Oʻzaro kommunikativlilik asosida oila a’zolari bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar, bir-birlariga tarbiyaviy ta’sir etadilar, atrof-muhit, jamiyat bilan aloqaga kirishadilar. Shu asosda oʻzlarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, nazariy – amaliy jihatdan jamiyat talablariga mos rivojlantirib boradilar.
Ta’lim va tarbiya vazifasi – ota-onalarning zurriyodlarini qobil va aqlli, iymon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashlariga bog‘liq. Chunki, oila nafaqat er va xotinni ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni oilasi, Ota-onasiga munosib insonlar boʻlib yetishishi, jamiyatga foydasi tegishi uchun ham qayg‘uradi.
Sharqda barcha fuqarolik jamiyati institutlari ichida eng muqaddasi, eng ulug‘i, eng muhimi ham – oila instituti hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz mustaqilligi yillarida oila,onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, oila institutini mustahkamligini ta’minlash, oilada komil insonlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash masalasi hukumatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor masalalaridan biriga aylandi. Uni har tomonlama muhofaza etishning huquqiy asoslari yaratildi. Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga koʻra oʻzgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli boʻlib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga pedagogik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida oʻzini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam boʻlishi, farzandlarining komil boʻlib yetishishlarini ta’minlaydi.
Iqtisodiy – moliyaviy xo‘jaligi faoliyatini to’g‘ri yuritish
Reproduktivlik
Nuklearlik
Oilaning ko‘p bo‘g‘imliligi
Kommunikativlik
Tarbiya
Oilaning barkamol shaxs tarbiyasidagi vazifalari Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, uning poydevori asosan oilada qoʻyiladi. Tarbiya jarayonida bolaning ongigina emas, balki xis-tuyg‘ularini ham oʻstirib borish, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun bolaning ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Oilada tarbiya jarayoniga Ota-ona rahbarlik qiladi.
U bolaning faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.”27