Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning hikoyati
Deydilarki, go‘zal bir o‘rmon bor edi. Suvi mo‘l, 
o‘ti serob bo‘lgan bu manzil yovvoyi hayvonlar 
uchun bir jannati ma’vo edi, lekin o‘sha yaqinda 
yashovchi bir sher ularning tinchligini buzar, 


92
yeganlarini ularga harom qilar edi. Bir kun hay-
vonlar ittifoq bo‘lishib, sher qoshiga bordilar va 
dedilar: 
– Biz hammamiz sening fuqarolaringmiz, sen 
esa har kuni qiynalib, bittamizni arang tutib 
yeysan. Sen hamisha bizni qidirib, rohatingni bu-
zasan, biz esa qo‘rquv ichida yashaymiz. Bugun 
maslahatlashib, seni ham zahmatdan qutqarish, 
o‘zimizning ham rohatimizni ta’min etish maqsa-
dida shunday xulosaga keldik: agar sen hujum 
qilib, bizni qo‘rqitmasang, o‘zimiz har kuni o‘z 
ichimizdan ovqat vaqtida senga bir jonivor keltirib 
beramiz.
Sher rozi bo‘ldi. Bir necha muddat ahvol shu 
yo‘sinda davom etdi.
Bir kun navbat quyonga yetdi. U yoronlariga 
dedi: «Agar meni shoshirmasangiz, sizlarning 
hammangizni bu qonxo‘r, g‘addor zulmkorning 
dastidan qutqaraman».
Hayvonlar dedilar: «Qarshiligimiz yo‘q». Quyon 
shoshmasdan sher oldiga ravona bo‘ldi, sher-
ning ovqatlanadigan vaqtida yetib bormadi. Sher 
ochiqib qoldi, uning ko‘zlari qonga to‘lib, tishlarini 
g‘ijirlatib turar edi.
Quyonni ko‘rgach, na’ra tortib dedi:
– Qayerdan kelding, hay vonlar nima qilmoqda-
lar?
Quyon javob berdi: 
– Podsho omon bo‘lsinlar, hayvonlar menga 
qo‘shib, yana bir quyonni yuborgan edilar. Yo‘lda 
nogoh bir sher uchrab, sherigimni olib qoldi. «Bu 
podsho hazratlariga atalgan tortiq, qo‘yib yu-
boring», – desam: «Bu yer mening joyimdir, men 


93
kuchda ham, shon-u shavkatda ham u sherdan 
ortiqman, shuning uchun bu yerdagi ovlar avval 
menga tegishli», – deb lof urdi. Men sizga xabar 
qilish uchun qochib qoshingizga keldim.
Sher g‘azab bilan o‘rnidan sakrab turdi va: «Uni 
menga ko‘rsat!» – dedi.
Quyon oldinga o‘tib, yo‘lga tushdi, sher esa 
uning ketidan borardi. Quyon uni chuqur quduq 
labiga keltirdi. Quduqning suvi nihoyatda tiniq 
edi, kimki unga qarasa, o‘z aksini aniq ko‘rar edi.
Quyon dedi: 
– O‘sha sher shu quduqda, lekin men undan 
qo‘rqaman, agar siz meni o‘z bag‘ringizga olsan-
giz, ko‘rsataman. Sher quyonni o‘z quchog‘iga 
olib, quduqqa qaradi. Quduqda o‘ziga o‘xshash 
bir sherni va uning quchog‘idagi quyonni ko‘rdi. 
Shunda quyonni yerga qo‘yib o‘zini quduqqa otdi 
va yuqoriga chiqolmay halok bo‘ldi. Quyon sihat 
va salomat hayvonlar yoniga qaytib keldi. Ular 
hol-ahvol so‘radilar.
Quyon sherning suvga g‘arq bo‘lib o‘lganini 
gapirib berdi.
Kalila dedi: 
– Agar sherga ziyon yetkazmay ho‘kizni o‘ldira 
olsang, uning yo‘rig‘i boshqa, chunki hech bir 
aqlli zot o‘z manfaati uchun boshlig‘iga zarar ye-
tkazmaydi.
Shuning bilan ularning suhbati tugadi. Dimna 
bir necha kun sher ning huzuriga bormadi. Bir 
kun sherni yolg‘iz topib huzuriga kirdi.
Sher dedi:
– Dom-daraging yo‘q, bir necha kundan beri seni 
ko‘rmayman. Nima, biror hodisa ro‘y berdimi?


94
Dimna dedi:
– Shunday, lekin xilvat joyda aytaman.
Sher dedi:
– Hozir ayni vaqtidir. Tezroq ayt, chunki ke-
chiktirib bo‘lmaydigan boshqa muhim ishlarim 
bor.
Dimna dedi:
– Hukmdorning ko‘ngliga yoqmaydigan so‘zlar 
demoqqa va nasihat qilmoqqa har kim ham jur’at 
eta bermaydi. Lekin hukmdorning aqli raso bo‘lsa, 
ayniqsa, agar aytilgan so‘zlar uning foydasiga xiz-
mat qilsa va aytuvchining o‘z burchini bajarib, 
yaxshilik qilishdan boshqa hech qanday maqsadi 
bo‘lmasa, u bu so‘zni aytmog‘i va hukm dor unga 
quloq osmog‘i lozim. Agar so‘z aytilib bo‘lgandan 
keyin so‘zlovchining joni salomat qolsa, bu uning 
uchun eng yuksak mukofot bo‘ladi. Bu so‘zlarni 
shuning uchun ham aytsa bo‘ladiki, podshohning 
aqli raso, u kamolotda boshqalardan nihoyatda 
ustundir. Bunga ko‘ra, u aytiladigan so‘zlarni 
shohlarga xos bo‘lgan vazminlik bilan eshita oladi. 
Mening aytadigan so‘zlarim muhabbat va sadoqat 
mevasi bo‘lib, ularda yolg‘on va riyokorlik yo‘qligi 
oydindir. Butun vahshiy hayvonlarning tirikchiligi 
sizning hayotingizga bog‘liq ekanligi ma’lumdir. 
Aqlli va oliyjanob odamlar aytilishi lozim bo‘lgan 
gaplarini shohga aytmasalar, kasalliklarini tabib-
dan yashirsalar, xavf-xatar yaqinlashayotganidan 
do‘stlarni ogoh qilmasalar, o‘zlariga xiyonat etgan 
bo‘ladilar.
Sher dedi: 
– Sening samimiy va sadoqatli ekanliging men-
ga ma’lum. Qilayotgan ishlaring bundan dalolat 


95
beradi. Agar yangi biror narsa sezgan, bilgan 
bo‘lsang, ayt, samimiyating va sadoqating ni yana 
bir marotaba ko‘rsat.
Dimna dedi: 
– Shatraba arkoni davlat va lashkarboshilar 
bilan yashirincha kengashib, debdiki: «Sherni 
sinadim, kuch va quvvatining darajasini, fahm va 
farosatining saviyasini o‘rgandim. Ularning har 
birida katta bir nuqson ko‘rdim».
Shundan men uning ko‘rnamak va xiyonatchi 
ekanligini payqadim. Siz esa, shohim, bu nonko‘r 
va vijdonsizga haddan ortiq marhamat ko‘rsatdin-
giz, hurmat va nufuzda uni o‘zingiz bilan barobar 
darajaga ko‘tardingiz. Jiddiy masalalarni hal etib 
hukm chiqarishda unga shunchalik katta huquq 
berdingizki, endi fitna devi uning diliga tuxum 
qo‘ydi va shohlik havasi uni vasvasaga sola bosh-
ladi. Donishmand lar aytibdurlarki, agar podsho 
o‘z mulozimlaridan birortasining sha’n-shavkat, 
mol-dunyo va nufuzda o‘ziga barobar bo‘lib qol-
ganligini sezsa, shu ondayoq uni yo‘qotishi kerak, 
yo‘qsa o‘zi halok bo‘ladi. Bu ishda qanday yo‘l 
tutish lozimligini shohning o‘zi hammadan yax-
shi biladi. Lekin mening fikrimcha, ho‘kizning 
masalasini kechiktirib, fursatni qo‘ldan berib 
bo‘lmaydi. Chunki ish shu dara jaga yetishi mum-
kinki, u vaqt hech qanday tadbir foyda bermay 
qoladi. Donishmandlar, inson ikki nav: hushyor 
va tadbirsiz bo‘ladi, deydilar. Hushyor odamlar 
ham ikki xil bo‘ladilar: ular biri xavf yuz berishi-
dan ilgari uning oldini oladilar, ikkinchisi hodisa 
sodir bo‘lgandan keyin o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymay, 
darhol chorasini ko‘rib, baloni daf qiladilar.


96
Aqlli odamlar hamisha hushyor bo‘ladilar, hodi-
salar jilovini o‘z qo‘llarida saqlab, xavfli girdobga 
tushmasdan sohilga yetib oladilar...
Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadi-
gan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan 
bo‘ladilar, bir hodisa ro‘y berganida ular o‘zlarini 
yo‘qotib qo‘yadilar. O‘z baxtlarini saqlab qolish 
qobiliyatidan mahrum bo‘lganlaridan oh-voh 
qila-qila, o‘zlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq 
hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi.
Sher so‘radi: 
– Qanday bo‘lgan edi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin