Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Kalilaning hikoyati
Naql qilibdurlarki, bir podsho bir zohidga 
qimmatbaho libos hadya qilibdi. Buni ko‘rgan 
bir o‘g‘ri zohidning huzuriga kelib, xizmatini qila 
boshladi, undan tariqat qonun-qoidalarini o‘rga-
nishga kirishdi. Ular do‘stlashib bir yerda yashay 
boshlabdilar.
Bir kechasi o‘g‘ri fursatni g‘animat bilib, pod-
sho hadya qilgan libosni olib ketdi. Ertasiga zohid 
libosni ham, yangi muridni ham topa olmadi. U 
libosni murid o‘g‘irlab ketganini payqab, uni qidi-
rib topish uchun shaharga ketayotgan ekan, yo‘lda 
ikkita qo‘chqorning bir-biri bilan urishib turganla-
rini ko‘rib qoldi. Ikkala qo‘chqor ham bir-birlarini 
yarador qilgan va jarohatlaridan qon tomar edi. Bir 
tulki kelib, tomgan qonlarni yalardi. Ikki qo‘chqor 
shoxlarini to‘g‘rilab bir-birlariga tashlanganlarida, 
tulki o‘rtada qolib majaqlanib ketdi.
Zohid kechqurun shaharga yetib keldi, tu-
nashga joy axtara boshladi. Nihoyat, buzuq bir 
xotinning uyiga tushdi. Bu xotin uyida bir necha 
qiz saqlar edi. Ulardan biri nihoyatda go‘zal bo‘lib, 
jamoliga jannatdagi hurlar ham hasad qilishar edi.
Xotinlarni hayajonga soladigan, erkaklarda 
hasad uyg‘otadigan baland bo‘yli, xipchabel, 
shirin so‘z bir yigit u qizga oshiq bo‘lib qolgan va 
boshqa erkaklarning unga yaqinlashishiga yo‘l 
qo‘ymas edi... Bu esa haligi buzuq xotinning qiz 
tufayli oladigan foydasini kamaytirib qo‘ydi. U axir 
bir kun qiz yigit bilan qochib ketadi, deb tash-
vishlanar edi. Shuning uchun yigitni o‘ldirishga 
qaror qildi. Xo tin o‘z fikrini amalga oshirmoqchi 


82
bo‘lgan kechasi zohid uning uyiga kelib tush-
gan edi. Xotin o‘sha qiz va yigitni juda ko‘p may 
ichirib, qattiq mast qilib qo‘ydi. Ularning ikkalasi 
qattiq uyquga ketganlarida, xotin bir qamish-
ning uchi ga zahar solib olib keldi. Qamishning 
bir uchini yigitning burniga to‘g‘rilab, boshqa 
uchini esa o‘z og‘ziga olib, zaharni yigitning di-
mog‘iga puflamoq chi bo‘ldi. Lekin shu payt yigit 
to‘satdan aksirib yubordi, zahar xotinning og‘ziga 
kirib ketdi va shu zahoti til tortmay o‘ldi. Buni 
ko‘rgan zohid erta bilan, quyosh ufqdan bosh 
ko‘targanda, bu fisq-fasod o‘chog‘idan qochish 
uchun boshqa joy izlay boshladi. Zohidga bir 
kosibning rahmi kelib, uyiga olib keldi va xo-
tiniga zohidni yaxshilab kutib olishni buyurib, 
o‘zi bir o‘rtog‘inikiga mehmonga ketdi. Kosib 
xotinining o‘ynashi bor ekan, bir sartaroshning 
xotini esa ular orasida vositachi ekan. Kosibning 
xotini eri ketishi bilanoq sartaroshning xotinini 
o‘ynashinikiga yubordi, erim ziyofatga ketdi, tez 
yetib kel, deb ayttirib yubordi. Kech kirganda 
o‘ynash kelib eshik oldida poylab turgan edi, 
kosib mehmondorchilikdan qaytib keldi. Av-
vallari ham shubha lanib yurgan odamini eshik 
oldida ko‘rgach, kosib uyga kirib xotinini rosa 
do‘pposladi va ustunga bog‘lab qo‘ydi. O‘zi esa 
o‘rniga kirib yotdi. Yarim kechada, hamma uy-
quga ketganda sartaroshning xotini kelib dedi: 
– Nima uchun o‘ynashingni shunchalik munta-
zir qilasan? Istamasang ayt, ketsin. 
Kosibning xotini dedi: 
– O‘rtoqjon, agar rahming kelayotgan bo‘lsa, 
meni yechib yubor, seni o‘z o‘rnimga bog‘lab 


83
qo‘yay. Do‘stim bilan ko‘rishib uzr so‘ray va tezlik 
bilan qaytib kelay. Buning evaziga nima desang 
beraman. 
Sartaroshning xotini uning gapiga ko‘ndi. 
Kosib ning xotini uni ustunga bog‘lab, o‘zi o‘ynashi 
yoniga ketdi. Shu payt kosib xotinini chaqirib 
qoldi, sartaroshning xotini esa, u tanib qoladi, 
deb damini chiqarmadi. Kosib yana chaqirdi, 
sartaroshning xotini yana ovoz bermadi. Kosib-
ning g‘azabi toshib, o‘rnidan turdi-da, sartarosh 
xotinining burnini kesib qo‘liga berdi: «Buni o‘z 
oshig‘ingizga tuhfa qilib yuboring», – dedi.
Birozdan keyin kosibning xotini qaytib kelib, 
dugonasining burni kesilganini ko‘rib, xafa bo‘ldi 
va uzr so‘radi. Keyin uni yechib yuborib, ustunga 
o‘zini bog‘ladi. Sartaroshning xotini burni qo‘lida, 
uyiga jo‘nadi. Zohid butun hodisalarni kuzatar va 
oradan bo‘lib o‘tgan so‘zlarni eshitib yotar edi. 
Kosibning xotini bir soat turdi, so‘ng qo‘lini duoga 
ko‘tarib, yolvora boshladi: 
– Xudoyo xudovando, agar erim meni be-
gunohdan begunoh burnimni kesgan bo‘lsa, 
burnimni o‘rniga qo‘y, avvalgiday bo‘lib ketay.
Bu so‘zlarni eshitgan kosib dedi: 
– Ey, haromzoda jodugar, nimalar deyapsan?
Kosibning xotini dedi: 
– Ey, zolim, sen menga jabr-sitam qilgan 
bo‘lsang, xudo menga rahm qildi, tur, uning mar-
hamatini tomosha qil! Men begunoh bo‘lganim 
uchun xudo burnimni sog‘aytirdi va xaloyiq o‘rta-
sida meni sharmanda qilmadi.
Kosib chiroqni yoqib, xotinining yoniga keldi, 
qarasa, burni joyida. U darrov gunohiga iqror 


84
bo‘ldi, xotinidan uzr so‘radi. Shirin so‘zlar bilan 
bundan buyon unga ozor bermaslikka, yaramas, 
og‘zi shaloq, yolg‘onchi odamlar bo‘htoniga ishon-
maslikka va o‘zining nomusli, duosi mustajob 
xotinini ranjitmaslikka so‘z berdi.
Sartaroshning burni kesilgan xotini esa uyiga 
kelgach, erimga va qo‘ni-qo‘shnilarimga nima dey-
man, qanday hiyla ishlatsam ekan, degan o‘y bilan 
qayg‘uga botdi. Shu payt sartarosh uyg‘onib dedi:
– Asboblarimni tayyorla, bir mo‘tabar odamning 
uyiga soch olgani borishim kerak.
Xotin imirsilab, oxiri bitta ustarani ochib, 
eri ning qo‘liga berdi. Sartarosh g‘azab bilan 
qorong‘ida ustarani xotini tomonga otdi. O‘sha 
zahoti xotini o‘zini yerga tashlab: «Voy burnim, 
voy burnim!» – deb faryod ko‘tardi. Sartarosh nima 
qilarini bilmay qoldi. Xotinining qarin doshlari 
yig‘ilib, uni malomat qila boshladilar. Sartarosh 
bechora iqror bo‘lishni ham, inkor etishni ham 
bilmas edi. Har qalay tong otdi, xotinning qarin-
doshlari sartaroshni qoziga olib bordilar. Ittifoqo, 
zohid kosibning uyidan chiqib, qozining mahka-
masiga kelgan edi. U qozi bilan qadrdon oshna edi.
Qozi sartaroshni so‘roq qildi: 
– Ey, usta, begunoh xotinni nega bu ahvolga 
solding? Sartarosh javob berishdan ojiz edi. Qozi 
uning ustidan hukm chiqarmoqchi bo‘lganida, 
zohid o‘rnidan turib dedi:
– Ey, qozi, shoshma. Bir sababi bo‘lmaganda. 
o‘g‘ri to‘nni olmasdi, qo‘chqorlar tulkini o‘ldirmas-
di, buzuq xotin zaharlanib o‘lmasdi va sartaro-
shning xotinining burni kesilmasdi. Mana shu 
balolarni biz o‘z boshimizga o‘zimiz orttirdik.


85
Qozi sartaroshni qo‘yib, zohidga o‘girildi va 
nimalar bo‘lganini so‘radi. Zohid hamma ko‘rgan 
narsalarini boshdan-oyoq gapirib berdi va dedi: 
– Agar menda muridlarimni, menga tobe 
odamlarni ko‘paytirish umidi bo‘lmaganda edi, 
o‘g‘riga aldanmagan, libosimni oldirmagan 
bo‘lardim. Agar tulki badnafs va tamagir bo‘lmasa 
edi, qo‘chqorlar orasida qolib o‘lmas edi. Ko‘ngli 
egri xotin birovning hayotiga qasd qilmasa, o‘zi 
zahar yutib, jon bermas edi va sartaroshning xo-
tini harom ishga yordam bermasa, burni kesilib, 
rasvo bo‘lmas edi.
Kalila dedi: 
– Sen bu baloni o‘z boshingga o‘zing orttirga-
ningni bilib qo‘y, deb bu masalni aytdim. Uning 
natijasini o‘ylab ko‘rmading.
Dimna dedi: 
– Rost aytasan, bu ishni o‘zim qildim. Endi sen 
qanday maslahat berasan?
Kalila dedi: 
– O‘zing qanday fikrdasan?
Dimna dedi: 
– Men bir hiyla ishlatib, ustalik bilan o‘z yo‘lim-
dagi g‘ovni olib tashlamoqchiman. Agar imillab, fur-
satni qo‘ldan berib qo‘ysam, aqlli odamlar oldida 
xor bo‘laman. Buning ustiga, men yangi mansab 
orqasidan quvayotganim yoki biror narsa talab 
qilayotganim yo‘qki, meni ochko‘z va tamagir de-
salar. Bir necha narsalar borki, odamlar ularni 
qo‘lga kiritish uchun hiyla ishlatib, tadbir bilan 
harakat qilishni lozim deb biladilar. U narsalar 
quyidagilardir: qo‘ldan chiqqan o‘ljani yana qay-
ta qo‘lga kiritish va zararli narsalarni bartaraf 


86
qilish; erishilgan yutuqni qo‘lda saqlagan holda, 
kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatning 
oldini olish.
Men avvalgi mavqeyimga qaytish va avvalgidek 
farog‘at da yashash niyatida bo‘lganim uchun 
shunday bir hiyla ishlatayki, ho‘kiz yer yuzi bilan 
vidolashib, yer ostini o‘ziga makon qilsin. Bu bilan 
yuragim tinchiydi, sherga yaqinroq bo‘lib olaman. 
Sher ho‘kizga marhamatini haddan oshirib yubor-
di, bu bilan o‘z mahramlarini norozi qilib qo‘ydi.
Kalila dedi: 
– Ho‘kizning mansabini ko‘tarib, sher xato qildi, 
deb o‘ylamayman.
Dimna dedi: 
– U Shatrabaga behad muruvvat ko‘rsatib, 
boshqa xayrixohlarni nazardan chetda qoldirdi. 
Shunga ko‘ra, hamma shohdan ranjigan. Donish-
mandlar aytibdurlarki, olti narsa podshohlikning 
dushmanidir. Ular – mahrumlik, fitna, ehtiros, 
ofat, tezlik, tuturiqsizlik. Mahrumlik – xayri-
xohlarni o‘zidan uzoqlashtirish, aql va tajriba 
egalarini o‘z vazifalaridan quvish va shunday 
qilib, sadoqatli va iste’dodli odamlardan ajral-
ish demakdir. Fitna – kutilmagan isyon va ichki 
urushlarning boshlanishi, dushman qilichining 
o‘z g‘ilofidan chiqishi de makdir. Ehtiros – xotinga, 
ovga, kayf-u safoga va ichkilik kabi narsalarga 
haddan ortiq mayl ko‘rgazishdan iboratdir. Ofat – 
xastalik, vabo, toshqin, yong‘in kabi narsalardir. 
Tezlik – jazo va siyosatni haddan oshirmoqdir. 
Tuturiqsizlik – do‘stlik qilish lozim bo‘lgan joyda 
dushmanlik, yaxshilik o‘rnida yomonlik qilmoq 
demakdir.


87
Kalila dedi: 
– Aytganlaringning hammasini tushundim, 
lekin sen ho‘kizni qanday qilib o‘ldirmoqchisan, 
axir uning kuchi sening kuchingdan ortiq, osh-
na-og‘aynilari esa senikidan ko‘pdir.
Dimna dedi: 
– Sen bunga ahamiyat berma, chunki ishning 
muvaffaqiyati jismoniy quvvatdan va ko‘mak-
chilarning ko‘pligidan bo‘lmaydi. Otalar maslahat 
va tadbir bilan qilingan ishni qo‘l kuchi bilan qilib 
bo‘lmaydi, deganlar. Bir qarg‘aning hiyla ishlatib, 
ilondan qasos olganini eshitmaganmisan?
Kalila dedi: 
– U qanday qasos olgan ekan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin