Dimnaning hikoyati
Aytibdurlarki, dengiz qirg‘og‘ida, tatava degan
bir juft qush yashar edi. Bir kun tatavaning mo-
dasi:
– Tuxum qo‘ymoq uchun yaxshi joy topish
lozim, – dedi.
Nar javob berdi:
– Tuxum qo‘yishga shu yer yaxshi, boshqa joyga
ko‘chishga ehtiyoj yo‘q.
Moda dedi:
– O‘ylab ko‘rish kerak. Agar dengiz toshib, mavj
ursa, to‘lqin bolalarimizni olib ketadi, mehnatimiz
zoye ketadi.
Nar dedi:
116
– Dengiz tangrisining yurak yutib biz tomonga
kelishi gumon. Agar bu yerga kelib, bolalarimizni
halok qilsa, undan qasos olish oson.
Moda dedi:
– Odam o‘z kuchini bilsa, hadidan oshmasa
yaxshi bo‘ladi. Sen qaysi kuch va qudratingga
ishonib, dengiz tangrisiga tahdid solasan va qasos
olaman, deb qo‘rqitmoqchi bo‘lasan. Bu fikring-
dan qayt, xavfsiz bir joy topishga urin. Xayrixoh
do‘stlar so‘ziga kirmagan kimsa toshbaqaning
holiga tushadi.
Nar so‘radi:
– Toshbaqaga nima bo‘pti?
Tatavaning toshbaqa haqidagi hikoyati
Aytibdurlarki, bir ko‘lda ikki o‘rdak va bir
toshbaqa yashardilar. Qo‘shni bo‘lganlari uchun
ular bir-birlari bilan do‘st va ittifoq edilar. Birdan
g‘addor falak ularning tinchgina turmushini buz-
di. Ularning hayot manbayi bo‘lgan suv kamaya
boshladi. Buni ko‘rgan o‘rdaklar toshbaqa yoniga
kelib dedilar:
– Vidolashmoqqa keldik, ey aziz do‘stimiz, sa-
lomat qol!
Toshbaqa bu gapni eshitib, nola qildi va ko‘z
yoshlarini oqizib dedi:
– Ey, mening aziz do‘st va mehribon birodar-
larim! Suvning ozayishi men uchun yana ham
dahshatlidir, men suvsiz yashay olmayman. Endi
muruvvat vaqti keldi, meni ham xalos etmoq
uchun bir tadbir ko‘ringlar.
O‘rdaklar dedilar:
117
– Sendan ayrilish va hijron dardini chekish
biz uchun yanada og‘ir. Sendan ajralib qayerga
ketmaylik va qanday noz-u ne’mat ichida yasha-
maylik, bizga tatimaydi. Lekin sen o‘z do‘stlaring
nasihatlariga quloq solmaysan, o‘z foydangni
tushunmaysan. Seni ham birga olib ketishi-
mizni xohlasang, bir shartimiz bor: osmonga
ko‘taril gandan keyin bizni kim ko‘rmasin va nima
demasin, indamaysan, og‘izni mahkam yumib
ketaverasan.
Toshbaqa dedi:
– Roziman. Aytganingizni qilaman: tishimni
tishimga qo‘yib, hech nafasimni chiqarmayman.
O‘rdaklar bir novda topib keltirdilar. Toshbaqa
uning o‘rtasidan tishladi, o‘rdaklar ikki boshidan
tishlab osmonga ko‘tarildilar. Odamlar ularni
ko‘rib, taajjub bilan o‘ng va so‘ldan: «O‘h-hu, ana-
vini qaranglar, o‘rdaklar toshbaqani uchirib olib
ketyapti», – deb qichqira boshladilar. Toshbaqa bir
muddat indamay bordi, keyin o‘zini tuta olmay,
«ko‘rolmaganlarning ko‘zi chiqsin» demoqchi bo‘lib
og‘iz ochgan edi hamki, yerga tushib chilparchin
bo‘ldi.
O‘rdaklar bu voqea hammaga ibrat bo‘lsin deb,
uni har yerda gapirib yurdilar.
Nar dedi:
– Nima demoqchi bo‘lganingni tushundim. Le-
kin shunga qaramay qo‘rqmasdan tuxumlaringni
shu yerga qo‘yaver.
Moda uning aytganini qildi. Narning baland-
parvoz so‘zlaridan g‘azablanib dengiz tangrisi
qattiq to‘lqin ko‘tardi. To‘lqin qushning endigina
tuxumdan chiqqan bolalarini olib ketdi.
118
Bu holni ko‘rgan moda iztirobga kelib, narga
dedi:
– Suv bilan hazillashib bo‘lmasligini bilardim.
Sen esa o‘z manmanliging bilan bolalarimizni
halok etding. Endi o‘z boshimizga bir falokat kel-
masaydi.
Nar dedi:
– Ko‘p kuyinma. Kishi tupurgan tupugini qaytib
og‘ziga olmaydi. Men aytgan so‘zimda turib, dengiz
tangrisidan, albatta, qasos olaman.
Erkak tatava darhol boshqa qushlarning yoniga
bordi. Ularning boshliqlarini yig‘ib, o‘z boshiga
tushgan falokatni ularga aytib berib dedi:
– Agar hammamiz bir bosh, bir qanot bo‘lib bu
baloning oldini olmasak, dengiz tangrisi hadidan
oshib quturaveradi, butun qushlar naslini yo‘q
qilib yuboradi.
Qushlar yig‘ilib Semurg‘ning yoniga keldilar va
ahvolni unga batafsil so‘zlab berdilar:
– Agar dengiz tangrisidan o‘ch olib bera olma-
sang, bugundan boshlab seni qushlarning pod-
shohi deb tanimaymiz.
Semurg‘ buni eshitgach, qanot qoqib osmonga
ko‘tarildi. Bundan dadillangan boshqa qushlar
ham dengiz tangrisidan intiqom olish uchun Se-
murg‘ning ketidan parvoz qildilar. Dengiz tangrisi
Semurg‘ning qudratini va bahamjihat bo‘lgan
boshqa qushlarning kuch va matonatini yaxshi
bilardi. Shuning uchun tatavaning bolalarini qay-
tarib berishga majbur bo‘ldi.
Dimna dedi:
– Men bu masalni shuning uchun keltirdimki,
hech vaqt dushmanni mensimaslik kerak emas,
119
birinchi bo‘lib urush boshlash oqil kishining ishi
emas.
Shatraba dedi:
– Xo‘p, men birinchi bo‘lib urush boshlamay-
man, lekin sher menga qasd qilsa, o‘zimni mudo-
faa qilishga majbur bo‘laman.
Dimna dedi:
– Albatta, shunday qilish kerak, endi hujumga
shaylangan sherning alomatlarini aytib beray:
agar sher qomatini bukib, tuklarini xurpaytirib,
dumlarini yerga urganini ko‘rsang, bilginki, u
hujumga tayyorlanayotir.
Shatraba dedi:
– Yaxshi, men bu alomatlarni ko‘rsam, butun
shubhalarim tasdiqlangan bo‘ladi va sherning
menga hamla qilmoqchi bo‘lganiga ishonch hosil
qilaman.
Dimna shod-u hurram bo‘lib Kalilaning yoniga
keldi.
Kalila so‘radi:
– Ishlaring qanday boryapti?
Dimna javob berdi:
– Ko‘ngildagidek, hamma ish o‘z joyida...
So‘ngra ikkalasi sher yoniga keldilar. Shu payt
Shatraba ham kelib qoldi. Sherning nazari Shat-
rabaga tushishi bilanoq qaddini bukib, dumini
yerga ura boshladi.
Shatraba sher hujum qiladi, deb o‘ylab, o‘z-o‘zi-
ga dedi:
– Shoh xizmatida bo‘lmoq ilon bilan bir yerda
yotmoq yoki sher bilan bir g‘orda yashamoq kabi
qo‘rqinchli va tahlikalidir. Ilon uxlagan va sher
uyquga ketgan bo‘lsa ham, oxirida biri zahrini
120
soladi, ikkinchisi esa hamla qilish uchun og‘zini
ochadi. Shatraba bularni xayoldan kechirgach,
u yoq-bu yoqqa qarab jangga hozirlandi. Buni
ko‘rgan sher hujumga o‘tdi. Ikkovlari uzoq olishdi,
har ikki tomondan ham ko‘p qon to‘kildi.
Kalila bu holni ko‘rib, Dimnaga dedi:
– Ming hiylaga ming bir fitna
Dostları ilə paylaş: |