Ikkinchidan,adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shaxdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash zamirida oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Oliy Majlisning XII sessiyasida yangi mazmundagi “Oila Kodeksi” qabul qilindi.
Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan biri hisoblangan inson huquqlari shu jumladan, oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini muhofaza etuvchi maxsus tizim yaratildi. (Inson huquqlari boʻyicha Milliy Markaz, Ombudsman instituti, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, yuridik universiteti huzuridagi huquqiy targ‘ibot Markazi va boshqalar tashkil etildi).
Oʻzbekiston hukumati mamlakatimiz oilalari, xotin-qizlari va bolalarining huquq va manfaatlarini xalqaro huquq normalari doirasida himoya etilishini ta’minlash maqsadida oʻnga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlarni (Konvensiya, Deklaratsiya, pakt va boshqalar) ratifikatsiya qildi.
Uchinchidan, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy – maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, koʻp bolali, kam ta’minlangan, qarovchisini yoʻqotgan nochor oilalarni, nogiron, yetim – yesirlar, yolg‘iz keksalar, bemorlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, oilada jamiyat talablariga mos komil insonlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar butun dunyo xalqlarining diqqat–e’tiborida boʻlmoqda.
Toʻrtinchidan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti tomonidan ayolsiz oila, oilasiz davlat va jamiyat boʻlishi mumkin emasligi amaliy isbotini topdi. Oilaning tinch totuvligi, mustahkamligi, barqarorligi va farovonligi davlat va jamiyatning taraqqiyotida asosiy omil ekanligi keng jamoatchilik tomonidan yangicha munosabat asosida tan olindi.
Mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl maqsadidir. 2016 yilning “Sog‘lom ona va bola” deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 2016 yilda amalga oshiriladigai chora – tadbirlar Davlat Dasturi» ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi fikrimiz isbotidir.
Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida oilaning muqaddasligini ta’minlash borasida erishilgan ushbu yutuqlar negizida mamlakatimiz buyuk kelajagining poydevorini mustahkamlash va uning taraqqiyotiga ishonch yotibdi.Shuningdek, barcha bosqichlardagi FHDYOlar qoshida nikohga kirayotgan yoshlar uchun “Oila dorilfununi”maxsus kursini joriy etish ularni oilaga tayyorlashda muhim rol oʻynashi tabiiydir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida “Oila ma’naviyati”, maxsus oʻquv kursi, barcha mutaxassisliklar boʻyicha boʻlajak ilmiy-pedagogik kadrlar uchun “Oila mafkurasi” oʻquv kurslari tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda hozirgi kunga qadar Oila davlat himoyasida, bu bejiz emas, albatta. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlari qabul qilindi.