Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Kalilaning savdogar haqidagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Kalilaning savdogar haqidagi hikoyati
Unchalik boy bo‘lmagan savdogar bir kun sa-
farga chiqmoqchi bo‘ldi. Uning yuz botmon temiri 
bor edi. Shu temirni bir oshnasining uyiga qo‘yib 
ketdi. Savdogar safardan qaytib, temirni so‘ra-
ganida oshnasi dedi:
– Men omonatingni uyning burchagiga qo‘yib, 
xotirjam yuraveribman, o‘sha burchak yonida 
sichqonning uyasi bor ekan, la’natilar fursatni 
g‘animat topib, butun temirni kemirib qo‘yishibdi.
Savdogar dedi: 
– Gaping to‘g‘ridir. Men ham sichqon juda 
temirga o‘ch bo‘ladi, deb eshitgan edim.
Uy egasi suyunib, savdogar so‘zimga ishondi va 
temiridan voz kechdi deb, mulozamat qila bosh-
ladi, so‘ng dedi: 
– Uzoq safardan kelibsan, mening uyimda qol. 
Mehmon qilaman.


129
Savdogar dedi: 
– Bugun zarur ishlarim bor, ertaga kelarman.
Savdogar ko‘chaga chiqib, oshnasining o‘ynab 
yurgan o‘g‘lini olib ketib, o‘z uyiga yashirib qo‘ydi. 
Ertasi kun savdogar oshnasining uyiga kelganda, 
u yig‘lab o‘tirar edi. Savdogardan: 
– O‘g‘limni ko‘rmadingmi? – deb so‘radi. 
Savdogar dedi:
– Kecha senikidan ketayotganimda bir qiyg‘ir 
bir go‘dakni changaliga olib, uchib ketayotganini 
ko‘rib qoldim. O‘sha sening o‘g‘ling bo‘lmasin?
Oshnasi jahl bilan dedi: 
– Sen axir to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘onni nega ga-
pirasan?! Esingni yedingmi, axir kichkina qiyg‘ir 
bir bolani ko‘tarib olib keta olarmidi?
Savdogar istehzoli kulib dedi: 
– Unchayam ajablanma. Axir yuz botmon 
temirni sichqon yeb qo‘yadigan bu shaharda o‘n 
botmon keladigan bolani qiyg‘ir ko‘tarib uchol-
maydimi? 
Oshnasi gapni qayerga burayotganini fahmlab, 
uy egasi dedi: 
– Sichqon temirni yemagan, bolamni keltirib, 
temiringni olib ket.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, bilib 
qo‘y: shohning boshiga shuncha kulfatlar solgan 
kimsa boshqalarga undan ham ko‘p zarar yetka-
zishi mumkin. Shunday bo‘lgandan keyin hech 
kimning senga ishonchi qolmaydi. Do‘stga vafo 
qilmagan, xayrixohlikni bilmagan odam bilan 
do‘st bo‘lish hech qanday yaxshi natija bermaydi. 
Tushunmaganga, qadriga yetmaganga yaxshilik 
qilishdan, quloq solmaganga nasihat qilishdan 


130
va og‘zi bo‘shga sir aytishdan katta xato bo‘lishi 
mumkin emas. Ming nasihat qilganim bilan se-
ning tabiating o‘zgarmaydi. Sendek kasofat bilan 
do‘st bo‘lish falokat keltiradi. Sahar shabadasi 
ham do‘stlikka o‘xshaydi: u agar gulzordan essa, 
xushbo‘y bo‘ladi, najosat bor yerdan essa, badbo‘y 
bo‘ladi. Bilib turibman, bu so‘zlarim senga og‘ir 
botyapti, chunki to‘g‘ri so‘z achchiq bo‘ladi, nodon 
va beaql odamlarga aslo yoqmaydi.
Kalilaning so‘zi shu yerga yetganda, Shatraba 
o‘z qoniga belanib, sher changalida jon bergan edi. 
Sher buni ko‘rib, jahldan tushdi, so‘ngra fikrga 
cho‘mib, o‘z-o‘ziga dedi:
– Bechora Shatraba, naqadar aqlli, farosatli va 
shijoatli eding. Bilmadim, to‘g‘ri ish qildimmi yo 
xato qildimmi? Sening haqingdagi gaplar rostmi 
yoki qasddan uydirilgan fitnami? Har holda, bu 
men uchun qattiq musibat bo‘ldi. Endigi afsus va 
pushaymondan foyda yo‘q.
Dimna uzoqdan sherning tashvish tortayot-
ganini ko‘rib, pushaymon bo‘layotganini darhol 
angladi va Kalilaning so‘zini bo‘lib, sherning yo-
niga keldi: 
– Ey, shohi jahon, sizni buncha o‘ylatib qo‘ygan 
narsa nima? Bu kundan ham muborak kun 
bo‘ladimi? Axir shoh g‘olib kelib, nusrat topdilar, 
dushman mag‘lub bo‘lib, qonga belandi.
Sher dedi: 
– Shatrabani o‘ylaganim sari uning do‘stligi, 
samimiyligi, odobi, xulq-atvori, bilimi, ishbilar-
monligi, jasorat va shijoatliligi yodimga tushib, 
qal bim g‘am va alamga to‘lmoqda. U davlatimning 
pushtipanohi va lashkarimning takya gohi edi, 


131
u raqiblarim ko‘ziga botadigan tikan, do‘stlarim 
yuziga yarashadigan bir xol edi...
Dimna dedi: 
– Bu tuznamak dushman uchun hasrat chek-
mang. Qo‘lga kiritgan zafardan shodlanmoq lozim, 
uni sizga yuborilgan katta bir baxt deb bilmoq 
kerak... Xavfli odamlarning gunohini kechirmoq 
aqlli odamlarga yarashmas. Shohning dushman-
lari uchun eng ishonchli zindon – qabr va eng 
ta’sirli qamchi – qilichdir.
Aqlli shohlar ko‘pincha o‘zlariga yoqmasa ham, 
mahoratli odamlarni yonlariga chaqirib olib, ularni 
mansabdor qiladilar, aksincha, yoqimli odamlarni 
tadbirsizligi uchun o‘zlaridan uzoqlashtiradilar, 
jazolaydilar. Achchiq bo‘lsa ham, odam foydali 
dorini ichadi. Ish qilishga, qilich tutishga yaray-
digan qo‘lning barmog‘ini agar ilon chaqsa, butun 
badan salomatligi uchun uni qirqib tashlaydilar.
Bu so‘zlarni eshitgach, sher biroz taskin topdi. 
Lekin oradan birmuncha vaqt o‘tgach, ho‘kizning 
ishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdilar. Dimnaning 
qabih ishlari, ho‘kizga tuhmat qilgani oshkor 
bo‘ldi. Ho‘kiz qasosi uchun uni sher qatl qildi.
«Nima eksang shuni o‘rasan». Hiyla va xiyonat 
daraxtining mevasi musibat va falokat bo‘ladi...
Bir iflosning tuhmati bilan ikki do‘stning 
bir-biridan ayrilgani haqidagi rivoyat shundan 
iboratdir.


132

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin