Dimnaning qarg‘a haqidagi hikoyati
Bir qarg‘a tog‘dagi daraxtda o‘ziga in qurgan
ekan. Uning yaqinida bir ilon uyasi bor ekan.
Qarg‘a bola ochishi bilan ilon uning bolalarini yeb
qo‘yaverar ekan. Bir kuni qarg‘a nasihat qilmoqchi
bo‘lib, ilonning yoniga keldi va dedi:
– Yodingda saqla, shunday masal bor: «Zulm
qilichini ishlatgan xuddi shu qilichdan o‘zi halok
bo‘ladi!»
Biroq qarg‘aning bu nasihati ilonga, albatta,
ta’sir qilmadi. Shundan keyin qarg‘a o‘z do‘sti
shag‘olning yoniga keldi va dedi:
– Bu zolimning zulmidan bir iloj qilib qutulmoqchi-
man.
Shag‘ol so‘radi:
– Qanday qilib qutulmoqchisan?
Qarg‘a dedi:
88
– Ilon uxlagan vaqtda tumshug‘im bilan uning
ko‘zlarini o‘yib olaman, zora shundan keyin jon-
dan aziz bolalarim uning balosidan xalos bo‘lsalar.
Shag‘ol dedi:
– Bu to‘g‘ri tadbir emas, dushmanga qarshi
shun day bir tadbir ko‘rki, o‘zingga zarar yetma-
sin. Sen bu fikringdan voz kech. Qisqichbaqani
o‘ldirmoqchi bo‘lgan baliqchiqush kabi o‘z aziz
joningni halok qilib qo‘yma.
Qarg‘a so‘radi:
– U o‘zini qanday halok etibdi?
Qarg‘aning hikoyati
Bir baliqchiqush ko‘l qirg‘og‘ida o‘ziga uya qilgan
ekan. Istaganicha baliq tutib yer va rohat-farog‘at-
da yasharkan. U qarib, quvvatdan qolgandan ke-
yin ovga yaramay qolibdi. «Afsus, umrim tez o‘tib
ketdi va qarigan chog‘da tajribadan boshqa hech
narsam qolmadi. Endi quvvatim ketganida, biror
yo‘l topib, qolgan kunlarimni kechirishim kerak»,
– deb qayg‘uga botgan holda ko‘l yoqasiga kelib
qo‘ndi. Shunda uzoqdan qisqichbaqa uni ko‘rib
yoniga keldi va so‘radi:
– Nima bo‘ldi, nega g‘amgin ko‘rinasan?
Qush javob berdi:
– Nega g‘amgin bo‘lmayin, o‘zing bilasan, mening
tirikchiligim har kun bir-ikki baliq bilan o‘tardi. Men
shunga qanoat qilib, undan ortig‘ini talab qilmas
edim. Bugun ikki ovchi bu yerdan o‘ta turib, birisi
dedi: «Bu suvda baliq ko‘p ekan, ov qilaylik». Ikkin-
chisi: «Falon suvda baliq bundan ko‘pdir, avval uni
ovlab, so‘ngra bu yerga kelamiz», – dedi.
89
Agar ular qaytib kelishsa, bu yerdagi barcha
baliqlarni ovlab ketishadi. Menga o‘limdan bo‘lak
iloj qolmaydi. Qisqichbaqa bu so‘zni eshitgach,
darhol borib hamma gapni baliqlarga aytib ber-
di. Baliqlar hayajonga tushib, baliqchiqushning
yoniga keldilar va dedilar:
– Biz sendan maslahat so‘ragani keldik. Agar
dushmanning ham oldiga kelib, maslahat so‘ra-
salar, u bundan bosh tortmasligi kerak (ayniqsa,
bu maslahat uning o‘ziga ham foydali bo‘lsa). Se-
ning tirikchiliging biz bilan edi, biz omon bo‘lsak,
sening foydang-ku. Endi biror maslahat ber, nima
qilaylik?..
Baliqchiqush dedi:
– Ovchilar bilan urishib bo‘lmaydi, lekin ya-
qin joyda bir ko‘l borligini bilaman, uning suvi
oshiqlarning ko‘z yoshidek musaffo, qirg‘og‘i
qamish bilan qoplangan... Agar o‘sha yerga
ko‘chsangiz, salomat qolib, noz-u ne’mat ichida
yashaysiz.
Baliqlar dedilar:
– Juda yaxshi maslahat, lekin sen yordam ber-
masang, biz u yerga qanday ko‘cha olamiz?
Baliqchiqush dedi:
– Bu ish qanchalik ko‘p vaqt talab etmasin,
men sizga yordam berishdan bosh tortmayman.
Tezroq harakat qilish kerak, ovchilar hademay
kelib qolishlari mumkin.
Baliqlar ko‘p yalinib-yolvorishganidan keyin
baliqchiqush har kuni ulardan bir nechtasini
olib borib, o‘sha atrofdagi bir tepalik ustida yeb,
qornini to‘yg‘azar edi. Qolgan baliqlar bir-birlari-
ga hasad qilishar, qachon bizga gal kelarkin,
90
deb shoshilar edilar. Baliqchiqush esa ularning
laqmaligiga hayron bo‘lib, o‘z-o‘ziga der edi:
– Dushmanning tilyog‘lamaligiga uchib, unga
ishonganlarning jazosi shunaqa bo‘ladi.
Bir necha vaqt o‘tgandan keyin qisqichbaqa
ham ko‘chmoqchi bo‘ldi. Baliqchiqush uni orqasi-
ga olib, baliqlar mozori bo‘lgan haligi tepaga qarab
parvoz qildi. Qisqichbaqa uzoqdan juda ko‘p baliq
suyagini ko‘rib, voqeani angladi va o‘z-o‘ziga dedi:
– Tahlika vaqtida dushmanga qarshi chora
ko‘rmaslik o‘z joningga qasd qilish bilan barobar.
Kishi dushmandan g‘olib kelsa – shuhrat qozona-
di, halok bo‘lsa nomi qoladi.
Shunday deb qisqichbaqa baliqchiqushning
bo‘yniga qisqichlarini cho‘zib, bo‘g‘zidan oldi va
shunday qattiq siqdiki, u behush bo‘lib qulab
tushdi va til tortmay jon berdi.
Qisqichbaqa undan qutulib, baliqlar yoniga
sudralib keldi va bo‘lgan voqealarni so‘zlab berdi.
Bu masalni shuning uchun aytdimki, sen bil-
gin: ko‘p kishilar o‘z makr-u hiylasi tufayli halok
bo‘ladilar. Men senga bir ish o‘rgatay, shu yo‘lni
tutsang, o‘zing salomat qolasan, dushmaning ilon
esa halok bo‘ladi.
Qarg‘a dedi:
– Oqil do‘stlar maslahatiga kirmaslik ahmoq-
likdir.
Shag‘ol dedi:
– Sen havoga parvoz qilib, uy va ko‘chalarga
nazar sol. Agar ko‘zing biror qimmatbaho nar-
saga tushsa, uni olib parvoz qil. Lekin shunday
uchginki, odamlar seni ko‘rib tursinlar va qim-
91
matbaho narsani qaytarib olish uchun orqang-
dan ergashsinlar. Sen ilon uyasiga haligi narsani
tashla. Shunda odamlar ilonni o‘ldirib, narsani
olib ketadilar va sening joning omon qoladi.
Qarg‘a uchib borib bir hovliga qo‘ndi. Bir xotin
marvaridni yerga qo‘yib, yuz-qo‘lini yuvar edi. Qar-
g‘a marvaridni olib qochdi va shag‘ol aytganidek,
uni uyasi oldida yotgan ilonning yoniga tashladi.
Qarg‘aga ergashib kelgan kishilar ilonni o‘ldirdilar
va marvaridni olib ketdilar...
Dimna dedi:
– Bu masalni shuning uchun keltirdimki, kuch
bilan erishilmagan narsaga hiyla bilan erishsa
bo‘ladi.
Kalila dedi:
– Ho‘kiz qanchalik quvvatli bo‘lsa, uning aqli
ham shu qadar kamol topgan. Sen uni qanday
qilib alday olasan?
Dimna dedi:
– To‘g‘ri aytasan, lekin ho‘kiz menga ishonadi,
uning mendan ko‘ngli to‘q. Shu sababdan uni
alday olaman, sher quyon hiylasiga ishonib halok
bo‘lgani kabi, ho‘kiz ham mening qo‘limda halok
bo‘ladi.
Kalila so‘radi:
– U qanday halok bo‘lgan edi?
Dostları ilə paylaş: |