Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


III  Ko‘r va ko‘zi ochiq



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
KAMILA VA DIMNA

III 
Ko‘r va ko‘zi ochiq 
Dimna aytgan rivoyat
Bir zamonda bir zohid bor edi. U uzlatga che-
kinib, kecha-kunduz toat-ibodat bilan mashg‘ul 
bo‘lardi.
O‘sha viloyatning dindor bir podshohi bor 
edi. U qari zohidning ta’rifini eshitgan zamoniyoq 
darhol otlanib, uni ziyorat qilgani keldi. Zohidning 
achinarli ahvolini ko‘rib, ko‘zidan yosh chiqib ket-
di. So‘ngra zohiddan duo olib, bir necha kun uning 
qoshida qolishga ijozat so‘radi. Zohid duodan so‘ng 
dunyo va oxiratdan gap ochdi, shohning oldiga 
faqirona bir dasturxon yozdi. Podsho bir necha 
kundan keyin qaytishda zohidni ham o‘zi bilan bir-
ga saroyga olib keldi.
Sal o‘tmay zohid har masalada shohning eng ya-
qin maslahatchisi bo‘lib oldi. Uning roziligisiz hech 
bir jiddiy tadbir ko‘rilmas, hech bir farmon beril-
mas, hech bir hukm chiqarilmas edi. Mol-davlat, 
sha’n-shavkat zohidning tabiatini o‘zgartirdi. U ibo-
datdan yuz o‘girib, xiyonatga qo‘l cho‘zdi, hokimi-
yatni qo‘lga kiritish xayoliga tushdi.
Podsho zohidning boshida o‘zga bir savdo bor-
ligini, mamlakatga shoh bo‘lish orzusida ekanligi-
ni payqab qoldi. Ilgarilari bir burda nonning tash-
vishini yegan zohid endilikda bir mamlakatni qo‘lga 
kiritish haqida fikr yuritmoqda!
Tasodifan shu vaqtda zohidning qadimgi tanish-
laridan bo‘lgan bir darvish unikiga mehmon bo‘lib 
keldi. U zohidning tamomila o‘zgarib ketganligini, 
muomalasini ko‘rib hayron bo‘ldi.


366
Zohid darvishni ko‘rib, o‘zini tanimaganga soldi 
va unga e’tibor qilmadi. Darvish dedi: 
– E, zohid, bu nima qilganing? O‘zingdan xaba-
ring yo‘q, takabbur va g‘urur sharobi seni mast 
qilibdi. Sening ishing ko‘r haqidagi masalga o‘x-
shaydi.
Zohid dedi:
– Ko‘rga nima qilibdi?
Darvish dedi: 
– Bir ko‘r bilan ko‘zi ochiq kishi hamroh bo‘lib 
safarga chiqibdilar. Ko‘rning qo‘lidagi qamchi-
si tushib ketdi, u otidan tushib, qamchini qidi-
ra boshladi. Bir zaharli ilon tun sovug‘i ta’siridan 
Musoning hassasi kabi yerda karaxt bo‘lib qotib 
yotardi. Ko‘r uni o‘z qamchisi deb o‘ylab qo‘lga oldi 
va otga mindi. Ko‘zi ochiq uning qo‘lidagi ilonni 
ko‘rgach, qichqirdi:
– Do‘stim, qamchi xayol qilib olganing zaharli 
ilon-ku! Tashla!
«Do‘stim qamchini ko‘rdi, mendan olmoqchi», – 
deb o‘yladi ko‘r. Shuning uchun ham dedi: 
– Do‘stim, Olloh menga eski qamchi o‘rniga 
yangisini baxsh etdi. Uni mendan tortib olmoqchi-
misan?
Ko‘zi ochiq dedi:
– Ey, aziz do‘stim, sendan qamchi tama qilayot-
ganim yo‘q. Ammo hamrohlikning shartlaridan biri 
yo‘ldoshi xatarda bo‘lsa, uni xabardor qilishdir.
U gapini qizg‘anchiq ko‘rga ma’qullata olmadi. 
Birozdan keyin havo qizidi, ilon jonlanib, ko‘rning 
qo‘lini chaqdi va uni halok qildi. Bu masalni shu-
ning uchun keltirdimki, ko‘r tutganini qo‘yma-
gandek, sen ham dunyo moliga hirs qo‘yma!


367

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin