Umumiy tilshunoslik


Seminar mashg‘ulotlari mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soatlar



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə3/21
tarix22.11.2018
ölçüsü3,14 Mb.
#84692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

2.2. Seminar mashg‘ulotlari mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soatlar



Seminar mashg‘ulotlari mavzusi

Seminar mashg‘ulotlari maqsadi

Ajr.

soat

1.

Tilshunoslik fani haqida

Tilshunoslik fani haqida muloqot yuritish. Nazariy va amaliy tilshunoslik muammolarini o`rganish.


2

2.

Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari


Tilshunoslikni zamonaviy yo`nalishlari bilan birgalikda lingvistika va boshqa fanlar sintezida dunyoga kelgan fanlarning vazifasini o`rganish.


2

3.

Verbal va noverbal muloqot

Verbal va noverbal muloqot vositalarini farqlash. Til mohiyati va vazifasini o’rganish. Til va nutq munosabatini izohlash.


2

4.

Til va tafakkur munosabati

Til va tafakkur munosabatini tavsiflash. Psixolingvistika muammolarini yechimini topish.


2

5.

Tilning kelib chiqishi

Tilning kelib chiqishi tarixi va gipotezalari haqida ma’lumot to’plash.


2

6.

Yozuv


Yozuv tarixi shajarasini tuzish. Yozuvning rivojlanish bosqichlarini jadval asosida o`rganish. Dunyo tillari alfavitining sistemasini tuzish. Grafik va orfografik qonun-qoidalar bilan tanishish. Yozuvning maxsus turlariga misollar keltirish.

2

7.

Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan munosabati.


Lisoniy tabaqalanish muammolarining yechimini topish. Qarindosh tillarning tashkil topishini aniqlash metodlari bilan tanishish. Elat va millat tillari shajarasini yaratish. Tilning ichki va tashqi qonunlarini ajratib o’rganish.


2

8.

Fonetika


Nutq tovushlari tilning tabiiy materiali sifatida. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Vokalizm va konsonantizm.Unli tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik bo’linishi: jumla (fraza), takt, bug’in, tovush. Enklitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi. Bo’g’in va uning turlari. Intonatsiyaning vazifasi. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Reduktsiya. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari. Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi.


2

9.

Leksikologiya



So`z leksikologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida. So`z va leksema. Leksik ma’no va uning turlari. Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari. Ko`p ma’nolilik. Metafora. Metonimiya. Sinekdoxa. Omonimiya. Sinonimlar. Antonimlar.

2


10.

Tilning lug’at tarkibi

Tabu va evfemizmlar. Etimologiya va “xalq” etimologiyasi. So`z yasash. Terminologiya. Idiomalar. Frazeologiya.




11.

Grammatika



Grammatika. Morfologiya. Morfema va uning turlari. Tilning grammatik usullari. Affiksatsiya. Agglyutinatsiya va fuziya. So`zning morfologik va etimologik tarkibi. Tovush almashishlari va ichki fleksiya. Takror (reduplikatsiya). So`z qo`shilishi. Gapda so`z tartibi. Urg’u ko`chirish. Yordamchi so`zlar. Ohang. Suppletivizm. Tillarning sintetik va analitik qurilishi.


2

12.

Til va nutq

Til va nutqni farqlash,uning nazariy asoslari bilan tanishtirish.

2

13

Til va nutq birliklari

Til va nutq birliklari tasnifi,ularning farqlari haqida ma’lumot berish.




14.

Til – belgilar sistemasi

Tildagi belgilarini bir biriga qiyoslash. Semiotika fani vazifasini o’rganish. Belgilar sistemasi turlarini misollar orqali izohlash.


2

15.

Tillarning tasnifi


Tillarning genealogik tasnifining ilk g’oyalari bilan tanishish. Dunyo tillarning genealogik shajarasini tahlil qilish. Morfologik tasnif asosida mashqlar bajarish. Tillarni hududiy va funktsional tipologiya asosida jadvalga joylashtirish

2

16.

Tilshunoslikning tarixiy bosqichlari .Hind va Yunon tilshunoislik maktabi.


Tilshunoslik tarixi bosqichlari jadvalini yaratish. Tilshunoslik tarixi namoyandalari va ta’limotlari bilan tanishish. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalish va maktablar faoliyatini tahlil qilish. Tilshunos olimlar lingvistik ta’limotlariga izoh bera olish.


2

17.

Arab tilshunosligi maktabi.

Kufa va Basra maktablari .Ushbu maktab vakillari ,ularning tadqiqotlari bilan tanishtirish.

2

18.

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Strukturalizm. Hozirgi zamon tilshunosligi.

Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Komparativistika davrlari. V. fon Gumbolьdtning tarixiy-falsafiy kontseptsiyasi. Til antinomiyalari. Til faoliyat sifatida. Til – xalq ruhi. Tillarning rivojlanish bosqichlari. “Yosh grammatikachilar” maktabi. Leyptsig to’garagi. Moskva maktabi. Qozon maktabi. F. de Sossyur lingvistik nazariyasi. Strukturalizm. Praga lingvistik maktabi. Daniya strukturalizmi (glossematika). Amerika struktaralizmi (deskriptiv lingvistika). Sho’ro davri tilshunosligi. Hozirgi zamon tilshunosligi. XX asr tilshunosligining yetakchi yo’nalishlari. Generativ tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik. Lingvistik falsafa. Pragmalingvistika. Matn lingvistikasi. Psixolingvistika. Etnolingvistika. Tipologik lingvistika. Lingvomadaniyatshunoslik. Kompyuter lingvistikasi. Ontolingvistika. Zoolingvistika. Biolingvistika. Mentalingvistika. Lingvopoetika. Matematik lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika.


2

19.

Lingvistik tadqiqot metodlari


Tasviriy metod. Qiyosiy-tarixiy metod. Chog’ishtirish metodi. Distributiv tahlil metodi. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi. Transformatsion tahlil metodi. Oppozitsiya metodi. Komponent tahlil metodi. Stilistik tahlil metodi. Statistik metod. Avtomatik tahlil metodi. Tipologik tahlil metodi.


2




Jami




38 s.

Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin