Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Shatrabaning yana bir hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Shatrabaning yana bir hikoyati
Bir kun lochin tovuqqa debdi:
– Ey, tovuq, sen bevafo va ahdingda turmay-
digan badfe’l parrandasan.
Tovuq so‘radi: 
– Mendan qanday bevafolik sodir bo‘ldi?
Lochin dedi: 
– Bevafoliging alomati shuki, odamlar senga 
ko‘p yaxshiliklar qiladilar. Uylarida dun yoga ke-


108
libsan, suv va donlarini yeb katta bo‘libsan, yana 
seni it va qushlardan asraydilar. Lekin qachonki 
seni tutmoqchi bo‘lsalar, tomdan tomga qochasan 
va nola qilasan, tuzlarining haqini oqlamaysan, 
valine’mating dan qo‘rqasan. Men esa vahshiy 
jonivorman. Lekin agar bir-ikki kun ular bilan 
ulfat bo‘lsam, qo‘llaridan taom yesam, tuzlarini 
oqlayman. Ularga ov qilib beraman. Uzoqqa ket-
gan bo‘lsam, chaqirsalar, uchib kelaman.
Tovuq dedi: 
– Gaping rost. Sening uchib kelishing va 
mening qochishimning boisi bor, sen hech qachon 
lochinning sixga tortilganini ko‘rganmisan? Men 
esa ancha tovuqlarning sixda biryon bo‘lganlarini 
ko‘rdim. Agar sen ko‘rgan bo‘lsayding, ularning 
yoniga sira yo‘lamas eding, men tomma-tom qoch-
sam, sen tog‘ma-tog‘ qocharding.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, bilib 
ol: shoh larning siyosatlarini ko‘rganlar tinchlarini 
yo‘qotadilar.
Shatraba so‘zida davom etib dedi: 
– Balki menda bo‘lgan iste’dod shohning g‘aza-
biga sabab bo‘lgandir. Chunki yaxshi otni kuchli 
va chopqir bo‘lganligi uchun jilovlab minadilar. 
Mevali daraxtning shoxini mevasi borligi uchun 
sindiradilar, tovus esa go‘zalligi uchun hamisha 
pati yuluq va qanoti qirqilgan bo‘ladi...
Hunar egalarini hamisha iste’dodsiz va baxil 
odamlar oyoqosti qiladilar, ular olchoq va razil 
odamlarning nafrat va g‘azabiga sabab bo‘ladilar. 
Iste’dodsiz, baxil, olchoq va razil odamlar iste’dodli 
va oliyjanob odamlardan ko‘pdir, shuning uchun 
g‘iybat va bo‘hton bilan yaxshilarni halok etadilar. 


109
Xasis saxiyni ko‘rsa, johil olim bilan bir majlisga 
tushsa, ahmoq oqil bilan suhbat qursa, yuraklari 
siqilib, qonlari qaynab ketadi. Iste’dodsiz odamlar 
hunar egalarini yerga urib, ularni gunohkor qilib 
ko‘rsatishga harakat etadilar. Diyonatni jinoyat 
qilib ko‘rsatadilar, baxt-saodat vositasi bo‘lgan 
hunar va iste’dodni baxtsizlik vasilasiga aylan-
tiradilar.
Agar taqdir taqozo qilgan bo‘lsa, fe’li aynigan 
podshohga qarshi turish quturgan sherni zanjir-
lashdan, zaharli ilonni tutishdan qiyin.
Dimna dedi: 
– Sherning bu qarorining sababi yovuzlarning 
tuhmati emas. Ochig‘ini aytganda, u kuchli zo-
lim, g‘addor, hiylakor va xoindir. Bunaqalarning 
do‘stligining avvali hayot kabi shirin, so‘nggi esa 
o‘lim kabi achchiq bo‘ladi.
Shatraba dedi: 
– To‘g‘ri aytasan, men sherning xizmatiga kirib, 
xatoga yo‘l qo‘ydim... Ajal haydab meni bu yerga 
olib kelgan ekan. Yo‘qsa, men qayda-yu, sher 
bilan do‘stlik qayda?! U go‘sht yeydi, men esa 
o‘t. Men uning taomi, u esa mening dushmanim! 
Toleyim shu ekan! Meni girdobga tashlagan narsa 
ochko‘zlik, boylik va dabdaba, sha’n va shavkat 
hirsi bo‘ldi... Asalari nilufar gulining rangini 
ko‘rib, darhol unga qo‘nadi, shirasini so‘rib, hi-
didan zavqlana boshlaydi. U bu ishga shunday 
berilib ketadiki, uchib ketish kerakligini unutib 
qo‘yadi. Nilufar sekin-asta o‘z yaproqlarini yuma-
di va asalari ular ichida qolib halok bo‘ladi. O‘z 
qismatiga rozi bo‘lmay, ortiqcha narsalar talab 
qilgan odam go‘zal chamanliklarda rang-barang 


110
chechaklarning xushbo‘y hidiga va yashil yaproqli 
daraxtlarning mevalariga qanoat qilmay, filning 
qulog‘iga kirgan va qulog‘ining bir harakati bilan 
halok bo‘lgan pashshaga o‘xshaydi. Qadr-qim-
matni bilmagan odamga xizmat qilmoq – sho‘r 
yerga urug‘ sepmoq, o‘lik bilan kengashmoq, kar 
qulog‘iga hikmat darsi o‘qimoq, oqar suv yuziga 
g‘azal yozishga urinmoq bilan barobar...
Dimna dedi: 
– Bu so‘zlarni qo‘y, o‘zingni qutqarish uchun 
biror chora ko‘r.
Shatraba dedi: 
– Men nima ham qila olar edim? Sher men 
to‘g‘rimda yomon fikrda bo‘lmasa ham, uning 
yaqinlari meni o‘ldirmoqqa sa’y qilmoqdalar. Agar 
shunday bo‘lsa, biror chora ko‘rmoq mushkul dir. 
Chunki zolimlar bir-birlariga qo‘shilib birovni 
mahv etishga qasd qilsalar, birgalashib sherdan 
g‘olib chiqqan bo‘ri, zog‘ va shag‘ol kabi o‘z maq-
sadlariga erishadilar.
Dimna so‘radi: 
– U qanday bo‘lgan edi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin