II
Sichqonlar podshohi va uning vazirlari
Hind rojasi brahman Beydaboga dedi:
– Bu masalni ham eshitdim. Lekin men istar edim-
ki, sen inson qanday qilib sadoqatli, dono va halol
kengashchilarni topa oladi va ulardan qanday qilib
foydalana oladi, shu haqda hikoya qilib bersang.
Brahman dedi:
– Kimki sadoqatli va dono kengashchi topib olib,
uning maslahatlariga quloq solsa, u sichqonlar pod-
shohi o‘zining sadoqatli vaziri bilan maslahatlashib,
351
o‘zini va butun sichqonlarni falokatdan qutqarib
qolgandek, falokatdan xalos bo‘ladi.
Roja so‘radi:
– U qanday hikoya?
Brahmanning hikoyati
Brahmanlar yashaydigan mamlakatda Duran
degan bir viloyat bo‘lgan. Bu viloyatning o‘rtasi-
da mahsuldor dalalar bilan qurshalgan Idozinun
degan bir shahar bor edi. Bu shaharda Mehroz
nomli bir sichqon bo‘lib, u shu shahardagi va sha-
har atrofidagi sichqonlarning podshohi edi. Uning
uch vaziri bor bo‘lib, shoh har ishda ular bilan
maslahatlashar va aytganlariga amal qilar edi.
Ulardan birining oti Zuzama edi. U aql va kamolda
boshqalardan ustun edi. Ikkinchisining oti Shira,
uchinchisining oti Bog‘doz edi.
Kunlardan bir kuni ularning uchalasi ham pod-
sho huzurida bahslashib qolishdi. So‘z sichqon-
larga va ularning ota-bobolariga dushman bo‘lgan
mushukdan xalos bo‘lish ustida borar edi. Birinchi
bo‘lib shoh so‘z boshladi:
– Men hikmat egalaridan eshitganman, ular
aytadurlarki, inson ishonchli va nomusli masla-
hatchi tanlay bilishi, farzandlariga ikki narsani
tushuntirishi lozim. Ulardan birinchisi shuki,
inson o‘tmishda ko‘rgan foyda va ziyon haqida
o‘ylamasligi, bu haqda qayg‘urmasligi kerak; ikkin-
chisi – qo‘lda mavjud bo‘lgan ne’matlarni muhofaza
etishi, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zararlarning
oldini olishga harakat qilishi kerak. Biz ota-bobo-
larimizning sa’y-harakati soyasida eson-omon
yaxshi kun kechirdik. Endi bizning zo‘r bir tash-
352
vishimiz bor, u ham bo‘lsa mushuklardan bizga
yetadigan ozordir. Endilikda biz ota-bobolarimiz
ko‘p mashaqqat chekib xalos bo‘la olmagan bu
og‘ir vaziyatdan qutulish yo‘lini topishimiz kerak.
Bizning vazifamiz bu baloni daf qilish uchun bir
vosita topmoqdan iborat bo‘lib qoldi. Noz-u ne’mat-
lar ichida yaxshi kun kechirishimizga qaramasdan,
bu balo tufayli bu noz-ne’matlar tatimayapti. Do-
nishmandlar: «Vatanni, bola-chaqasini, xotinini
tashlab, sarson-u sargardon bo‘lgan, tunashga
joy topolmay, qo‘rquv va dahshat ichida yashagan
odamning hayotidan o‘lim yaxshidir», – deganlar.
Shoh so‘zini tugallagandan keyin Shira va Bog‘doz
dedilar:
– Shohim, bizning farovonlikda yasha shimizning
boisi sensan, sen har jihatdan komil, aqli raso
podshohsan, mashoyixlar debdurlarki: «Ahmoq
navkarning xojasi aqlli va bahodir bo‘lsa, uning
ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati tufayli qozongan
shuhratiga navkar ham sherik bo‘ladi». Biz sening
donishmandligingga ishonamiz, bu ishda tole senga
yor bo‘lsin, butun orzularing ro‘yobga chiqsin, biz
esa sening amringga hozirmiz. Shohimizning mangu
nom qozonishiga biz aminmiz. Uning sharofati bilan
bizni ham ba’zan yod etarlar, chunki shohning bu
istagini amalga oshirish uchun biz jonimizni ham,
qonimizni ham fido qilishga tayyormiz.
Bu ikki vazir so‘zlarini tugatganlarida shoh uchin-
chi vaziriga nazar tashladi. U so‘z boshlamayotganini
ko‘rib shoh g‘azab bilan qichqirdi:
– Hoy, menga qara, inson jamiyatida ishonch li,
sadoqatli do‘stlari bo‘lgan shohlar turli masalalarni
muhokamaga qo‘yib, bunda aytilgan fikrlarning
qaysisi to‘g‘ri, qaysisini amalga oshirish mumkin-u,
353
qaysisi mumkin emasligi haqida o‘z mulohazalarini
bildiradilar. Agar hozir muhokama qilinayotgan
masalani hal etib bo‘lmasa, sen tosh kabi qotib,
indamay o‘tirmasdan o‘z mulohazalaringni bizga
aytishing kerak.
Vazir dedi:
– Shu paytgacha indamay o‘tirganim uchun shoh
meni koyimasin. Men faqat do‘stlarimning gaplarini
bo‘lmay, ular aytgan ajoyib fikrlarni diqqat bilan
tinglay, deb jim o‘tirdim. Avval o‘ylab, so‘ngra o‘z
bilimim doirasida mulohazalarimni aytmoqchi edim.
Shoh dedi:
– Yaxshi, gapir, ko‘raylik-chi, sen nima fikr dasan?
Vazir dedi:
– Men shunday fikrdaman: shoh maqsadga
yetishish uchun nima qilish zarurligini yo biladi
yoki bilmaydi. Agar bilmasa u vaqtda bunday maq-
sadga erishishni orzu qilish va u haqda o‘ylash-
ning foydasi yo‘q. Biz ota-bobolarimiz sinovlaridan
o‘tmagan, ko‘p mehnat sarf etilmay qo‘lga kiritilgan
biror narsani meros olganimiz yo‘q. Jonivorlarning
xosiyati Alloh tomonidan yaratiladi. Hech kim,
hech qanday shoh hayvonlarning tabiatini, xosi-
yatini o‘zgartirish qud ratiga molik emas.
Shoh dedi:
– Bu yerda gap yolg‘iz avloddan avlodga o‘ta-
digan irsiy xususiyatlar ustida ketayotgani yo‘q,
hech bir ish, xoh katta bo‘lsin, xoh kichik, tash-
qaridan ta’sir bo‘lmasa, amalga oshmaydi.
Vazir dedi:
– Shohning aytganlari to‘g‘ridir. Lekin ota-
bobolardan meros bo‘lib o‘tgan irsiy xususiyatlar
bilan kurashish og‘ir va imkonsiz bo‘lsa, u vaqtda
bunday ishga kirishmaslik kerak, zotan, kimki, ir-
354
siy xususiyatlarga qarshi kurash ochsa, u keskin
qarshiliklarga duch keladi. Unday odam o‘z ojizligini
sezgach, boshlagan ishidan voz kechishga majbur
bo‘lib, sekin-asta avvalgi mavqeyiga qaytadi. Ba’zi
hollarda buning natijasi dahshatli bo‘lib, o‘lim bi-
lan yakunlanishi mumkin, bunday holda avvalgi
mavqeyi ham qo‘lidan ketadi. Ba’zan ko‘p zahmat
chekib, mehnat sarf qilgandan keyin bunday odam
bir shohning boshiga tushgan ahvolga tushadi.
Shoh so‘radi:
– U qanday ahvolga tushgan ekan?
Dostları ilə paylaş: |