Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Otaning hikoyati
Bir qurbaqa ilonga qo‘shni edi. Qurbaqa har 
bolalaga nida ilon uning bolalarini yeb ketardi. 
Qurbaqaning bir qisqichbaqa do‘sti bor edi. Bir 
kuni qurbaqa uning yoniga borib dedi: 
– Ey, birodar, menga bir chora ko‘rsat. Keyingi 
paytlar da bir zo‘r va shafqatsiz dushman paydo 
bo‘lib qoldi, u bilan olishib yenga olmayman. 
O‘zim bu yerga o‘rganib qolganim uchun hech 
qayoqqa keta olmayman. Manzilim go‘zal, ob-ha-
vosi musaffo, yeri zumraddek yam-yashil.
Qisqichbaqa dedi: 
– G‘am yema. O‘zingdan kuchli dushmanni 
yolg‘iz hiyla bilangina yengib bo‘ladi.


126
Falon joyda latcha degan bir hayvon yashaydi. 
Sen bir qancha baliq tutib, ularni o‘sha hayvon-
ning uyasidan to ilonning inigacha to‘kib bor. U 
hayvon hid bilib uyasidan chiqadi, baliqlarni yeb-
yeb, ilonning uyasigacha keladi va sen ilondan 
xalos bo‘lasan. 
Qurbaqa bu hiyla bilan ilonni o‘ldirtirdi. Bir 
necha kundan so‘ng haligi hayvon ovqat izlab, 
boyagi baliq yegan yo‘lidan keldi, lekin baliqni 
topmay, qurbaqani va uning bolalarini yeb ketdi.
Bu masalni men har kim birovga choh qazisa
o‘zi yiqilib tushishini ko‘rsatish uchun so‘zlab 
berdim.
Hiylagar o‘g‘il dedi: 
– Ota, qo‘ying, gapni qisqa qiling. Bu ish andak 
mehnat talab qilsa hamki, foydasi ko‘p.
Chol bechorani mol-dunyo hirsi va otalik mu-
habbati yo‘ldan urdi, u o‘g‘lining gapiga kirdi.
Ertasi kun qozi shahardan chiqib, daraxt ostiga 
keldi. Tomosha qilish uchun anchagina boshqa 
odamlar ham unga ergashib kelgan edi. Qozi yuzi-
ni daraxtga o‘girib, tillalarning nima bo‘lganini 
so‘radi. Daraxtdan, tillalarni soddadil olib ketgan, 
degan sado chiqdi. Taajjublangan qozi daraxt 
atrofida aylanib yurib, unga diqqat bilan razm 
soldi. Daraxtning katta kovagi borligini ko‘rdi-da, 
masalani tushundi. O‘z-o‘ziga: «Xiyonatga marha-
mat yo‘q», – deb daraxt atrofiga shox qalatdi va o‘t 
qo‘ydirdi. Chol bir soatcha chidab jim turdi, lekin 
halok bo‘lishini bilib yolvora boshladi. Qozining 
buyrug‘i bilan uni daraxt ichidan chiqardilar. 
Qozi savol-javob qilib, haqiqatni bildi, soddadiln-


127
ing to‘g‘riligi, hiylagarning makri ma’lum bo‘ldi. 
Chol chekkan azoblariga va nomusiga chiday 
olmay, shu yerning o‘zidayoq jon berdi. Hiylagar-
ni jazolab, adabini berdilar va otasining o‘ligini 
yelkasiga qo‘yib, shaharga jo‘natdilar. Soddadil 
esa to‘g‘riligi tufayli hamma tillalarni olib, o‘z uyi-
ga ravona bo‘ldi.
Hiylaning natijasi yomon, xiyonatning oqibati 
xatarli ekanligini bilgin deb masalni keltirdim... 
Ey, Dimna, sen shaxsiyatparastlik, qalloblikda 
shu darajaga yetibsanki, til uni tasvirlashdan 
ojiz, aql uni tasavvur qilishga kuchsizdir. Sening 
makr-u hiylalaringni do‘stlarga qanday «foyda» 
yetkazishini o‘z ko‘zing bilan ko‘rib turibsan, lekin 
senga uning ziyoni tegmaydi, deb o‘ylaysanmi?.. 
Sen ilon kabi ikki tillisan, lekin ilondan battarsan, 
sening har ikkala tilingdan zahar tomadi. Ariq va 
soy suvi dengizga quyilgunga qadar shirin bo‘ladi, 
oilaning ishi yomon odam aralashguncha, qar-
doshlik va do‘stlik muhabbati razil odamlar oraga 
tushguncha mustahkam bo‘ladi. Men hamisha 
senga yaqin bo‘lishdan qo‘rqar edim. Donish-
mandlar debdurlarki, fisq-u fasod, razil va olchoq 
odamlar, garchi senga qarindosh bo‘lsalar ham, 
ulardan qochmoq lozim. Razil va xoin odamlar-
ning do‘stligi ilonni tarbiyat qilishdek bir narsa. 
Ilon egasi unga qanchalik yaxshi parvarish etsa 
ham, payt kelganda bir kun o‘z egasining yorug‘ 
kunini qorong‘i kechaga aylantiradi, o‘z vafosizligi-
ni namoyon qiladi. Fe’l-atvorlari uncha yaxshi 
bo‘lmasa-da, aslida aqlli odamlar bilan do‘stlash, 
ularning aql va kamolidan, bilim va tajribasidan 


128
bahra ol. Ularning yomon xulqlarini o‘rganma. 
Lekin ahmoq va johil odamlardan qochmoq zarur. 
Chunki ulardan yomonlik dan bo‘lak narsa chiq-
maydi. Ular bilan do‘stlashgan pushaymon bo‘la-
di. Sen ham shular toifasidansan. Sendan hech 
bir yaxshilik chiqmaydi, chunki seni izzat-hurmat 
qilgan, seni martabangni ko‘targan shohning 
boshiga ne kulfatlar solmading!
Sening ishing: «Sichqon yuz botmon temirni 
yegan bir shaharda o‘n botmon keladigan bolani 
bir qiyg‘ir olib qocha olmaydimi?» – degan savdog-
arning gapiga o‘xshaydi.
Dimna so‘radi: 
– Unga nima bo‘lgan ekan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin