlib oʻtadigan boshqa tadbirlarda, masalan birgalikdagi mehnat jarayoni, toʻy va marosimlarda ishtirok etishi ham bola dunyoqarashini kengaytiradi, kattalar oʻrtasida oʻzini tutish, ular bilan toʻg‘ri muloqot qilish koʻnikmasini rivolantiradi. Bu koʻnikma bolaning kelajak faoliyatida qoʻl keladi, albatta. Eng asosiysi, mehnat faoliyatida ishtirok etish mehnatning qadrini bilish, oʻzgalar mehnatini hurmat qilishga oʻrgatadi. Mehnat darsida biron buyumni yasaganda oʻz mehnati mahsulini koʻrib quvonadi, ruhan koʻtarinkilikni his qiladi. Mehnat bolaning irodasini chiniqtiradi, qiyinchiliklarga bardosh berishga, kelajakka ishonch bilan yashashga oʻrgatadi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin