Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Dimnaning shohga aytgan masali



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning shohga aytgan masali
Deydilarki, bir tulki o‘rmon oralab ketayotib, bir 
daraxtning tagida nog‘ora yotganini ko‘rib qolibdi. 
Shamol esgan sari daraxt butoqlari nog‘oraga tegar 
va nog‘oradan dahshatli ovozlar chiqar edi. Tulki 
nog‘oraning ovozi yo‘g‘onligi va jussasining kat-


77
taligiga qarab, nog‘oraning yog‘i bilan go‘shti ham 
ovozi va jussasiga yarasha ko‘p bo‘lsa kerak, deb 
og‘zining suvi keldi. Ko‘p urinib nog‘orani yorishga 
muvaffaq bo‘ldi. Lekin qurigan teridan bo‘lak hech 
narsa topmagach, «Gavdasi yo‘g‘on va ovozi baland 
narsaning ichi bo‘sh bo‘lar ekan», – dedi.
Dimna so‘zini davom ettirib dedi:
– Men bu masalni shuning uchun keltirdimki, 
podsho yo‘g‘on ovozni eshitib bezovta bo‘lmasin-
lar. Agar ijozat bersalar, men o‘sha ovoz kelgan 
joyga borib, haqiqatni bilib kelay.
Bu so‘zlar sherga manzur bo‘ldi. Dimna shoh-
ning ruxsati bilan o‘rnidan sakrab turdi va 
yo‘l ga tushdi. U chiqib ketgandan keyin shoh 
o‘yga cho‘mdi. Dimnani jo‘natganidan pushay-
mon bo‘ldi va o‘z-o‘ziga dedi: «Dimnaning fikrini 
ma’qullab to‘g‘ri ish qilmadim, chunki podshohlar 
saroyida bekordan bekorga zulm ko‘rgan, uzoq 
vaqt yashab, mashaqqatli hayot kechirgan yoki 
davlat va hurmatni qo‘ldan bergan, yoki vazifadan 
tushirilgan, yoki o‘zi foydali ishlardan chetla-
tilgan, o‘rtoqlarining afv, o‘zining esa mahkum 
etilganligini ko‘rgan, yoki ayni bir gunoh uchun 
o‘z o‘rtoqlaridan ko‘ra og‘ir jazolangan, yoki ayni 
bir xizmat evaziga o‘z o‘rtoqlariga qaraganda juda 
oz mukofot olgan, yoki dushmani bilan kurashib, 
mag‘lub bo‘lgan, yoki dinida qattiq turmagan, 
yoki podshohning ziyoniga bo‘lgan ishlarda o‘zi 
uchun foyda axtargan, yoki dushman tomoniga 
o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan bir mulozimni uzoq 
sinamasdan turib, dushman yoniga yuborish va 
uni sirdan voqif qilish shoh uchun yaxshi emas
asli shoshmaslik kerak edi.


78
Dimna ko‘p narsani biladigan va uzoqni ko‘ra-
digan lardandir. U uzoq muddat mening dargo-
himda mashaq qat chekdi, lekin evaziga mukofot 
olmadi. Agar ko‘nglida kiri bo‘lsa, xiyonat qiladi, 
fitna qo‘zg‘atadi. Dushmanni mendan kuchli 
ko‘rsa, unga moyil bo‘lib, mening sirlarimni aytib 
beradi».
Shoh bunday o‘ylar ichida hayajonlanar, goh 
turar, goh o‘tirar, goh u yon-bu yonga yurar va 
ko‘zini Dimna ketgan tarafdan uzmas edi.
Nogoh uzoqdan Dimna ko‘rindi, sherning ko‘ng-
li taskin topdi va kelib o‘z o‘rniga o‘tirdi. Dimna 
kelishi bilan sher:
– Nima qilding? – deb so‘radi. 
Dimna dedi:
– Men o‘kirib yurgan bir ho‘kizni ko‘rdim. 
Shohni bezovta qilgan ovoz o‘shaniki ekan.
Shoh so‘radi:
– U juda kuchlimi?
Dimna dedi:
– Men unda kuch-quvvatdan asar ham 
ko‘rmadim. Unga yaqinlashganimda men bilan bir 
do‘st kabi gaplasha boshladi. Menga hech narsa 
qilmadi. Nazarimda, uning tabiatida kuch-qudrat 
va tavozekorlikdan ko‘ra ko‘proq tamagirlik ustun 
turadi. Qo‘rqmaganim uchun uni ortiqcha hur-
matlashni lozim ko‘rmadim. 
Sher dedi:
– Hali bu uning kuchsizligini ko‘rsatmaydi, bu 
bilan aldanib qolmaslik kerak, chunki qudratli 
to‘lqinlar katta daraxtlarni qo‘porib, mustahkam 
binolarni yiqitib yuboradi, lekin kichik va nozik 
o‘t-alafni sindirolmaydi. Dushman oliyjanob va 


79
lutf-karam egasi bo‘lmasa, hech kim uning kuchli 
va shon-shuhratli ekanligini tan olmaydi, har 
kimning o‘z kuchi va mavqeyiga qarab muomala 
qilmoq lozim...
Dimna dedi:
– Shoh bundan tashvish tortmasalar ham bo‘la-
di. Agar buyursangiz, men borib uni olib kelay-
in, u shohning mute qullaridan bo‘lsin. Sher bu 
so‘zlarni eshitib xursand bo‘ldi va uni olib kelishni 
Dimnaga amr qildi. Dimna Shatrabaning yoniga 
borib, tap tortmay u bilan so‘zlasha boshladi:
– Sher seni o‘z huzuriga olib kelish uchun meni 
yubordi. Agar hayallamay huzuriga borsang, shu 
paytgacha qilgan gunohlaringdan o‘tishga so‘z 
berdi. O‘ylab ko‘r, buyruqqa bo‘ysunmay, bu yer-
da qolsang, o‘sha ondayoq borib bor gapni sherga 
aytib beraman. 
Shatraba dedi:
– Axir u sher deganing kim o‘zi? 
Dimna dedi:
– U yirtqich va vahshiy hayvonlar podshohidir. 
Shatraba sher va vahshiy hayvonlar nomini 
eshitib, qo‘rquvdan titray boshladi. U Dimnaga 
dedi: 
– Agar mening salomat qolishimga kafil 
bo‘lsang, sen bilan birga boraman.
Dimna ont ichib, sog‘-omon qolishiga ka-
fil bo‘lishini aytdi. Har ikkovi sherning yoniga 
jo‘nadilar. Sher ho‘kizni mehribonlik bilan qar-
shi oldi va uning bu yerlarga qachon va nima 
uchun kelganligini so‘radi. Ho‘kiz boshidan 
o‘tganlarini so‘zlab berdi. Shatraba shu yerda 
qolsa, sher uni o‘z marhamati va lutf-karamidan 


80
bahramand etishini aytdi. Ho‘kiz rozilik bildirib
minnatdorchiligini izhor etgandan so‘ng sherning 
xizmatida qoldi.
Sher Shatrabani hurmat qilib, unga had dan 
tashqari lutf va marhamat ko‘rsatdi, uni o‘z 
marhamlari qatoriga kiritdi va sinovdan o‘tkazib 
aql-idroki komil ekanligini ko‘rgach, uni o‘ziga 
maslahatchi va sirdosh qilib oldi. Sher Shatra-
baning xulq-atvori bilan yaqindan tanishgani 
sari unga bo‘lgan mehri oshib borar, kundan 
kunga uning martabasini ko‘tarar, borgan sari 
ko‘p in’omlar berar edi. Nihoyat, ish shu darajaga 
yetdiki, ho‘kizning hurmati barcha mahramlarni-
kidan yuqori bo‘lib ketdi.
Dimna sherning ho‘kizga ko‘rsatayotgan bu 
yuksak lutf-karamini, uning sherga yaqinligini, 
bosh qalardan mansabi va e’tibori ortib borayot-
ganini ko‘rgach, hasadi kelib, ko‘ziga dunyo 
qorong‘i bo‘lib ketdi. Dimnaning kuni tunga 
aylandi, uyqusi qochdi. U bir yerda o‘tirib orom 
ololmaydigan bo‘lib qoldi. U Kalilaning yoniga 
kelib, shikoyat qila boshladi: 
– Birodar, mening ojizligim va xomligimni qa-
raki, sherning ishini to‘g‘rilab, o‘z ishimni rasvo 
qilib qo‘ydim. Ho‘kizni sherning yoniga boshlab 
kelganimdan beri uning martabasi ortib bormoq-
da. Mening esa darajam quyi tushib ketdi.
Kalila dedi: 
– Zohidning boshiga tushgan ish sening ham 
boshingga tushibdi-da!
Dimna dedi: 
– Uning boshiga qanday ish tushgan ekan?


81

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin