Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Vazirning navbatdagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
KAMILA VA DIMNA

Vazirning navbatdagi hikoyati
Bir kishining bir eshagi bo‘lgan. Uni egasi nuqul 
arpa bilan boqar edi, eshak semirib ketib, qutura 
boshladi. Bir kuni uni egasi sug‘ormoqqa olib ke-
tayotgan edi, u uzoqdan moda eshakni ko‘rib qol-
di. U hangrab, egasining qo‘lidan chiqib ketmoqchi 
bo‘ldi. Egasi eshakni zo‘rg‘a bir daraxtga bog‘lab, 
o‘zi moda eshak egasining yoniga bordi va dedi:
– Mochangni chetroqqa ol, tag‘in mening esha-
gim unga zarar yetkazib qo‘ymasin.
U kishi moda eshakni chetga oldi.
Nar eshak hamon hangrar va arqonni uzib ke-
tishga tirishar edi. Boshini siltab, no‘xtasidan chi-
qarib olmoqchi bo‘lib, yerga engashgan edi, bir ta-
yoqqa ko‘zi tushdi va o‘z-o‘ziga dedi: «Bu yog‘och 
yordamida odamlar bilan urishib bo‘lmaydi, buning 
ustiga men yog‘och bilan jang qilish qoidalarini bil-
mayman, lekin har holda duch kelganlarni, ayniq-
sa, bunday qurol bilan urishishni bilmaganlarni 
savalab g‘olib kelaman. Agar qo‘limga nayza tushib 
qolsa, nimalar qilmas edim? Unda men osonlikcha 
yuz otliqni yerga qulatardim. Demak, albatta, bir 
nayza topishim kerak. Agar ota-bobolarim shun-
day bir narsaning hozirligini ko‘rib ketganlarida 
edi, meni bu og‘ir vazifadan ozod qilgan bo‘lar edilar».
Shu payt bir kishi uzun shoxli echkini yetak-
lab suv tomon o‘tib qoldi. Eshak echkini, unda o‘zi 
orzu qilayotgan narsani – uchi ingichka shoxlar-
ini ko‘rib hayron qoldi, keyin o‘z-o‘ziga dedi: «Bu 
echkining nayza, o‘q va boshqa aslahalari bo‘lma-
sa edi, bunday mag‘rur yurmas edi. Shubhasiz, u 
urishish qoidalarini ham yaxshi biladi. Bu yerdan 
qochib, echkining yoniga borishga muvaffaq bo‘la 


357
olsam, unga biroz xizmat qilib, hamma narsani 
o‘rganib olar edim. Keyin xizmatlarim evaziga asla-
halaridan ba’zilarini menga berardi».
Echki esa eshakning xatti-harakatlaridan qu-
turganini bilib, turgan joyida qotib qoldi. Suv ichish 
ham yodidan ko‘tarildi. Eshak ham echkining suv 
ichmay, ag‘rayib turganini ko‘rib, o‘ylay ketdi: 
« 
Uning suv ichmayotganidan ko‘rinib turibdiki, 
mening miyamdagilarni bilib olgan. U menga qarab 
sevinmoqda. Ulug‘ Olloh bu ishda menga madad 
berdi, bu xayol ko‘nglimga kelishi bilanoq orzuyim-
ga yetishdim. Mening yulduzim qaysi yulduz ekan-
ligini, peshanamga nimalar yozilganini, boshimga 
nimalar kelishligini bilsaydim, qanday yaxshi bo‘lar 
edi! Agar menga baxt-saodat yuz bersa, unda oddiy 
maxluq emas ekanman, yer yuzidagi hamma hay-
vonlarning shubhasiz, eng afzali ekanman».
Echkining egasi uning suv ichmaganini ko‘rib, 
uyiga qaytarib olib ketdi. Uning uyi shu yaqin 
orada edi. Eshak echkini kuzatib, qaysi hovliga 
kirib ketganini bilib oldi. Birozdan keyin eshak-
ning egasi ham uni qaytarib olib ketdi, oxurga 
bog‘lab, yem to‘kdi. Lekin echkining oldiga bor-
ish orzusi bilan o‘rtanayotgan eshakni na yem, na 
suv qiziqtirmasdi. U o‘ylab, tadbir axtara boshladi 
va nihoyat, o‘z-o‘ziga dedi: «Men kechasi qochib, 
echki yoniga borishim mumkin...».
Kechasi hamma uxlaganidan keyin eshak 
eshik ni buzib, echkining yoniga ketdi. Borib qa-
rasa, eshik qulf ekan. Eshik tirqishidan mo‘ralab, 
echki ning bog‘siz turganini ko‘rdi va ertalabga-
cha bir burchakda yashirinib turdi. Ertalab egasi 
echkini uzun arqonga bog‘lab sug‘organi olib ket-


358
di, egasi oldinda, echki ancha orqada ketar edi. 
Eshak echki ga yaqinlashib, o‘z tilida unga gapira 
boshladi. Echki bu tilni bilmaganligi uchun tush-
unmay qo‘rqib ketdi. Eshak yaqinlashgani sari u 
hurkib qochar edi. Buni sezgan echkining egasi 
eshakni tutib olmoqchi bo‘ldi, keyin o‘z-o‘ziga 
dedi: «Agar eshakni olib ketsam, bular bir yerda 
tura olmay urishadilar. Yaxshisi, uni quvib yubo-
ra qolay». U qo‘lidagi yog‘och bilan eshakni urdi. 
Eshak qochdi. Lekin echki egasi yo‘lga tushishi 
bilan u yana kelib, echkiga gapira boshladi. Ech-
ki uni suzmoq chi bo‘lib shoxlarini ko‘rsatdi. Buni 
sezib qolgan echki egasi eshakni urdi, eshak qoch-
di, keyin yana echkiga yaqinlashdi, kishi yana uni 
urdi. Shunday qilib, eshak uch martaba echkiga 
yaqinlashishga harakat qildi, har gal kaltak yedi. 
Shunda eshak o‘z-o‘ziga dedi: «Echkiga yaqin-
lashib o‘z maqsa dimni unga tushuntirishga xalal 
berayotgan birgina shu kishidir». Ushbu so‘zlarni 
aytib kishi ustiga tashlandi va yelkasiga tishlari 
bilan shunday qattiq yopishib oldiki, bechora o‘z 
jonini eshakdan zo‘rg‘a qutqarib qoldi.
Kishi eshakning quturayotganini ko‘rib dedi: 
«Uni ushlab bog‘lab qo‘ysam, mening boshimga 
bir falokat solishi mumkin. Yaxshisi, unda bir ni-
shon qoldiray, egasini ko‘rganimda eshagi yetkaz-
gan zararni to‘lashni undan talab qilay». Aytganini 
qilib, pichog‘ini chiqardi va eshakning ikki qulog‘ini 
shart kesib oldi. Eshak uyiga qaytib keldi. Egasi-
dan shunday kaltak yediki, bu qulog‘ining kesi-
lishidan va quloqsiz qolishdan ko‘ra og‘irroq tuyul-
di. Shundan keyin eshak dedi: «Mening ajdodlarim 
ishning oqibati bunday xunuk bo‘lishini bilganlari-


359
dan, azob-uqubatga chidab, insonga xizmat qilish-
ni afzal ko‘rgan ekanlar-da!».
Shoh dedi:
– Men aytganlaringni eshitdim, ammo sen nega 
bu ishdan qo‘rqasan? Xudo ko‘rsatmasin, agar 
bu ishning uddasidan chiqa olmasak, sen zarar 
ko‘rmaysan-ku. Biz hamisha o‘zimizni uning zi-
yonli natijalaridan saqlay olamiz.
Shohning o‘z fikrida qattiq turib olganligini 
ko‘rgan vazir ortiqcha qarshilik qilmay, rozilik 
berdi.
So‘ngra shoh farmon berib, butun mamlakatga 
jar soldirdi: «Har bir yosh-u qari tog‘dan bir bog‘ 
o‘tin kesib, falon kuni, falon soatda saroyga kel-
sin». Odamlar zo‘r qiziqish bilan bu ishga kirish-
dilar. Shoh shamol pasayib turgan paytni poylab, 
o‘tinlarni teshik og‘ziga qalashni, ustini tosh bi-
lan bostirishni, ro‘parasida katta devor qurishni 
buyurdi. Jamoat bu ishni ham ortig‘i bilan bajardi. 
Yoriqdan esadigan shamol butunlay to‘xtab, o‘lka 
yelsiz, shamolsiz qoldi. Bir yil o‘tmasdan tog‘dagi 
o‘tlar, daraxtlar quriy boshladi. Yirtqich, vahshiy 
va boshqa hayvonlar qirilib ketdi, ariq va buloqlar 
quridi. Dahshatli qurg‘oqchilik boshlandi. Vabo 
ko‘p odamlarni halok qildi. Mamlakat aholisi qan-
chalik urinib harakat qilmasin, falokat va musi-
batdan o‘zini xalos eta olmadi. Nihoyat, tirik qol-
ganlar qo‘lga qurol olib isyon ko‘tardilar, saroyga 
borib shohni, uning vazirini, xotini, bola-chaqasini 
o‘ldirdilar. Keyin yoriqqa borib, devorni buzib tash-
ladilar, toshlarni uloqtirdilar, bostirilgan o‘tinga o‘t 
qo‘yib yubordilar. Yoriq ochildi. Ko‘pdan beri o‘tish-
ga yo‘l topa olmay turgan shamol birdan guvullab 


360
o‘sha ochilgan yoriqdan otilib chiqdi va olovni bu-
tun mamlakatga yoyib yubordi, har yerda yong‘in 
boshlandi. Bu yong‘in ikki kecha-yu ikki kunduz 
davom etib, barcha shahar va qishloqlar, daraxtlar, 
hayvonlarning kulini ko‘kka sovurdi...
Sichqonlar shohi dedi: 
– Aytib bergan hikoyangni eshitdim. Lekin otalar 
debdurlarki: «Ayagan ko‘zga cho‘p tushar». Manfaa-
ti ko‘p bo‘lgan ishni boshlashni istagan, lekin biror 
xato, zarar ro‘y berishi mumkinligidan qo‘rqib, bu 
ishdan qo‘l tortgan odam yuksak martabalarga ye-
tisha olmaydi. Bunday odamlar yolg‘iz tasodifdan 
yuk 
sak darajaga ko‘tarilishlari mumkin. Odam 
uchun mardlik va qahramonlik buyuk baxtdir. Bu 
dunyodan ketayotganida inson yaxshi nomdan 
bo‘lak hech narsani o‘zi bilan olib keta olmaydi.
Vazir dedi: 
– Shohim, sen haqsan. Lekin har bir ishning oqi-
bati yaxshi bo‘lavermaydi. Aqlli odamlar aytadur-
larki, «qasddan o‘zlarining boshiga balo keltiruv-
chilar xalos etilishga loyiq emasdirlar. O‘z o‘limiga 
sababchi bo‘lganlarga jannatda joy bo‘lmaydi».
Shoh dedi:
– Mening fikrimcha, bunday aqlli maslahat bera 
olar ekansan, demak, g‘alaba muqarrardir. Albat-
ta, sen bizning zafar qozonishimizga yordam etish-
ing kerak.
Bu masala ustida avvaldan reja tuzib qo‘ygan 
vazir shohning bu ishga butun vujudi bilan beril-
ganligini ko‘rib, dedi: 
– Men faqatgina qo‘limdan kelgan maslahat-
ni berishim mumkin. Men shohning aql va zako-
da bebadal ekanligini bilganim uchun yuqoridagi 


361
gaplarni aytishga jur’at etdim. Mening o‘zimga kel-
ganda esa shoh biladi, unchalik ilmim zo‘r emas, 
rejala 
rimning muvaffaqiyatli bo‘lishi yolg‘iz 
shohning baxti va toleyiga bog‘liqdir. Olimlar ham, 
johillar ham aqlli odam ahmoq bilan maslahat-
lashishi kerak, deydilar. Chunki ahmoqning ayt-
ganining aksi qilinsa, foydali bo‘ladi. Lekin aqlli 
odam ahmoqqa faqat ikki holdagina murojaat qila-
di: birinchi – bosh qalarning sirini o‘rganish va o‘z 
siri boshqalarga oshkor bo‘lgan yoki bo‘lmaganini 
bilishni istaganda; ikkinchi – ahmoqning tabiatida 
ishga foydasi tegadigan xususiyat bo‘lgan taqdirda. 
Men bu haqda gapirar ekanman, shohning aql va 
zakovatiga suyanib, uning g‘azablanmay, so‘zlar-
imni sabr bilan ting lashiga ishonardim.
Shoh dedi: 
– So‘zlaringning barchasi to‘g‘ri, ammo ilming 
yetarli emasligi haqida aytganlaring o‘rinli emas. 
Mening fikrimcha, sen hammadan har sohada 
ustunsan...
Shundan keyin shoh uchala vaziri bilan masla-
hatlasha boshladi. U eng kichik vaziriga murojaat 
qildi. Vazir dedi: 
– Meningcha, biz juda ko‘p qo‘ng‘iroqchalar 
tayyorlab, uni har bir mushukning bo‘yniga ilib 
qo‘yaylik. Ular yurganda qo‘ng‘iroqchalar ovozini 
eshitib, bizlar o‘z inlarimizga berkinib olamiz va 
shunday qilib, jonimizni saqlab qolamiz.
Shoh ikkinchi vaziridan so‘radi: 
– Sen bunga nima deysan?
U dedi: 
– Men bu fikrga qo‘shilmayman. Aytaylik, 
qo‘ng‘iroq chalar tayyor bo‘ldi, lekin kim uni hat-
to eng kichik mushuklarning bo‘yniga taqishga 


362
jur’at eta oladi? Meningcha, hammamiz bir yilga 
sahroga chiqib ketsak. Biz g‘oyib bo‘lgandan ke-
yin odamlarning mushuklarga ehtiyojlari qolmay-
di, behuda boqishdan tinkalari qurib, ularni qirib 
tashlaydilar. Qochib qutulganlari esa har tomon-
ga to‘zib ketadilar, sahrolarda yovvoyilashib, sha-
harga kelmaydigan bo‘ladilar. Ana shundan keyin 
biz shaharga qaytib kelib, mushuklarsiz tinch ha-
yot kechirishimiz mumkin.
Shoh katta vaziridan so‘radi: 
– Sherigingning bu aytganlariga nima deysan?
U dedi: 
– Mening fikrimcha, bu reja ham to‘g‘ri emas. 
Avvalo, bir yilda odamlar mushuklarni boshqa yer-
larga ko‘chirib, yo‘q qilib yuborishlariga ishonmay-
man. Ikkinchidan, sahroda boshimizga shunday 
azob-uqubatlar tushishi mumkinki, ularning oldi-
da mushuklarning zulmi holva bo‘lib qoladi. Axir 
sahroda mushukdan ham yomon ilon, qo‘shoyoq, 
kalxatlar bor.
Shoh dedi: 
– Rost aytding. Qani, sen nima tadbir ko‘rishga 
maslahat berasan?
Vazir dedi:
– Men faqat birgina tadbirni ma’qul deb topaman. 
U ham bo‘lsa quyidagidir: shoh amr etsinlarki, sa-
royda yashaydigan, shaharda in qurgan, atrofga 
yoyilgan barcha sichqonlar bu yerga to‘plansinlar; 
har bir sichqon o‘zi yashaydigan joyida butun sich-
qonlarni sig‘dira oladigan bir uya qursin va unga 
o‘n kunga yetadigan oziq-ovqat g‘amlasin, undan 
tashqariga chiqadigan yettita teshik va gilam, mato 
saqlanadigan omborga uchta teshik ochsin. Ana 


363
shundan keyin hammamiz bittagina mushugi bor 
biron davlatmand odamning omboriga to‘planib 
borib, uning matolari, gilamlari, kiyim-boshlar-
ini chaynab, tit-pitini chiqara boshlaylik, lekin 
don, oziq-ovqat va boshqa ozuqalarga tegmaylik. 
Buni ko‘rgan uy xo‘jayini bir mushuk-sichqonlar-
ning uddasidan chiqa olmayapti, shekilli, deb 
ikkinchi mushukni ham olib keladi. Shundan 
keyin biz ishga yana ham qattiq kirishib, yana 
ham ko‘proq ziyon yetkaza boshlaymiz. Uchin-
chi mushukni keltirgandan keyin biz avvalgidan 
ko‘proq harakat qilib, yolg‘iz to‘qilgan va tikil-
gan mollarnigina emas, barcha oziq-ovqatlar-
ning ham pes-moxovini chiqara boshlaymiz. Uy 
egasi mushuklar sonini orttirgan sari biz ham 
ko‘proq zarar yetkazaveramiz... Shundan keyin 
uy egasi o‘ylab, «men mushuklar sonini orttir-
ganim sari sichqonlar mollarimni shuncha ko‘p 
xarob qilmoqdalar, endi mushuklarni ozay-
tirib ko‘ray-chi, nima bo‘lar ekan», deb o‘ylab 
qoladi. U mushukning birini quvib yuboradi, 
shunda biz ham biroz o‘zimizni tiyamiz. Buni 
ko‘rib mushukning nima foyda, nima ziyoni 
bor ekanligini tezda fahm qilgan xo‘jayin ikkin-
chi mushukni ham haydaydi, shundan keyin 
biz ham unga zarar berishni to‘xtatamiz. Buni 
ko‘rgan xo‘jayin mushukning uchinchisini ham 
quvib yuborishga majbur bo‘ladi. Shundan ke-
yin biz ham uning uyini butunlay tark eta-
miz. Uy egasi unga berilgan zararlarning boisi 
mushuklar ekanligi, ularning bizlarga qilgan 
jabr-zulmi tufayli qasos olish uchun bu ishlar-
ni qilayotganimizni tushunadi va ularni uyidan 


364
quva boshlaydi. Natijada mushuklar bu uyga 
mutlaqo kelmaydigan bo‘ladilar. Shundan keyin 
biz o‘z ishimizni davom ettirib, boshqa uyga bo-
ramiz, undan yana boshqasiga va hokazo. Xul-
las, shunday qilamizki, oxirida hamma odamlar 
mushuklarning zararli ekanligini tushunadilar 
va xonaki mushuklarnigina emas, yovvoyilarini 
ham qirib tashlaydilar. Shunday yo‘l bilan biz 
mushuklar balosidan xalos bo‘lamiz.
Shoh vazirning bu tadbirini ma’qulladi va uni 
amalga oshirishga kirishishni amr etdi. Olti oy 
o‘tar-o‘tmas odamlar sichqonlardan keladigan 
zararning hammasini mushuklardan ko‘radi-
gan bo‘ldilar. Ularni uylaridan quvib, o‘ldira 
boshladilar. Oz vaqt ichida shahardagi barcha 
mushuklarni qirib yubordilar yoki uzoq-uzoq 
yerlarga olib borib tashladilar. Oxirida shun-
day ahvolga yetib kelindiki, agar biror odam bi-
rovning kiyimi yoki palosi teshilganini ko‘rgudek 
bo‘lsa: «Bu shahar yonidan mushuk o‘tib ketib-
di shekilli», – deydigan, odamlar va hayvonlar 
orasida kasallik tarqalsa: «Bu shaharga mushuk 
kelibdimi», – deydigan bo‘lib qoldilar. Sichqonlar 
mana shu hiyla bilan mushuklardan qutulib, ro-
hat-farog‘atda yashadilar.
Jisman zaif kichkina bir hayvon o‘z dush-
manidan xalos bo‘lish chorasini topa olar ekan, 
o‘zining bilimdonligi va tadbirchanligi bilan bu-
tun jonivorlardan yuksak bo‘lgan inson o‘z dush-
manidan xalos bo‘lishga kirishsa, nima ishlar 
qilmasligi mumkin?


365

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin